Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
643 subscribers
5.04K photos
506 videos
18 files
1.67K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya

Dasturlash ko‘proq mantiqiy fikrlashni talab etadi — TATU dotsenti

Toshkent axborot-texnologiyalar universiteti Axborot xizmati iqtidorli yosh olim hamda talabalarning ixtiro va ishlanmalarini keng jamoatchilikka yetkazishni ko‘zlab, “Zamonamiz qahramoni” loyihasini yo‘lga qo‘ygan.

Loyihada bu gal Google, Microsoft, Tesla kompaniyalari takliflarini rad etib, O‘zbekistonda qolishni afzal bilgan yosh olim Shoxruh Begmatov mehmon bo‘ldi. Bugunga qadar u 20 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan va ular orasida eng yirigi 1 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.

@eduuz ushbu suhbatni ayniqsa yosh dasturchilar ko‘rishlarini tavsiya etadi.

Intervyuni to‘liq ko‘rish: 👉https://youtu.be/jc4iyesCHO0

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🤔 Farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasiga befarq bo‘lmaylik!

📝 Sizning ushbu so‘rovnomada ishtirokingiz ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. 👇👇👇

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
"O'qib olim bo'larmiding"  degan savolga uning javobi "ha" edi.

U qiz bola o'qib nima qiladi? Degan qarashlarni parchalab, Turfa chegaralardan o'ta olgan va maqsadiga erishgan yoshlardan.

Tanishing:

⚡️ Nilufar Iqboljonovna - Milliy tadqiqot universitetining "Oliy iqtisod maktabi" Xalqaro savdo siyosati yo'nalishi magistiranti “El-yurt umidi” jamg’armasi stipendiya tanlovining g'olibi

📋 ''Xorijdagi Mahalladosh'' loyihasining 1-son mehmoni bilan qiziqarli suhbatimiz 30-aprel, soat 19:00 da

Suhbat manzilimiz: https://www.facebook.com/OBODYOSHLARI/

Eyuf.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🏢 Is'hoqxon Ibrat ijod maktabida tashkil qilingan "Yosh kitobxon" tanlovida oʻquvchilar faol ishtirok etmoqdalar.

📚 Aprel oyida yosh kitobxonlar P.Qodirovning "Yulduzli tunlar", "Avlodlar dovoni" asarlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar va 8-"B" sinf oʻquvchisi Ma'rufova Ruxshona gʻolib deb topildi.

🔰 Adabiyot fani oʻqituvchisi R.Voxidova oʻquvchilarga bu asarlar haqida qisqacha ma'lumot berdi va bu kitoblarni, albatta, oʻqish kerakligini alohida ta'kidlab oʻtdi. May oyining 1- haftasi uchun Oʻ.Hoshimovning "Dunyoning ishlari"qissasi oʻqishga tavsiya etildi.

Tanlov maqsadi: Qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy maʼnaviy merosini, madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini, nodir merosini, ibratli hayotini o‘rganish va targ‘ib etish, yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish.
ШОШИЛИНГ, атиги 3 кун қолди!

Хорижий нуфузли университетларда таълим олиш бўйича “Эл-юрт умиди” жамғармасининг 2023 йилги 1 стипендия танлови 1 майгача давом этади. Шошилинг, онлайн ҳужжат топшириш учун атиги 3 кун қолди!

🔰Танлов 500 ўринга мўлжалланган бўлиб, бакалавриат таълим дастури учун 75 ўрин, магистратура учун 275 ўрин, докторантура учун 150 ўрин стипендиялар ажратилади.

Батафсил: https://t.iss.one/elyurtumidifoundation/7195

Eyuf.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💻 IT sohasida ta'lim olayotgan barcha yoshlar diqqatiga!

💼 Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Toshkent shahridagi Amity Universitetining birinchi qaldirg'och talabalari uchun tashkil etilgan bitiruv marosimida ishtirok etdi.

🎓 Marosim davomida vazir IT yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan barcha yoshlarga hayotda muvaffaqiyatga erishish bo'yicha o'zlarining hayotiy tajribalari bilan ulashib, qimmatli maslahatlarni berdilar.

✅️ Ma'lumot uchun: Universitetning 90% dan ortiq bitiruvchilari nufuzli mahalliy va xalqaro IT kompaniyalarda ish faoliyatini boshlashga ulgurishgan, ba'zi bitiruvchilar esa o'z startup loyihalarini boshlashgan.

Farzandingizni Amity Universitetida o'qishini istasangiz universitet haqidagi barcha kerakli ma'lumotlarni https://amity.uz/uzbek/ veb sahifasi orqali bilib olishingiz mumkin.

#ITtalim #Muvaffaqiyat #Imkoniyat #Ulashing
DIQQAT, DIQQAT!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalari o‘rtasida “Eng yaxshi ekologik toza maktab” mavzusida videolavhalar tanlovi e’lon qilinadi

Tanlovning asosiy maqsadi:

🟢o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida mehnatsevarlik, ekologik madaniyat, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni bo‘lish, ta’lim muassasalarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish orqali o‘quvchi-yoshlarning faolligini oshirish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan umumta’lim muassasalari joriy yilning 1-10-may kuniga qadar 5 daqiqagacha bo‘lgan va maxsus tayyorlangan bir dona ijodiy videorolikni @obod_maktab_2023 telegram manziliga yuborishlari lozim.

Kelib tushgan ijodiy ishlar maxsus saralash guruhi, respublika ekspertlar guruhi tomonidan 2023-yil 17-may kuniga qadar saralanadi. Ekologik oylik davomida “Eng yaxshi ekologik toza maktab” tanlovi nomzodligiga munosib deb topilgan 42 ta (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarning har biridan 3 tadan) ta’lim muassasasining ijodiy videolavhalari joriy yilning 22-27-may kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi tanlovlar rasmiy sahifasi orqali jamoatchilik tomonidan baholanadi.

Ovoz berish natijasiga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan (“like” bosilgan) videoroliklar natijalari va ekspertlar guruhi xulosalariga ko‘ra, ekologik oylik davomida “Eng yaxshi ekologik toza maktab” deb hisoblangan 14 ta (har bir hududdan 1 tadan) ta’lim muassasasi g‘olib deb topiladi.

Batafsil: https://bit.ly/424r3gT


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ITSM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😯 "Mobilografiya" qanday soha?

👨‍💻 Bugungi kunda ommalashgan hamda ko'plab yoshlarda katta qiziqish uyg'otayotgan mobilografiya sohasi yangi kasb turlaridan biri hisoblanadi.

📞 Mobil aloqa vositasi yordamida qisqa vaqt ichida bu kasbni egallashingiz hamda o'z faoliyatingizni boshlashingiz mumkin.

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 🖤 Milliy ta'lim resurslari rasmiy kanalidagi "Mobilografiya" onlayn darslari va qisqa videolarni (shorts) tomosha qiling hamda ushbu sohani o'rganing!


📞 71 2020909
🌐 itsm.uz I 📒Facebook I Telegram I 📹Instagram I 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#bilimlar_bellashuvi

EHTIRO - INFINITY

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida matematika fanidan 9-A sinf va 9-B sinf o'quvchilari o'rtasida bilimlar bellashuvi tashkil etildi.

✍️ O’quvchilarda shakllangan kompetensiyalarni nazorat qilish maqsadida maktabda 9-sinflar o’rtasida matematika fanidan “Xorazmiy izdoshlari” nomli tadbir o’tkazildi, natijada o’quvchilar kutubxona, qo’shimcha adabiyotlar internet manbalaridan ma’lumotlar qidirishdi,turli xil rasm va chizmalar, bukletlar tayyorlashadi va o’quvchilar tadbirdan buyuk matematik olim Muso Al-Xorazmiy hayoti va kashfiyotlariga oid chuqur bilimga ega bo’ldilar.

Tashkilotchi-matematika fani o'qituvchisi Sharipova Muborakxon
__
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
Forwarded from Valijon Mamadjonov
#Ibrat_maktabi
#Besh_tashabbus
#Zakovat
#Bellashuv


Jahon ravshan ziyoyi ilmdandur,
Kungil sofi safoyi ilmdandur


🏫 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 11-sinf o`quvchilari o`rtasida Zakovat bellashuvi tashkil etildi.

🔰 Bellashuv davomida o`quvchilar o`z bilimlarini mustahkamlash, yangi ma`lumotlarga ega bo`lish va jamoaviy bo`lib ishlash, sinfda ijobiy muhitni shakillantirish kabi ko`nikmalariga ega bo`ldilar

💫 Bellashuv yakunida o`quvchilarning fikr, mulohaza va takliflari haqida o`rtoqlashildi.
__
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
Forwarded from Dilnoza Umarova
#Ibrat_maktabi
#Besh_tashabbus_doirasida

         K U T U B X O N A
       
🏢 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 8-ʼʼAʼʼ sinf Tarbiyachi-pedagog D. Umarova sinf oʻquvchilari bilan Namangan viloyati koʻzi ojizlar jamgʻarmasi Viloyat kutubxonasiga maʼnaviy sayohat uyushtirildi.

📚 Kutubxona hodimlari oʻquvchilarni tashrifidan hursand boʻlishdi. Kutubxona fondi haqida maʼlumotlar berishdi.

⚡️Shukronalik- inson ziynati, baraka kaliti- xalq soʻzi.

📚Koʻzi ojizlar qanday qilib shaxmat, shashka oʻynay olishlari boʻyicha ham maʼlumotlar olishdi

🧑‍🎓 Sinf oʻquvchilari tashrifdan, sayohatdan mamnun. Kitobsevar oʻquvchilar yoqtirgan kitoblari haqida  maʼlumotlarga ega boʻldilar.
__
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook