Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
640 subscribers
5.01K photos
505 videos
18 files
1.66K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni

🌤 Bugun erta tongda maktabimizda quyosh bir emas bir necha quyosh charaqladi.

📖 O'quv yili davomida o'quvchilarga bilim nurini taratgan ustozlar bugun yanada charaqlab maktabimizga go'yo qoyoshday nur sochib kirib kelishdi.

☀️ Kutib olgan o'quvchilar qalblari nurga to'ldi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oliy toifali ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, 42 yillik mehnat faoliyati bilan shug'ullangan pedagog, Xalq ta’limi a’lochisi Roxila Voxidovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:
2020-yildan buyon chet tillariga ixtisoslashtirilgan Is’hoqxon Ibrat nomidagi maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi;
2020-yili O’zbekiston Respublikasi ta’lim sohasiga qo’shgan hissasi uchun Xalq ta’limi vazirligining “Tashakkurnoma“si bilan taqdirlangan;
2021-2022 yillarda Xalq ta’limi vazirligi va Yaponiyaning JICA tashkiloti O’zbekistondagi vakolatxonasi va Japan Digital Univercity XKMCHT tomonidan tashkil etilgan loyiha qatnashchisi va munosib taqdirlangan;
“Ijodkor o’qituvchi -2022” anjumanida faol ishtirok etib, Yozuvchilar uyushmasi sertifikati bilan taqdirlangan;
“Ustoz-2022” tanlovida faol ishtiroki uchun Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlangan;
“Ustoz-2022“ milliy mukofoti tanlovining 1 va 2-bosqichlarida muvaffaqqiyatli ishtiroki uchun “O’qituvchilar assotsiatsiyasi“ nodavlat tashkilotining “Tashakkurnoma”si bilan taqdirlangan.
10 dan ziyod turli mavzudagi dars ishlanmalari Respublika hamda viloyat miqyosida ommalashtirilgan.
20 dan ortiq maqola va metodik tavsiyalari Respublika, viloyat, tumandagi gazeta va jurnallarda bosib chiqarilgan.
10 dan ortiq ilmiy maqolalari bilan mintaqaviy konferensiyalarda ishtirok etgan .
50 dan ortiq o‘qituvchi-shogirdlari respublikamiz oliygohlarda, maktablarida faoliyat yuritmoqdalar.

📌 Uning o‘quvchilari ham qator muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda:

🔸 2022-2023 yillarda o’quvchisi Olimjonova Iforaning bir qator nazm yo‘nalishidagi kitoblari nash qilindi hamda maqolalari xorijiy va milliy jurnallarda chop etildi;
🔸 2022-2023 yillarda oʻquvchisi Rustamjonova Odinaning birinchi “Oy shulasi” nomli ilk to’plami nashr qilindi;
🔸 O’quvchilari agentlik hamda bosqa tashkilotchilar tomonidan o’tkazilgan tanlovlarda faxriy o‘rinlar olib kelmoqdalar;

💫 O'qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Ustozlar_kuni_tadbiri

"Ustozlari ulug'langan yurt kelajagi doimo buyukdir"

💫 Agentlik tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 1-oktabr — "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o'tkazildi.

💐 O'quvchilar o'z badiiy chiqishlari bilan Ustoz va murabbiylarini ulug' bayram bilan tabriklashdi.

🌺 Barcha o'qituvchi va murabbiylarni kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz ustoz va murabbiylar, qadrli hamkasblar!

Har bir kun o‘qituvchi sha’niga sharaf qo‘shayotgan, ta’lim sifati, maktab masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan Yangi O‘zbekistonda siz bilan bir safda faoliyat olib borayotganimdan behad baxtiyorman.

Ustoz maqomi yanada ulug‘lanib, o‘qituvchi qadr-qimmatini yuksaltirish qonun bilan mustahkamlanayotgan shukuhli damlarda sizlarni bayram bilan qutlash menga cheksiz quvonch va iftixor bag‘ishlaydi.

Muhtaram muallimlar!

Siz har kuni millionlab bolalarga nafaqat ta’lim-tarbiya berasiz, balki ularga o‘z farzandlaringizdan ziyoda mehr-muhabbat ulashib, mamlakatimiz ertangi egalarini kamolga yetkazasiz.

Sizning ko‘z o‘ngingizda kelajak qad rostlaydi, Siz ko‘rsatgan ma’rifat yo‘lingiz avlodlarni nurafshon manzillarga yetaklaydi. Ana shunday mashaqqatli va sharafli kasb egasi bo‘lganingizning o‘zi taqdirning Sizga eng buyuk tortig‘i, Yaratganning siylovi desam yanglishmagan bo‘laman.

Ishonamanki, fidoyilik bilan yurtimizda ta’lim sifatini yuqori darajaga olib chiqib, Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, farzandlarimizni Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga qodir qilib tarbiyalash yo‘lida bor kuch-g‘ayratingizni ayamaysiz.

Bayram bilan barchangizni yana bir bor samimiy qutlar ekanman, buyuk shoirning “muallim desalar meni qaniydi!” degan yuksak orzusi haqidagi mashhur satrlar xayolimdan o‘tyapti. Siz ana shunday buyuklar chinakam havas qiladigan maqomdasiz!

Bejiz jadid bobolarimiz ziyolilarni, o‘qituvchi-muallimlarni millat oydinlari deb atamagan. Siz navqiron nasllar ongu qalbini yoritib, ma’rifat ulashar ekansiz, jismingizga tuganmas kuch-quvvat, qalbingizga adoqsiz quvonch, xonadoningizga fayzu baraka, faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar doimo hamroh bo‘lishini tilayman!

Ustoz maqomi hamisha bugunidek sarbaland, bayramimiz boqiy bo‘lsin!

Ehtirom bilan,
Hilola Umarova