Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
667 subscribers
4.82K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Kurik_tanlov

IBRATLI OILA


✍🏻Namangan shahridagi Yoshlar markazida Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Ibratli oila” ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan namunali oilalarni hamda “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

👨‍👩‍👦‍👦 Quvonarlisi ushbu “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bosh tarbiyachisi Boqixonova Ozodaxon ustoz o‘z oila a’zolari bilan qatnashdilar va g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Mazkur tanlov oilalarni mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni targ’ib qilish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadiga qaratilgan.Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazaqov g‘oliblarni tabriklab esdalik sovg‘alari topshirdi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ochiq_dars

🔰 Joriy yilning 17-may sanasida Ogahiy ijod maktabida "Ochiq darslar kuni" munosabati bilan 9-"B" sinfida "Maqsadlar qoʻyish psixologiyasi" mavzusida ochiq maʼnaviyat soati oʻtlazildi.

👩‍🏫 Sinf rahbari Barno Yusupova tomonidan oʻtkazilgan darsda yoshlarga maqsad qoʻyishning psixologik asoslari koʻrgazmali tarzda tushuntirib berildi.

💢 "Boʻsh idish", "Baxtingni tutub ol" kabi usullaridan foydalanildi. Oʻquvchilar tomonidan mavzu yuzasidan slayd taqdim qilindi. Maqsadlarga erishish uchun rejalar tuzildi.

Dars soʻngida oʻquvchilar va ustozlar maqsadlar yozilgan baxt stikerlarini ramziy "Baxt doska"siga yopishtirdilar.

🔷 Darsni maktab direktori Sarvar Abdullayev, Isʼhoqxon Ibrat ijod maktabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi  Rohilaxon Vohidova, Erkin Vohidov ijod maktabinning rus tili fani oʻqituvchisi  Zuhraxon Soliyevalar kuzatdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Dastur_ijrosi_amalda
#Ibrat_maktabi
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

📚 Dasturi doirasida Xorazm viloyatidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Muhabbat Jumaniyazova tomonidan Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining barcha sinflarida hafta davomida ochiq hamda mahorat darslari o’tib berildi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram