Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
653 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Oquvchilar_ijodidan

📖 9-Sinf o'quchisi Shahzoda Abdullayevaning "Poliglot sifatida tanilmoqchiman" nomli maqolasi Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining "Bolalar dunyosi" jurnalining 2023-yil 28-avgustdagi 16-sonida chop etildi.

📝 Maqolada o'quvchi o'z ezgu orzulari bilan tengdoshlari bilan o'rtoqlashgan. U orzulari yo'lidagi to'siqlarni bosib o'tishda nimalarga e'tibor berish kerakligi va o'zidagi kuch-shijoatini bilim olishga sarflashini aytib o'tgan.

👏 Ijodkor o'quvchimizga ezgu niyatlari yo'lida zafarlar tilaymiz!
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Oquvchilar_ijodidan

TILAK
Yangi O‘zbekiston - betimsol Vatan,
Bunda Yurtboshimning xizmati katta.
Bunyodkor xalqimiz bir jon-u bir tan,
Qadamlari dadil ezgu niyatda.

Ishli endi har vaqt erkag-u ayol,
Obod mahallada ko‘chalar ravon.
Ro‘yobda birma-bir kechagi xayol,
Rizqi-ro‘z butun-u hayot farovon.

Ijod maktablari - bilimlar qasri,
Ularda muhayyo neni xohlasak.
Millat ruhi baland, Renessans asri
Takrorlanar bizlar ishonch oqlasak.

E’tibor beqiyos har o‘g‘il-qizga,
Baxt-iqbol kaliti ilm-u fan, ijod.
Rahnamo Yurtboshim kirsinlar yuzga,
Faxr-u g‘ururlardan ko‘ngil bo‘lsin shod!

Olimjonova Ifora Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
#Ibrat_maktabi
#Oquvchilar_ijodidan

🇩🇪 Germaniyaning "Raven Cage Zine" jurnalining 2023-yil avgust 82-sonida maktabimizning 10-B sinf oʻquvchisi Ifora Olimjonovaning "Next time" nomli sheʼri ingliz tilida nashrdan chiqdi.
Raven Cage — elektron ko'rinishdagi (PDF) har oyda chiquvchi ijodkorlarning halqaro jurnali.

📝 Ushbu she'rda o'quvchi o'z vaqtida baxtni, orzularni his etishni, agar qorong'ulik, qish, baxtsizlik davri bo'lsa albatta keyingisi yorug'lik, bahor va baxt vaqti kelishini ingliz tilida she'riy talqinda ifoda etgan.

👏 Ijodkor o'quvchimizning o'qish va ijodiga yangi marralar tilaymiz!
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ustozimga
#1_oktabr_tabrigi
#oquvchilar_ijodidan

USTOZIM

Ilk marta qo‘limga tutqazib qalam,
Yozish, chizishlarni o‘rgatgan sizsiz.
Men uchun qiynalib, tortib ko‘p alam,
Bilimingiz bergan mehribonimsiz.
Rahmatimdir yozgan har satrim, so‘zim,
Doimo sog‘ bo‘ling, aziz ustozim.

Siz men uchun mayoq ilmi ziyoda,
Martabangiz bo‘lsin bundan ziyoda,
Sizni e`zozlaymiz har dam, har onda,
Hech ham kam bo‘lmangiz ikki dunyoda.
Sizning davomchingiz bo‘laman o`zim,
Doimo sog‘ bo‘ling, aziz ustozim.

Onamdayin dardkash, sirdoshsiz menga,
Har bir aytgan so ‘ zingiz oltinga teng-a.
Deysiz-ku bo ‘ linglar sodiq Vatanga,
Bor kuchingiz bo‘lsin butun jon tanga.
Sizgadir hurmatim, siz-chun bor mehrim,
Doimo sog‘ bo‘ling, aziz ustozim.

Odina Rustamjonova
9-"A" sinf o'quvchisi
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#ona_tilim_faxrim
#oquvchilar_ijodidan

🇺🇿 21-oktabr — "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" bayramiga bag'ishlanadi.

ONA TILIM

Kirdi qulogʻimga "alla"lar bo'lib,
Tilim chiqdi yana tilim bag'rida.
So'zlarman u haqda ichimdan to'lib,
Ona tilim chindan bilim nahrida.

Uning-la bitilar sher-u hikmatlar,
Qadrin ulug'ladi ming bor zamonim.
Unga baxshidadur cheksiz hurmatlar,
Bobolarim suygan turkiy zabonim.

Shundan chiroylidir, mehrim o'zgacha,
Barcha tillarning u kaliti, do'sti.
Boyligi behisob, g'ururim o'sdi,
Go'zal-u yoqimli tovush, so'zgacha.

O'zimni angladim, topdim o'zligim,
Olamni tanidim, olamga boqdim.
Onamdek biyron-u shirin so'zligim,
Sen bilan dunyolar eshigin qoqdim.

Kirdi qulog'imga "alla"lar bo'lib...

✍️ 8-sinf o'quvchisi Sattorova Diyoraning ushbu she'ri "Shifokor va hayot" gatetasining 19-sonida chop etildi.

👏 O'quvchimizning kelgusidagi ijod va o'qishlarida zafarlar tilaymiz!
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#nazm
#oquvchilar_ijodidan

ZARDO'Z FASL

O'lkamizda kuz kezadi, kuz,
Unga boqib quvonadi ko'z,
Ta'rifiga so'z ojizdir, so'z,
Zartus-yaproq, zardo'z fasldir.

Paxtazorda a'lodir ishlar,
Yuksak xirmon dillarni xushlar,
Xalqim qutlar, xalqim olqishlar,
Kuz g'olibga zafar faslidir.

Ko'kda suzar bulutlar goh-goh,
Tomchilaydi yomg'irlar nogoh,
Quyosh tafti g'animat har chog',
Kuz ayozdan ogoh paytidir.

✍️ 7-"A" o'quvchisi Baxtiyorova Mohinurning ushbu she'ri "Shifokor va Hayot" nomli gazetaning 20-sonida chop etildi.

👏 O'quvchimizning kelgusidagi ijod va o'qishlarida zafarlar tilaymiz!
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi #10MTM
#oquvchilar_ijodidan
#Muqaddasdir_Vatan_Bayrogi

🏢 Agentlik tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi jurnalist klubi a’zolari hamda 10-MTM tarbiyalanuvchilarining “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostidagi tayyorlagan video-roligi.

🇺🇿 Milliy iftixorimiz ramzi bo‘lgan O‘zbekiston bayrog‘i tasdiqlangan kunning 32 yilligiga bag‘ishlanadi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Oquvchilar_ijodidan

🇰🇪 Keniya davlatining mashhur bosma nashri hisoblangan "The MT. KENYA TIMES" gazetasining 2023-yil 16-noyabr sonida maktabimizning 9-A sinf oʻquvchisi Odina Rustamjonovaning "A proud hunter" (Mag'rur ovchi) nomli ertagi ingliz tilida nashrdan chiqdi.

📰 The MT. KENYA TIMES-Afrika va dunyoning yagona ko`rinishini ta`minlovchi bosma gazeta hisoblanadi.

👏 Ijodkor o'quvchimizning o'qish va ijodiga yangi marralar tilaymiz!
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram