Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
665 subscribers
4.81K photos
495 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#tanlov
#ikkinchi_bosqich

⚡️Agentligimiz tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi vakant fan o‘qituvchilari o‘rniga ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar uchun tanlovning ikkinchi bosqich test jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

🗺Maʼlumot uchun: Test sinovlari Respublikamizning 13 ta hududidagi Prezident maktablarida hamda Toshkent shahri uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

🖥
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

O‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

👨🏻‍🎓 Darsliklar 2023-2024-o‘quv yilida umumta’lim maktablari hamda akademik litseylarni bitiruvchi o‘quvchilar va boshqa abituriyentlarning OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

📱 O‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati bilan https://uzbmb.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishish mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tilni shunchaki o’rganmang, uni SAMARALI o’rganing!

🔝 Nima qilish kerak? Yuqoridagi TOP 5 maslahatga amal qiling va samaradorligingiz oshganiga o’zingiz ham guvoh bo’lasiz.

📔 Ustozingiz bergan vazifalardan tashqari, yana qo’shimcha shug’ullanish va “IBRAT Farzandlari” loyihasidagi darslarni doimiy ko’rib borish darajangizni yana bir pog’ona ko’tarishi aniq!

P. S. Motivatsiya kelishini kutmang))

🔵 @ibratfarzandlari
#tanlov
#uchinchi_bosqich

⚡️Agentligimiz tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi vakant fan o‘qituvchilari o‘rniga test bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar uchun suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
📣 Maqolangiz uchun bepul UDK raqamini qayerdan olish mumkin?

🌐 Quyidagi havola orqali o'z sohangiz bo'yicha bepul UDK raqamini olishingiz mumkin:👇
https://teacode.com/online/udc

📨 Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga ulashing!

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun Sizda qanday bahona bor?

Videodagi qahramonlar turli bahonalar izlamasdan, o'z oldilariga yuqori maqsad qo'yishgan hamda tinimsiz mehnat qilib, ilm olishdan to'xtamaslik natijasida IT sohasida muvaffaqiyatga erishmoqda, xalqaro va mahalliy musobaqalarda, startap-chellenjlarda, IT olimpiadalarda yuqori marralarni zabt etib o'z hayotlarini yaxshi tomonga o'zgartirishmoqda.

Qahramonlarimiz va ularning yutuqlarini ko'ring, havas qiling va harakatni boshlang:
1. Best Global M-Gov Award tanlovida o‘z startapmiz orqali 136000$ pul mukofotini qo‘lga kiritdik (Valisher Alisherov, Bazarov Mehrol, Temirov Azizullo)
2. mGovAward, StudentHack va boshqa xakatonlarda 100 million so‘mdan ortiq pul yutuqlarini qo‘lga kiritdim (Samandar Akromov)
3. “Tahrirchi” loyihasi asoschisiman, mGovAward loyihasida 50 000$ qo‘lga kiritdim va “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandim (Mamasaidov Muhammadsaid)
4. Men xakatonlar va IT musobaqalarda 200 million so‘mdan ortiq mablag’larni qo’lga kiritdim (Abubakr Abduvaxidov)
5. 20 ga yaqin yetakchi davlatlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro kiberxavfsizlik bo‘yicha tanlovda nufuzli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdim (Sarvar Bazarov)
6. Biz sovrin jamg’armasi 100 000$ bo‘lgan Xalqaro startap tanloviga o‘z loyihamizni olib chiqdik (Shakhzoda Mirzaeva, Ikhtiyor Sodiqov, Jahongirxo'ja Juraev)
7. Tridmo.com orqali 150 mingdan ortiq 3D modellar sotdim va 500 000 $ dan ortiq daromad qildim (Abdusattor Abdurahimov)
8. Frilansing orqali amalga oshirgan loyihalarim uchun har oy 2500$ gacha daromad topyapman (Saboxat Qalandarova)
9. IT hamjamiyatiga qo‘shgan hissam uchun “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandim. Toptalda top 3%ga kiruvchi dasturchiman (Shakirov SaidRavshan)
10. Frilansing orqali xalqaro platformalarda yiliga 100 000$ dan ortiq daromad topaman. 100 dan ortiq loyihalarni ishlab chiqqanman (Aziza Israilova)
11. Youtubeda strim orqali oyiga 10 ming dollar daromad topaman, 1 mln ga yaqin obunachilarim bor (Shoxruz)

🇺🇿 Videoni yoshlarga ulashing!
#oʻquv_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-treningga start berildi.

🗺Toshkent shahar Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining direktor va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etmoqda.

Tadbir avvalida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlar, oldimizda turgan muhim maqsad va vazifalar haqida so‘z yuritdi.

Kunning ikkinchi yarmi va ertaga ishtirokchilar uchun sho‘balarga bo‘lingan holda o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tadi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube