Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
653 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Agentlik direktori tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganmoqda

Shu kunlarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Ishchi guruh bugun Farg‘ona viloyati Buvayda, Uchko‘prik tuman hamda Qo‘qon shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.

Agentlik direktori A.Ubbiyev maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatladi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#stem_olimpiadasi
#viloyat_bosqichi

🇺🇿 Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dod va salohiyatini to‘laqonli yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. STEM fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiada ham ana shu yo‘nalishdagi ishlarga bir misoldir.

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarining 5-11-sinf o'quvchilari o'rtasida STEM fanlar (Science, Technoglogy, Engineering, Math) olimpiadasining viloyat bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

📚 Olimpiadada bizning ijod maktabimiz o‘quvchilari ham faol ishtirok etmoqdalar.

🤲 Barcha bilimdon o'quvchilarga omad yor bo'slin!
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#xalqaro_hamkorlik

Xabar berganimizdek, Agentlikning mas’ul xodimlari hamda tizimdagi maktablarning bir guruh o‘qituvchilari Pekin shahrida tajriba orttirish uchun bo‘lib turibdi.

Delegatsiya vakillari ayni paytda Pekin shahrida IB (International Bacallaureat) xalqaro dasturi joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashishdi.

Xalqaro IB dasturi akkreditatsiyadan o‘tish bosqichlari va talablariga javob berish bo‘yicha tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonini muvofiqlashtirish, ota-onalar bilan ishlashni tashkil etish, milliy va ma’naviy muhitni shakllantirish yuzasidan Xitoy maktablari tajribasi o‘rganildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Agentlik_fan_olimpiadasi
#Ibrat_maktabi

STEM fanlari hamda qizlar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichida ishtirok etgan Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining suratlari.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#oquvchilar_ijodidan
#maqola

📝 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 7-"A" sinf o'quvchisi Maxmudjonova Dilnuraning "Internet nima?" mavzusida maqolasi "Shifokor va hayot" gazetasining 2024-yil 10-fevral 3-sonida chop etildi.

✍️ Maqolada o'quvchi internet o'zi nima, xususan ta'lim olishda nimalarga e'tibor berish kerak, o'quvchi-yoshlar internet orqali ilm olishlarida ota-ona va ustozlarning nazorati haqida ham to'xtalib o'tgan.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram