Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
645 subscribers
4.97K photos
502 videos
18 files
1.66K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Forwarded from Grantlar.uz
ClimateScience Olympiad 2024: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun onlayn olimpiada: mukofot jamgʻarmasi 15 000 dollar; gʻoliblar Bakuga bepul safar qiladi!

Olimpiada onlayn shaklda, 12 ta tilda (ingliz, rus, fransuz, nemis tillari ham bor) boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar quyidagi 3 kategoriya boʻyicha baholanadi:
– 16 yoshgach boʻlganlar.
– 17-19 yoshlilar.
– 20-25 yoshlilar.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 3000 dollar
– 2-oʻrin: 2500 dollar
– 3-oʻrin: 2000 dollar
– 4-5-oʻrinlarning har biri: 1500 dollar
– 6-10-oʻrinlarning har biri: 1000 dollar
– Final bosqichi ishtirokchilari mos ravishda oltin, kumush va bronza medali bilan taqdirlanadi.
– OLTIN, KUMUSH VA BRONZA MEDALLARI sohiblari Bakuda (Ozarbayjon) oʻtkaziladigan BMTning Iqlim sammitida qatnashadi
– Barcha ishtirokchilarga sertifikat beriladi

Ro'yxatdan o'tish uchun eng yaqin dedlayn: 2024-yil, 30-aprel

Batafsil👇
https://grantlar.uz/climatescience-olympiad/

Foydali

👉 Bu olimpiadaga qanday roʻyxatdan oʻtish haqida video

@grantlar
14-30 yoshlilar uchun mukofot jamg‘armasi 60 million so‘m boʻlgan ijodiy ishlar tanlovi

“Yoshlar ovozi” gazetasining 100 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan bu tanlovda quyidagi 4 yoʻnalish boʻyicha qatnashish mumkin:
– Eng yaxshi maqola
– Eng yaxshi fotohikoya
– Eng yaxshi video
– Eng faol bloger

Tanlovda Oʻzbekistondagi barcha 14-30 yoshli nomzorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar

Har bir yoʻnalish boʻyicha sovrindorlar quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: noutbuk
– 2-oʻrin: smartfon
– Rag‘batlantiruvchi o‘rin: smart televizor

Ishlar 2024-yil 20-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yoshlar-ovozi-gazetasining-100-yilligi/

@grantlar
#Ibrat_maktabi
#Jadidlar

“JADIDLAR”

📚 Jadidchilik madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritgan, taraqqiyot uchun kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni oʻrganish, fan yutuqlaridan foydalanish hamda ayollar va erkaklar tengligi uchun kurashishga chaqirishgan.

✍🏻 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Jadidlar” burchagi tashkil etildi. “Ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyat ustuvor masala” ekanligini maqsad qilib olingan ushbu jadidlar burchagi, direktorning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A. Mo‘minov g‘oyasi bilan san’at fani o‘qituvchisi B. G‘ofurov tomonidan tasviriy san’atning “Grafika” turi asosida chizildi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook |
#Ibrat_maktabi
#maqola

📝 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi ijodiy to‘garak rahbari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, jurnalist, shoir va publitsist Sodiq Sayhunni navbatdagi maqolasi nashrdan chiqdi.

✍️Namangan viloyati tibbiyot xodimlarining ijtimoiy-siyosiy "Shifokor va hayot" gazetasining 2024-yil 06-aprel № 7 (620)-sonida Namangan jadidlarining bayroqdori yoxud Ibratning ibrati sarlavhasi ostida “Ildiziga tortadi daraxt” nomli maqolalari chop etildi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook |
#Ibrat_maktabi
#Xon_atlas

✍️Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylangan.

Ushbu an’anaga ko‘ra joriy yil 8-14-aprel kunlari respublikamizning barcha hududlarida, mahallalarda, vazirlik, idoralar, tashkilotlar va maktablari qatori Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida ham “Xon atlas” haftaligi o‘tkazilmoqda. Festivalda maktabimiz o‘quvchi qizlari, ayol ustozlari hamda tarbiyachi pedagoglar maktabning xotin-qizlar raisi R. Vohidova boshchiligida xon atlas va adras liboslari kiyib milliy liboslarimizni keng yoritilishida o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

👉🏼Tadbirlarda faol ishtirok eting!
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook |