Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
639 subscribers
4.99K photos
504 videos
18 files
1.66K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Ta'lim sohasida yangi va qulay elektron xizmatlar ishga tushiriladi!

🏫 Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining raqamlashtirishga mas'ul mutaxassislari ishtirokida aholimizga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar ko'lamini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

✅️ Aholimizga quyidagi elektron xizmatlarni tez orada ishga tushirish kelishib olindi:

💻 Maktab o'quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul xizmati
💻 O'quvchilarni maktabdan maktabga onlayn ko'chirish xizmati
💻 Elektron shahodatnomani yuklab olish xizmati
💻 Talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashish xizmati
💻 Talabalarga ta'lim kreditini onlayn ajratish xizmati va boshqalar.

🎓
Bog'cha, Maktab, Oliy ta'lim tizimlarida - yangi elektron xizmatlarni joriy qilish bo'yicha takliflaringiz bo'lsa izohda qoldiring. Takliflaringiz tahlil qilinib, foydali va qulay bo'lgan xizmatlarni joriy etish choralarini ko'ramiz.

Ta'lim sohasida joriy etilgan elektron xizmatlardan foydalanish uchun ushbu havola orqali o'ting - Ta'lim sohasida elektron xizmatlar.
O‘qituvchi — hayot mayog‘i, kelajak ustunlaridir. Shu maʼnoda bu zahmatkash insonlar mehnatini qadrlash va huquqlarini himoya qilish, o‘quvchilarga sifatli taʼlim berishda munosib sharoitlar yaratib berish borasida davlatimiz tomonidan muhim choralar amalga oshirilmoqda.

Tan olib aytishimiz kerak, yaqin o‘tmishda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish, ularni o‘z xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarga majburlash kabi noxush holatlar bor edi.

Davlatimiz rahbarining shaxsiy irodasi va tashabbusi bilan so‘nggi yillarda bu kabi inson huquqlarini kamsituvchi ishlarga barham berildi. O‘qituvchining o‘rni va obro‘sini ko‘tarish, ularning o‘z kasbiy faoliyati bilan to‘liq shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan kuni kecha imzolangan, pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun ham bu boradagi saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi, desam yanglishmayman.

Qonunda nazarda tutilgan huquqiy normalarning hayotiyligi shundaki, pedagog xodimlarning mehnat huquqlarini buzish bilan bog‘liq jihatlar aniq va adolatli belgilangan.

Eʼtibor beraylik, umumiy holatda biror shaxsni majburiy mehnatga jalb etish 30 mln so‘mgacha (100 baravar) jarimaga sabab bo‘lsa, mazkur qonun asosida pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln so‘mgacha (150 baravar) jarima bilan jazolanishi belgilanmoqda.

Yana bir jihat: endilikda pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 45 mln so‘mdan 60 mln so‘mgacha jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, pedagoglarni majburiy mehnatga jalb etish yoki majburlash, nafaqat maʼmuriy, balki jinoiy javobgarlikka ham sabab bo‘ladi. Endilikda ushbu holatga takroran yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq belgilanishi mumkin.

Bugungi demokratik jamiyat qurish yo‘lida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan xalqchil islohotlar zamirida, albatta, inson manfaatlari, uning qonuniy huquqlari turadi. O‘qituvchilarning huquqi bu borada barcha bo‘g‘inlardan ustun bo’lishi kerak.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri


Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🧾 Xalqaro IT-sertifikat o‘zi nima?

Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha boʻlgan qismini qoplab berish tartibi joriy etilgan.

👨🏻‍💻 Loyiha boʻyicha ma'lumot

💳 Xalqaro tan olingan sertifikatlar ro'yxati

👉 Batafsil ma'lumot yuqoridagi karusel posterda

#mitc
#it_sertifikat

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
#Vatanparvar_sport_klubi
#Ibrat_maktabi

HAMKORLIK

🏫 Ixtisoslashtitrilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi va Vatanparvar sport klubi bilan hamkorlikda 30.03.2023-yil kuni yoshlarni harbiy vatanparvarlikka va chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha direktor o‘rinbosari H. Mamatov rahbarligida o‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida quroldan o’q otish mashg’ulotlariga borishdi.

🔸O’quvchilar o’q otish bo’yicha amaliy o’quv mashg’ulotlarida ko’nikmalarini mustahkamlashdi. Soha mutaxassislari o'quvchilarga tushuntirish ishlarini olib borishdi. So’ngra o’quvchilar o’rtasida merganlik “Nishonga otish” bo’yicha o’zaro bellashdilar.

_______________________________________
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
Forwarded from Valijon Mamadjonov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_gvardiya_qoriqlash_boshqarmasi
#Ibrat_maktabi

HAMKORLIK

🏫 Ixtisoslashtitrilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi va Milliy gvardiya Qo’riqlash bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda 31.03.2023-yil kuni Yo.H.V.R.T bo'yicha direktor o‘rinbosari H. Mamatov rahbarligida o‘quvchilar "Chavondozlar maktabi"da o‘quv amaliy mashg’ulotlarda bo’lishdi.

👉🏻Telegram
Forwarded from Valijon Mamadjonov
#Milliy_gvardiya_qoriqlash_boshqarmasi
#Ibrat_maktabi

HAMKORLIK

🏫 Ixtisoslashtitrilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi va Milliy gvardiya Qo’riqlash bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda 31.03.2023-yil kuni Yo.H.V.R.T bo'yicha direktor o‘rinbosari H. Mamatov rahbarligida o‘quvchilar "Chavondozlar maktabi"da o‘quv amaliy mashg’ulotlarda bo’lishdi.

🐎Chavandozlik bo'yicha mutaxassislar o'quvchilarga tushuntirish ishlarini olib borishdi. O’quvchilar chavondozlik hamda kamonbozlik bo’yicha amaliy o’quv mashg’ulotlarida ko’nikmalarini mustahkamlashdi.

🏹Bundan ko’zlangan maqsad, chavondozlik va kamondan o'qotish ko’nikmalarni mustaxkamlash, harbiy sohaga oid bilimlarini amaliy bajarish orqali ko’nikmalarini oshirib borish.

_______________________________________
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook