Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
806 subscribers
6.58K photos
565 videos
18 files
2.04K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#La_cuisine_francaise
#Ibrat_maktabi

🏫Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 7 va 8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “La cuisine francaise” (Fransuz oshxonasi) mavzusida pazandachilik tanlovi tashkil etildi.

🥗 Fransuz tili fani o‘qituvchisi Valijon Mamadjonov tomonidan o‘tkazilgan tadbirda o‘quvchilar fransuz taomlarini pishirish orqali fransuz oshxonasi bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirdilar. Bu tadbir o‘z vaqtida fransuz tili va madaniyati bilan yaqinroq tanishishlariga imkon berdi.

Tadbirda maktabga tashrif buyurgan Koreya davlatining delegatsiyasida juda katta taassurot qoldirdi. Ishtirokchilar esdalik sovg’alari va sertifikatlar bilan taqdirlandi.


___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#tashrif

📆 Joriy yilning 15-16-May kunlari Toshkentdagi Koreya taʼlim markazi direktori Peng Ju Mang boshchiligidagi delegatsiya hamda Respublikamizdagi koreys tili o‘qitiladigan maktablarning 30 nafardan ziyod maktab direktorlari Namangandagi “Istiqlol zamin bolalari” maktabiga va Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurishdi.

💐 Delegatsiyani oliy toifali koreys tili o‘qituvchisi N.Xo‘janazarova boshchiligida koreys tili guruhi o‘quvchilari milliy liboslarda kutib olishdi.

🎭 Tadbirda o‘quvchilar tomonidan koreys madaniyatiga oid milliy va zamonaviy raqs, koreys ertaklaridan hamda serial-filmlaridan sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

🤩 O‘quvchilar delegatsiya a’zolarini o‘zlarining qiziqarli shou-o‘yinga taklif etishdi. Shundan so‘ng o‘zlari tayyorlagan taomlaridan mehmon qilishdi.

💫 Mehmonlarimizda katta ta’surot uyg‘ondi, kelgusida Ibrat ijod maktabi bilan o‘zaro hamkorlik qilish istagini bildirishdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tozalik_ozodalik

"TOZALIK- YUKSAK MADANIYAT IFODASIDIR"

✍🏻Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida haftaning har juma kuni tozalik-ozodalik kuni deb e'lon qilingan.

🌱O‘quvchilarda o‘z ustida ishlash va mehnatsevarlik ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida “O‘zim bajara olaman” loyihasi doirasida yotoqxonada istiqomat qilayotgan xonalarini o‘zlari tomonidan yig‘ishtirib, tozalashlarini tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram