Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
667 subscribers
4.82K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Mahorat_darsi

📚 18.09.2024 yil kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida "Mahorat darsi" tashkil etildi.

✍️ "Mahorat darsi" ni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va adib Boqiy Mirzo, “Iste’dot ziyo - press” nashriyoti rahbari, shoir Ibrohim Mahkam hamda shoir va publitsist Sodiq Sayhunlar olib borishdi.

📘 “Nasriy asarlarda ramziy obrazlarning qo‘llanilishi” mavzusida o‘tkazilgan mahorat darsida 7-10-sinf o'quvchilari qatnashdilar.

Mahorat darsi davomida ramziy obrazlar orqali inson hayotining ajralmas qismi hisoblangan adolat, muhabbat, mehr-oqibat, yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash tasvirlangan ramziy obrazlilik mavjud deb takidlab o‘tildi. XXI asr o‘zbek adabiyotida yangi davr boshlangan asr deb atashdi. Adabiyot yangicha g‘oyaviy-estetik konsepsiyasi bilan ham, shuningdek, yangicha poetik tasvir usullari bilan ham mumtoz adabiyot namunalaridan farq qinishi haqida suhbatlashildi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#nazm
#tanlov

🇺🇿 O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “She’ryurak” adabiy tanlovi uchun video rolik.

📝 Enaxon Siddiqova “Ketar qush” she’ri.

💠 She’rni Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Sattorova Diyora o‘qidi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

🔔Xabaringiz bor, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlar sanasi 27–29-sentabrdan 22-sentabrga o‘zgartirilgan edi. Shunga ko‘ra imtihon sanasi sifatida 27–29-sentabrni tanlagan talabgorlar uchun ham test sinovlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:

✏️test sinovining yozma qismi — 22-sentabr kuni;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 23–27-sentabr va 2–4-oktabr kunlari (dam olish kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❗️Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tilini-bilish-09-16

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.edu
🟦🟦

📢Xalqaro IT olimpiada sovrindori Amity universiteti taʼlim granti bilan taqdirlandi

Zarnigor Raximova Yevropa qizlar olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan.

🗺U Buxoro viloyati Kogon tumani 12-umumtaʼlim maktabi bitiruvchisi hisoblanadi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#nazm
#tanlov

🇺🇿 O‘zbekiston xalq shoirasi Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “She’ryurak” adabiy tanlovi uchun video rolik.

📝 Enaxon Siddiqova “Ko‘kka ko‘tarilgan alanga” she’ri.

💠 She’rni Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-"B" sinf o‘quvchisi Olimjonova Ifora o‘qidi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Zakovat

🏛 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual o’yinlarining Namangan viloyat hududiy bosqichi bo’lib o’tdi.

📊 Yakuniy natijaga ko’ra quyidagi jamoalar respublika bosqichida Namangan viloyati sharafini himoya qilishadi.

🔹 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🔹 Namangan shahridagi prezident maktabi
🔹 Namangan shahar 1-IMI

👏 Bilimdon o‘quvchilarimizga “Zakovat” intellektual o‘yinlarining Respublika bosqichida maktabimiz sha’nini munosib himoya qilishlarida ulkan muvoffaqiyatlar tilab qolamiz!
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#marifat_markazi
#uchrashuv
#Ibrat_maktabi

VILOYAT HOKIMI VA SEKTOR RAHBARLARINING YOSH O’QITUVCHI VA O’QUVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOTI

📍 20.09.2024-yil. Namangan shahridagi “Ma’rifat maskani”.

Muloqotda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, sektor rahbarlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yoshlar iqtidorlari, izlanishlari haqida gapirib, kelgusi rejalari va orzu-maqsadlari bilan o‘rtoqlashdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ular tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanib, shu yerning o‘zida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

⚡️Yakunda bir guruh faol o‘quvchilar qatorida Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi Rayhona Abdug‘aniyeva ham munosib rag’batlantirildi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram