Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
645 subscribers
4.93K photos
499 videos
18 files
1.65K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#ona_tilim_faxrim
#oquvchilar_ijodidan

🇺🇿 21-oktabr — "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" bayramiga bag'ishlanadi.

ONA TILIM

Kirdi qulogʻimga "alla"lar bo'lib,
Tilim chiqdi yana tilim bag'rida.
So'zlarman u haqda ichimdan to'lib,
Ona tilim chindan bilim nahrida.

Uning-la bitilar sher-u hikmatlar,
Qadrin ulug'ladi ming bor zamonim.
Unga baxshidadur cheksiz hurmatlar,
Bobolarim suygan turkiy zabonim.

Shundan chiroylidir, mehrim o'zgacha,
Barcha tillarning u kaliti, do'sti.
Boyligi behisob, g'ururim o'sdi,
Go'zal-u yoqimli tovush, so'zgacha.

O'zimni angladim, topdim o'zligim,
Olamni tanidim, olamga boqdim.
Onamdek biyron-u shirin so'zligim,
Sen bilan dunyolar eshigin qoqdim.

Kirdi qulog'imga "alla"lar bo'lib...

✍️ 8-sinf o'quvchisi Sattorova Diyoraning ushbu she'ri "Shifokor va hayot" gatetasining 19-sonida chop etildi.

👏 O'quvchimizning kelgusidagi ijod va o'qishlarida zafarlar tilaymiz!
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#21_oktabr
#ona_tilim_faxrim

🏢 Is’hoqxon Ibrat nomidagi maktabining 10- A sinf o’quvchilari 21-oktabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “O’zbek tili — milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” shiori ostida tayyorlagan videorogi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#21_oktabr
#ona_tilim_faxrim

🏢 Is’hoqxon Ibrat nomidagi maktabining 10-A sinf o’quvchisi 21-oktabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “O’zbek tili — milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” shiori ostida ona tilini madh etuvchi she’ri.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Ona tilim

Sen tonglarning sabosiga jo bo`lgansan,
Yaproqlarning shitiriday quvnar dilim.
Quyosh, Yer, Suv - bari so`zlar bisotida,
Tabiatning tarjimoni ona tilim.
                                           
Sen kun bo`yi aytib yurgan istig`forim,
Ezgulikka undab turar tirikdirsan.
Har yangi kun shukur deyman tabassumla,
Vujudimda urib turgan yurakdirsan.

Sen onamning allasida mazmun topgan,
Ko`hna Turon xalqlarining beshigisan.
Keksa bobom kaftidagi duosi-yu,
Salom berib kirilguvchi eshigisan.

Ustozlarim ta`rifida balli o`zing,
Sen shoirsan, sen hofizsan, sen san`atkor.
Madhiyamsan, sportchining ko`z yoshisan,
Ona tilim Ona yanglig' maqoming bor.

G’alabamning kalitini senda ko’rdim,
Baxtim o`zing, ahdim o`zing, taqdirim ham.
O`nlab tilda  so`zlashishni bilaman-u,
Oxirida faqat senga rahmat deyman.

Shaxzoda Abdullayeva Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 9- sinf o‘quvchisi
#21_oktabr
#ona_tilim_faxrim

🏢 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 21-oktabr - o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi bag‘ishlab “O‘zbek tili - milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida ma'naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.

💫 Tadbirda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, OAV xodimlari, Mujhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'qituvchilari, O'z.R.Milliy Gvardiya Qo'riqlash hamda Ichki ishlar bo'yicha Namangan viloyat boshqarmalari vakillari, shuningdek, maktabning barcha o'qituvchilari va o'quvchilari ishtirok etishdi.

O‘quvchilar tomonidan o'zbek tilini madh etuvchi she'riy, musiqiy kompozitsiyalar, sahna ko'rinishlari namoyish etildi.

🏆 Tadbir so'nggida faol ustoz o'qituvchilar hamda o'quvchilar taqdirlanishdi,
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#21_oktabr_chel_el_tabrigi
#Studentlarimiz_POLSHA
#Bitiruvchilarimiz

Chel elda tahsil olayotgan o'quvchilarimiz va ularni chet ellik kursdoshlarining 🇵🇱 Polshaning Vistula Universitetidan yo'llagan bayram tabriklari.

👩‍🎓 O'quvchilarimiz Shermatov Doston va Nazarmahmudov Abdulaziz 2023-yil bitiruvchilarimizdan.

📍 University of Vistula - ul. Stokłosy 3
02-787 | Warsaw | Poland
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#21_oktabr_chel_el_tabrigi
#El_yurt_umidi_AQSH
#Stipendiatlarimiz

💫 Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlarimiz va ularni chet ellik kursdoshlarining 🇺🇸 AQSHni Missuri universitetidan yo'llagan bayram tabriklari.

👩‍🎓 Stipendiat Mahmudxonova Dilobar 2023-yil bitiruvchilarimizdan.
📣 Ularning yutuqlari haqida
avval habar bergan edik»

📍 Mizzou - University of Missouri Columbia | Columbia, MO 6521 | USA.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#21_oktabr
#ona_tilim_faxrim

🏢 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 21-oktabr - o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligiga bag‘ishlab “O‘zbek tili - milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida ma'naviy-ma’rifiy tadbirdan fotolavhalar.