Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
650 subscribers
4.92K photos
499 videos
18 files
1.65K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#stop_korrupsiya

📣 Diqqat, diqqat!

⚡️ Agar siz Madaniyat vazirligi tizimidagi barcha sohalarda korrupsion holatlarga duch kelsangiz yoki guvoh bo’lsangiz quyidagi korrupsiya hamda manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida xabar berish aloqa kanallariga murojaat qiling:

☑️ Telegram - https://t.iss.one/antikorrupsiya_madaniyat_bot

☑️ Telefon raqami - +998 55-502-33-77 (109)

☑️ Elektron manzil - [email protected]

Korrupsion holat haqida xabar bergan shaxs ma’lumotlari sir saqlanadi.

Maqsadimiz korrupsiyasiz jamiyat qurishda faol ishtirok etish!

Telegram | Instagram | Facebook |  Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi

“Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-346-son) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi (Markaz) tashkil etiladi.

✔️ Qobiliyatli hamda fanlarni chuqur o'rganishga qiziqadigan yoshlarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi iqtidorni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish Markazning asosiy faoliyat yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.

🗓 2025-yildan Markaz tomonidan:

🔹5–8-sinf o'quvchilari o'rtasida olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli o'quvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yo'lga qo'yiladi;

🔹har bir fan yo'nalishi bo'yicha o'quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalar, qo'llanmalar va jurnallar yaratilib boriladi;

🔹o'quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlovchi trener-o'qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi, ularga yangi metodikalar o'rgatib boriladi;

🔹fan olimpiadalari bo'yicha milliy terma jamoalarning xorijiy davlatlar terma jamoalari bilan qo'shma yig'inlar o'tkazish amaliyoti yo'lga qo'yiladi;

🔹o'quvchilar uchun xalqaro olimpiadalarda ruhiy bosimni yengish bo'yicha seminarlar hamda motivatsion treninglar tashkil qilinadi;

🔹iqtidorli yoshlar uchun “intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.


Manba №1»
Manba №2»
To'liq»
#Ibrat_maktabi
#ona_tilim_faxrim
#maqolalar_tanlovi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 21-oktyabr  — "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun"ning 35 yilligini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o'tkazilgan “O‘zbek tilida eng yaxshi nutq” mavzusida maqolalar tanlovi tashkil etildi.

Natijalarga ko‘ra:
🥇 Saidova Ruxshona — 1-o‘rin;
🥈 Abdumalikova Shoira — 2-o‘rin;
🥉 Rustamjonova Odina— 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ona tilim — faxrim! Milliy stikerlar
(Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tavsiyasiga binoan ishlangan)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#manaviyat
#xulosa_sizdan

⚡️Agar inson ilm nuri bilan o‘z yo‘lini yoritmasa, zulmat va nodonlik ko‘chasida qoladi. Insoniyatning qadri ilm bilan hosil bo‘ladi. Ilmdan hali hech kim zarar ko‘rgan emas. Ilmni egallab olish esa bir san’atdir. Dunyoda qanday yovuzlik sodir bo‘lgan bo‘lsa, ularning hammasi nodonlik orqali kelib chiqqan. ...
___
#davomi_bor...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Aziz ustozlar, qadrli vatandoshlar!

Avvalo, barchangizni milliy gʻururimiz — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, ona tilimiz bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Albatta, har bir inson uchun tugʻilib oʻsgan oʻz uyi va Vatani qanchalik aziz boʻlsa, ilk bor tili chiqqanda aytiladigan soʻzlarni ifodalovchi ona tili ham shu kabi muqaddas va qadrlidir.

Shu maʼnoda biz bugun moʻtabar sanovchi oʻz ona tilimiz — oʻzbek tilining hayotimizda tutgan oʻrni har qachongidan ham muhim ahamiyatga egadir.

Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni milliy oʻzligimiz va gʻururimiz timsoli boʻlgan ona tilimizning bugungi muhim sanasi bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Jonajon ona tilimizning mehrli ziyosi doimo tafakkurimiz va qalblarimizni yoritib tursin!


Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
#Ibrat_maktabi
#maqola

📝 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi tarbiyachi-pedagogi Madina Xolmirzaevaning maqolasi nashrdan chiqdi.

✍️Namangan viloyat hokimligining "Namangan haqiqti" gazetasi 2024-yil 19-oktabr № 83 (20119)-sonida 21-oktyabr  — "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun"ning 35 yilligiga bag'ishlab “Millat ko'zgusi” nomli maqolasi chop etildi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM