Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
640 subscribers
5.04K photos
506 videos
18 files
1.66K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Besh_tashabbus
#sport

QUVNOQ STARTLAR

🏢 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 5 ta muhim tashabbusning 2-bandiga asosan yoshlarni jismoniy chiniqtirish va ularning sport sohasida qobiliyatlarini rivojlantirish yo'nalishida "Sog‘ tanda – sog‘lom aql" shiori ostida murabbiy Ilxomjon Ismoilov hamda pedagog-tarbiyachi Muhriddin Po'latovlar tashabbusi bilan sport bellashuvi tashkil etildi.

🏃‍♂️ Bellashuvda maktabimizning 7-sinf oʻquvchilari "To‘maris" va "Shunqorlar" guruhlari o'rtasida "Quvnoq startlar" o‘yinlari o'tkazildi.

🥅 Oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan birga sportning ushbu turiga nisbatan qiziqishlari yanada ortdi.
__
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
⭕️⭕️⭕️⤵️

⌨️⌨️⌨️⌨️⌨️⌨️⌨️⌨️⌨️

⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan atoqli shoir, dramaturg, serqirra ijodkor Uyg‘un tavalludining 118 yilligi munosabati bilan onlayn viktorina o‘tkaziladi.

💗Joriy yilning 1-may kuni soat 10:35 dan 11:20 gacha bo‘lib o‘tadigan ushbu onlayn viktorinaga qatnashish uchun quyidagi havolaga o‘ting!⬇️

➡️https://viktorina.kitobxonlik.uz/

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
🔰 Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuchga kirdi

"O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni tarixda ilk bor 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berishi orqali qabul qilindi.

▶️ Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Madina Abduhamidova
#Ibrat_maktabi
#9may

"TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YO‘Q"

🏢 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida tarbiyachi-pedagog M.Abduhamidova 9-“A” sinf oʻquvchilari bilan birgalikda "9-may — Xotira va qadrlash kuni"ga bagʻishlab "Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📚 Bundan tashqari kutubxona mudirasi X.Rahmonjonova ishtirokida maktab kutubxonasi uchun taqdim etilgan "O‘zbekiston ikkinchi jahon urushi davrida" nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi.

🧑‍🎓 O‘quvchilar o‘zlarining ikkinchi jahon urushi to‘g‘risidagi bilimlari bilan o‘zaro o‘rtoqlashdilar va yanada ko‘proq bilimlarga ega bo‘lishdi.
__
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#tõgaraklar
#besh_tashabbus
#Ibrat_maktabi

🏫Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida tarbiyachi-pedagog D. To'rabayeva o'quvchilar bilan birga barsdan so'ng bo'sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida bir qator to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

🥋O‘quvchilarimiz fan to‘garaklarini puxta o‘rganish bilan bir qatorda, Zamonaviy dizayn va Art, Raqs, Musiqa, Robotatexnika, Media, Shaxmat va Sport kabi ko‘plab mashg‘ulotlar bilan mashg‘ul bo‘lishadi.

Yuqorida sport to‘garagi jarayonlaridan fotolavhalar
.

Sogʻ tanda sogʻlom - aql.


Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#Ibrat_maktabi
#Besh_tashabbus
#sanat

Kino
  
🏢 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida
5 ta muhim tashabbusning 1- yo‘nalishi bo‘yicha o'quvchilarni san'atga qiziqtirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tarbiyachi-pedagog M.Po‘latov 7-sinf o‘quvchilari bilan "CINEMA TIME" tashkil etdi.

🎬 O‘quvchilar tavsiya qilingan 100 ta kino doirasida "Vatan" filmini tomosha qilish orqali o‘zlaridagi vatanga bo‘lgan muhabbat va vatanparvarlik hissasini yana bir bora yuksaltirib olishdi.

Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
⭕️⭕️⭕️⭕️ 5️⃣5️⃣5️⃣

🪶 "YIL HIKOYASI"

➡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Yil hikoyasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

😂Tanlov shartlari bilan quyidagi nizom orqali tanishing!

✈️Tanlovda qatnashish uchun Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasiga ulanish lozim.

🎁Ushbu "Yil hikoyasi" ko‘rik-tanlovida faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!

➡️ Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring

🗂 Ushbu telegram kanallarida mazkur maktablardagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.

📝 IJOD MAKTABLARI:

🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔬 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR

🕊 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
🕊 Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
🕊 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududiy boshqarmalarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

🌐Mazkur telegram kanallarida har bir hududda ta’lim yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, hududlardagi ta’lim muassasalari yangiliklari, e’lonlari hamda muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzularga oid rasmiy munosabatlardan xabardor bo‘lish imkoniyati mavjud.

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
👉 Andijon viloyati
👉 Samarqand viloyati
👉 Sirdaryo viloyati
👉 Jizzax viloyati
👉 Buxoro viloyati
👉 Surxondaryo viloyati
👉 Farg‘ona viloyati
👉 Namangan viloyati
👉 Xorazm viloyati
👉 Toshkent viloyati
👉 Qashqadaryo viloyati
👉Navoiy viloyati
👉Toshkent shahri

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 DIQQAT, E'LON!!!

❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida joriy yilning 5-6-may kunlari Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichi bo'lib o'tadi

⚡️Ushbu olimpiadada:
Olimpiadaning joriy yil yanvar oyida o'tkazilgan maktab bosqichi g'oliblari ishtirok etadi.
▶️ Shuningdek,
2022-2023-o'quv yilidagi asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichi g'oliblari;
2021-2022-o'quv yilida tegishli tartibda tasdiqlangan xalqaro va mintaqaviy olimpiada g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etish huquqiga ega.

📝 Olimpiada quyidagi fanlardan o'tkaziladi:
Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Science

Olimpiada barcha hududlarda belgilangan kunlar mobaynida bir vaqtda bo'lib o'tadi.

Topshiriqlar:
🧮 Matematika va Science fanlaridan
Test
Yozma ish bo'yicha

🧬 Fizika, Kimyo va Biologiya fanlaridan
Test
Yozma ish
Laboratoriya ishi

💻 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
Dasturlash (coding) bo'yicha o'quvchilar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishadi.

Har bir fan va sinflar kesimida 3 nafardan (1-2-3-o'rinlarni egallagan) o'quvchilar olimpiadaning Agentlik bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube