Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
662 subscribers
4.83K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Seminar_trening
#Ijod_maktablari

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixolog va tarbiyachi-pedagoglarning malakasini yanada oshirish maqsadida Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Dastlab mehmonlar uchun maktab boʻylab sayohat uyushtirildi. Bunda mehmonlar maktab hayoti, yaratilgan sharoitlar va uning milliy o'ziga xosligi, shuningdek, oʻquvchilar tomonidan ishlangan loyiha ishlari bilan tanishtirildi.

📝 Seminar davomida:
Ijod maktablari missiyasi, maqsadlari va ularga erishishda Xalqaro maktablar kengashi (CIS) faoliyati tajribasi;
Global fuqarolik va madaniyatlararo ta’lim;
Xavfsiz maktab va bolalarni himoya qilish;
Etika kodeksi, maktab qadriyatlari;
Xodimlar, ota-onalar va bolalar hamjihatligi kabi mavzularda taqdimotlar va treninglar boʻlib oʻtmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur seminar-trening ikki kun davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

🗺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan amaliy seminar-treningdan suratlar.

#birinchi_kun #jarayon #ijod_maktablari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Ison_huquqlari_umumjahon_dekloratsiyasi

🗓 2023-yil 12-dekabr kuni Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-maydagi "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini qabul qilinganligining 75 yilligini keng nishonlash to'g'risida"gi PF-70-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida yuqori sinflarda inson huquqlariga oid umummilliy darslari tashkil etildi.

🔰 O'quvchilarga inson huquqlari deklaratsiyasining ahamiyati, huquq va burchlarimizning yangi tahrirdagi konstitutsiyamizdagi ifodasi haqida tushunchalar berildi. O'z navbatida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollaruga javoblar oldilar.

🇺🇿 Yangi Oʻzbekiston — Ijtimoiy huquqiy davlat.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Nam_sanat_maktabi
#Tanlov

🇺🇿 Namangan shahridagi ixtisoslashtirilgan san'at maktabida mamlakatimizda ilm fan, san’at, madaniyat, badiiy ijod kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan, tashabbuskor va fidoyi talaba-yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Vatan taraqqiyotoga mening hissam” respublika tanlovining Namangan viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

✍️ Tanlov ishtirokchilari 6 ta nominatsiya bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Hakamlar hay'ati tomonidan tuman bosqichi g‘oliblarining ijodiy ishlari adolatli baholanib, saralandi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Musoxon Oppoqov boshchiligida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🥈 Quvonarlisi, ushbu tanlovda Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o'quvchisi Ifora Olimjonova “Adabiyot” (Nazm) yo'nalishi boʻyicha faxrli 2-o'rinni egalladi.

👏 Iqtidorli o'quvchimizga yangidan yangi zafarlar tilaymiz!
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram