Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
666 subscribers
4.82K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰 Qarorga ko'ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi Sun'iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi:

🔘Sun'iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish bo'yicha erishish lozim bo'lgan maqsadli ko'rsatkichlar, shu jumladan:

🔹sun'iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko'rsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSH dollariga yetkazish;

🔹YIDXP (my.gov.uz) da sun'iy intellekt asosida ko'rsatilayotgan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;

🔹sun'iy intellekt yo'nalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish;

🔹Hukumatning sun'iy intellektga tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) O'zbekistonni birinchi 50 ta o'rindagi davlatlar qatoriga kirishiga erishish.

🌐 2025-yil 1-sentabrgacha loyihalar va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni zarur ma'lumotlar bilan ta'minlash maqsadida qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq barcha axborot xavfsizligi choralarini ko'rgan holda “katta ma'lumotlar” bazasi yaratiladi.

🖥 2026-yil 1-maygacha sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari doirasida ma'lumotlarni qayta ishlash uchun mo'ljallangan hisoblash quvvatlari ishga tushiriladi.


📖 Shu jumladan aynan ta'lim sohasida:

🔸 ta’lim muassasalarida shaxsni identifikatsiya qilish orqali o‘quvchi va talabalar davomatini monitoring qilish hamda xavfsizligini ta’minlash;

🔸 fanlar, mavzular, sinflar bo‘yicha ta’lim jarayonidagi kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, o‘quvchilarning aqliy va jismoniy rivojlanishini tahlil qilib borish hamda maktab boshqaruvi samaradorligini oshirish;

🔸 bilim sifatini baholashni avtomatlashtirish va o‘quv natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish;

🔸 dasturlash tillari va sun’iy intellektni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish;

🔸 erta yoshdan sun’iy intellektni tushunish va qiziqishni rivojlantirish uchun o‘yin (tajriba)ga yo‘naltirilgan dasturlar va sun’iy intellekt o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;

🔸 yuqori sinf, o‘rta maxsus hamda professional ta’lim jarayonida kelajakda zarur bo‘ladigan asosiy dasturlash tillari va sun’iy intellekt bo‘yicha bilimlar olish imkoniyatini kengaytirish;

🔹 sohada kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida “buyumlar interneti”, robototexnika, sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash va o‘rganish bo‘yicha laboratoriyalar tashkil etish hamda ularni zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash uchun grantlar ajratish;

🔹 sohada yuqori malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun umumta’lim maktablari o‘quvchilariga dasturlashni o‘rgatish bo‘yicha zarur sharoitlar yaratish;
oliy ta’lim muassasalarida xorijiy professor-o‘qituvchilar va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha bepul onlayn kurslar tashkil etish;

🔹 sun’iy intellekt yo‘nalishida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari sonini oshirish;

🔹 matematika, mantiq, mental arifmetika kabi fanlarni chuqurlashtirib o‘rgatish, shuningdek, dasturlash tillarini o‘qitish orqali o‘quvchi va talabalarning sun’iy intellekt sohasidagi bilimlarini o‘rta darajaga yetkazish;

🔹 oliy ta’lim muassasalarida sun’iy intellekt bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi va ushbu yo‘nalishdagi bitiruvchilar soni oshadi;

🔹 sun’iy intellekt, robototexnika va boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim beruvchi o‘quv markazlari soni ortadi;

“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali:

♦️ Sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha iqtidorli yoshlar ro‘yxatini shakllantirish va tanlov asosida saralash.

♦️ Tanlangan nomzodlarni xorijiy oliy ta’lim muassasalariga ta’lim olishga yuborish va ularning o‘quv jarayonlarini nazorat qilish.

♦️ Saralab olingan nomzodlarni xalqaro miqyosda e’tirof etilgan xorijiy universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlarida malaka oshirish kurslariga yuborish.
_____
Manba» Lex.uz O'z.R.qonunchilik ma'limotlari milliy bazasi hamda Huquqiy Axborot Kanali
#manaviyat
#Ibratli_voqea
#xulosa_sizdan

💰Boy boʻlishni istasang – 📚 ilm ol!

Ushbu rasmdagi qiz – Nadjad Vallo-Belkasem – Fransiya taʼlim vaziri (2014-2017-yillar).

➡️ Chap tarafda 1987-yildagi rasmi, yaʼni choʻpon, kambagʻal oilaning qizi. Oʻng tarafda Parij siyosiy tadqiqotlar institutini tamomlagan Fransiya vaziri.

☝️Ushbu surat bizga bir haqiqatni ochib berdi, yaʼni inson kambagʻal boʻlib tugʻilishi ayb emas, balki harakat qilmasdan, ilm olmasdan kambagʻal boʻlib yashash hamda dunyodan kambagʻal boʻlib oʻtishi aybdir.

Bir narsani bilishimiz kerak, kambagʻallikdan chiqishning yagona yoʻli bu — ilmdir.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Kitob_uz

Farzandingiz o'zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari bilan tanishib borishini istaysizmi?


Ularda bolaligidanoq kitobga mehr uyg'otishni-chi?

❗️Unda kitob.uz sayti aynan siz uchun!

✔️Ushbu saytga 3188 ta kitob hamda 1040 ta audikitoblar joylashtirilgan bo'lib, bu yerda o'zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari bilan tanishishingiz mumkin.

⚡️Kitoblar olamini biz bilan birgalikda kashf qiling!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

KECH KUZ

Kech kuzakda boqsam, dala-bog‘larga
Hayrat uyg‘otadi fasl jilosi.
Rangdoshga aylangan zar yaproqlarga
Olma-yu, nok, behi, hatto xurmosi.

Kunma - kun yuqotib issiq taftini
Quyosh ham yondirmas, yaltirar faqat.
Ko‘raman havoning sovuq aftini,
Osmonni qiladi bulutlar diqqat.

Ustu boshimizda qalinlar kiyim,
Shamollab qolmaslik kerakku inson.
Qushlar issiq istab ketishi tayin,
Ko‘klamgacha kutar hur O‘zbekiston.

Ko‘nglimiz ko‘tarar chumchuq, musicha,
“Chirq-chirq” va “ku-ku” lar yangrar qishda ham.
Go‘yo uqtirishar tinmay o‘zicha
-Vatan tuyg’usi bor, biling qushda ham!..


Mushtariybonu RAHIMJONOVA
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi.


___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

YOMG'IR

Osmonni nogahon qopladi bulut,
To‘xtamasdan yomg‘ir yog‘a boshladi.
O‘yladim Allohim berayapti qut,
Uni farishtalar yerga tashladi.

Yuragim dupurlab urdi shu zamon,
O‘yladim kamalak bo‘y cho‘zarmikan.
Olamni yog‘duga to‘ldirib shu on,
Barchaga quvonch-baxt ulasharmikan.


Odina RUSTAMJONOVA
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi.


___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodida

🏢 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'qituvchi va o‘quvchilarining ijodidan she’riy namunalar "Tamaddun" jurnalining 2024-yil oktabr № 5 (186)-sonida chop etildi.

🔰 Ijod shamchirog'i:

🔸 Roxila Voxidova,
🔸 Aliyorbek Tohirov,
🔸 Maftuna Mahmudjonova,
🔸 Mushtariybonu Rahmonjonova,
🔸 Kumush Mamadaliyeva.

O'quvchilarimizning ijod namunalari sahifasini ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Roxila Voxidova tayyorlagan.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook |
#Ibrat_maktabi
#xorijiy_tillar
#darslar

🔰 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 8-B sinf o‘quvchilariga I-chorakda fransuz tili fanidan “Les traditions culturelles francaises" mavzusida ochiq dars o‘tildi.

🇫🇷 Dars davomida o‘quvchilar Fransiya madaniyati va urf odatlari haqida bilimlarga ega bo‘lish bilan birgalikda fransuz tilidagi bilim va ko'nikmalarini mustahkamladilar.

👨‍🏫 O‘qitish shakli "Gibrid" (oflayn-onlayn) usulida, ta’lim vositalari — smart texnologiyalardan interaktiv doska (IQ board), axborot-kommunikatsion vositalari WiFi (internet tarmog'i), xalqaro Explore A1-2 darsliklari, tarqatma materillari, multimediya vositalari va onlayn platformasidan (educadhoc.fr) hamda yangi ped texnologiya va metodikalardan kichik guruhlarda ishlash, madaniy integratsiyalashuv, tarix va adabiyot fanlari bilan integratsiya metodlaridan foydalanib dars tashkil etildi.

👨‍💼 Ustoz: Valijon Mamadjonov
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#seminar_trening
#ijod_maktablari

NATIJAGA ASOSLANGAN YONDASHUV: TAHLIL VA TAVSIYALAR

Joriy yilning 28-30-oktyabr kunlari Agentlik tizimidagi ijod maktablarida ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili va matematika fanlaridan ChSB sinovlari oʻtkazilgan edi.

ChSB sinovlari natijalarini tahlil qilish hamda metodik tavsiyalar berish maqsadida Agentlik tomonidan ijod maktablari pedagogik jamoalari ishtirokida "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-trening oʻtkazilmoqda.

Seminarda trener sifatida oʻquvchilari yuqori natija koʻrsatgan fan oʻqituvchilari biriktirilgan boʻlib, Agentlik masʼul xodimlari tomonidan ZOOM platformasi orqali olib borilmoqda.

Onlayn seminar-trening joriy yilning 9-noyabriga qadar davom etadi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi ijod maktablari 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari boʻyicha kuchli oʻntalikdan joy olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube