Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
637 subscribers
5.46K photos
524 videos
18 files
1.77K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

KECH KUZ

Kech kuzakda boqsam, dala-bog‘larga
Hayrat uyg‘otadi fasl jilosi.
Rangdoshga aylangan zar yaproqlarga
Olma-yu, nok, behi, hatto xurmosi.

Kunma - kun yuqotib issiq taftini
Quyosh ham yondirmas, yaltirar faqat.
Ko‘raman havoning sovuq aftini,
Osmonni qiladi bulutlar diqqat.

Ustu boshimizda qalinlar kiyim,
Shamollab qolmaslik kerakku inson.
Qushlar issiq istab ketishi tayin,
Ko‘klamgacha kutar hur O‘zbekiston.

Ko‘nglimiz ko‘tarar chumchuq, musicha,
“Chirq-chirq” va “ku-ku” lar yangrar qishda ham.
Go‘yo uqtirishar tinmay o‘zicha
-Vatan tuyg’usi bor, biling qushda ham!..


Mushtariybonu RAHIMJONOVA
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi.


___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

YOMG'IR

Osmonni nogahon qopladi bulut,
To‘xtamasdan yomg‘ir yog‘a boshladi.
O‘yladim Allohim berayapti qut,
Uni farishtalar yerga tashladi.

Yuragim dupurlab urdi shu zamon,
O‘yladim kamalak bo‘y cho‘zarmikan.
Olamni yog‘duga to‘ldirib shu on,
Barchaga quvonch-baxt ulasharmikan.


Odina RUSTAMJONOVA
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi.


___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodida

🏢 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'qituvchi va o‘quvchilarining ijodidan she’riy namunalar "Tamaddun" jurnalining 2024-yil oktabr № 5 (186)-sonida chop etildi.

🔰 Ijod shamchirog'i:

🔸 Roxila Voxidova,
🔸 Aliyorbek Tohirov,
🔸 Maftuna Mahmudjonova,
🔸 Mushtariybonu Rahmonjonova,
🔸 Kumush Mamadaliyeva.

O'quvchilarimizning ijod namunalari sahifasini ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Roxila Voxidova tayyorlagan.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook |
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

VATANIMNING TIMSOLI

Bayrog'imiz rang-barang,
Jiloga boy bir qarang.

To'q moviyu, oq, yashil
O'lkamning ramzi asil.

Yulduzlaru hamda oy
Ko'kka bag'ishlar chiroy.

Har rangida ma'no bor,
Tuyamiz zo'r iftixor.

Vatanimning timsoli
Go'yo yurak misoli.

O'zbegimning jonidir,
Faxru g'urur konidir.

Hurligimiz bildirar,
Yuksaklarda hilpirar!

Farzona ABDUSAMATOVA,
Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o'quvchisi

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Konstitutsiyam - faxrim

Azaldan hech qo'rqmas o'zbegim siri,
Ta'lim islohotning asl foydasi.
Insonlar e'tiborda qomusim sabab,
Kitobingda mujassam inson qasidasi.

Ijod maktablari-bilim onasi,
She'riyat gulshanining ul durdonasi.
Har viloyat, shaharning gul-u ravshani,
Haqiqiy jasur o'g'lon, qiz mardonasi.

Himoya mujassam qomusimizda,
Ta'lim ulug'langay marralar sari.
Barcha islohotlar xalqimiz hamda,
Biz uchun berilgan imkondir bari.

Zarlardan bezalgan qonunlar bilan,
Qomusimiz sabab xalq farovondir.
Vatan madhin har dam kuylagan dilda,
Hayotimiz ajib go'zal va farovondir.


Rahimjonova Husnida Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 11-"A"sinf o'quvchisi

___
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Konstitutsiya

Yangi O'zbekiston, sensan ona yurt,
Quchog'ingda mamnun yashaymiz har dam.
Yuragimda ilm ishqi, baxtim tòkis but,
Yuksak orzularga yetamiz shaxdam.

Konstitutsiyam-faxrli kitob,
Oltindek bebaho har bitta modda.
Istiqlol in'omi-misoli oftob,
Har sòzi ma'nodor, lònda va sodda.

Uchinchi renessans-maqsad manzili,
Berilgan yoshlarga cheksiz imkonlar.
Qomusimda huquq, burchlar jo-bajo,
Shundayin Vatanga fidodir jonlar.

Ana, chopqilaydi jajji bolajon,
Kulgulari tutar yer-u samoni.
Kònglimda betugal quvonch, hayajon.
Ushaladi xalqim orzu-armoni.

Yurtboshim har ishda oqil,rahnamo,
Yuksak ishonchlari bizga kuch-quvvat.
Olqish aytajakdur hali yer-samo,
Bu yurt olam kòzida uyģotar hayrat

Abdumalikova Shoira Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 11-"A"sinf o'quvchisi
___
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Mard o‘g‘lonlar


Vatanimiz posboni,
Mard va botir akalar.
Doim hushyor qalqoni,
Jasur qo‘rqmas akalar.

Yurtga g‘anim ko‘z tiksa,
To‘xtatmasdan qo‘ymaysiz,
Vatan uchun jon fido,
Qilishdan ham toymaysiz.

Sizda bor Temur qoni,
Manguberdi iymoni,
Vatanning qahramoni,
Yurtning chin sharaf-shoni.

Tashakkurim sizlarga,
Baxtimizga sog‘ bo‘ling,
Siz borsiz, Vatan tinchdir,
Doim e'zozda yuring!


Odina RUSTAMJONOVA
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Ustoz Navoiy


Shuhratiga dunyo bosh egdi bu kun,
Qalamin shavqidan gulladi jahon.
Mumtoz she’riyatiga qo‘ydi tamaddun,
Go‘zal satrlari yashaydi hamon.

Ruhimni chulg‘aydi ajib hissiyot,
Qaro ko‘zin tinglagan onda.
“Xamsa”ning har so‘zi dilda yod,
O'qishadi sevib jahonda.

“Hayrat ul - abror”da yangragan sado,
Har dam biz yoshlarga komillik tilar.
Endi bu so‘zlarga qo‘shilgan holda,
Navoiy bobomga o‘xshagim kelar.

Mahsuma MAHKAMBOYEVA
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Navoiyni unutish bizlar uchun yot


Soat millaridek tez o‘tar yillar,
Ko‘z ochib-yumguncha o‘tdi asrlar.
Navoiy navosi yashar barhayot,
Navoiyni unutish - bizlar uchun yot.

Uning har bir so‘zi durdona, hikmat,
Biz uchun me`rosi eng oliy himmat.
Qilibdi-ku rosa xalq uchun xizmat,
Navoiyni unutish - bizlar uchun yot.

Ko‘p zahmat chekkandi hayot yo‘lida,
„Xamsa“ni yozganda turkiy tilida.
Ezgulik bor edi uning dilida,
Navoiyni unutish - bizlar uchun yot.

Navoiy qalblarda har dam yashaydi,
Uning me`rosini yoshlar asraydi,
Bobomiz o‘gitin qalbda saqlaydi,
Navoiyni unutish - bizlar uchun yot.


Odina RUSTAMJONOVA
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

NAVOIY

Xitob so‘zga berilib rosa
Buyuk shoir deyishlik oson.
Daryo mavj ursa -yu, toshsa,
Ta'rifiga kim yetar shu on?!

Umr bo‘yi o’tsa-da yolg’iz,
Nolimadi, navoga do‘st u.
So‘zlariga joyladi mag‘iz,
O‘z davriga bo‘loldi ko’zgu.

“Besh asrki nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir she'r,
Amir Temur yetmagan joyni
Qalam bilan olgan Alisher”.

Navoiysiz dunyo dunyomas,
Bir kami ham yetar aslida.
Hech bir so‘zi yolg‘on, ro‘yomas,
Yashar xalqim ko‘ngil qasrida.


Ifora OLIMJONOVA
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

SHOH BOBUR

To‘ldi unda sabr-toqat,
Toj - taxtni yovlar oldi
O'z yurtida topmay rohat
Afg‘on tomon yo‘llar soldi.

Kelib-ketar ekan omad,
Bir kun kelib dushman do‘stdur.
Insonlarga bular odat,
Daryo kechar hayron Bobur.

Elda qolib ikki ko‘zi,
Xalqni o‘ylar hatto so‘zi.
Dili yonar, yonar o‘zi,
Armon bilan ketdi Bobur.

Ayro yurtdan, shoh va shoir,
Sahrosiga tashna shoir,
Bevatandir, podshoh shoir,
Sog‘inch bilan o‘tdi Bobur.

Axsi yurti armon endi.
Hindistoni darmon endi,
O‘zga bog‘ga bog‘bon endi,
G‘am-anduhda o‘tdi Bobur…


Ifora OLIMJONOVA
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

BAHOR

(Zulfiyaxonimga nazira)

“Shu kunlarda bahorga zorman,
Shaffof, yorqin kuy tilar ko‘nglim”.
Nafosatga tashna xushtorman,
Boychechagim, qaydasan, gulim?!

Sen elchisan, ko‘klam suyganim,
So‘ng yalpiz ham shoshilib unar.
Tuproqdayin qiziydi tanim,
Go‘yo quyosh ichimda tunar.

Bahorga kim bo‘lmas intizor,
Bahorga kim she’rlar bitmaydi.
Qalam mehrim etadi izhor
Sog‘inchlarim yiroq ketmaydi.

Ko‘z axtarar gul-u giyohni,
Ko‘ngil istar quvonch, hayajon
Kezgim kelar qir-adir, bog‘ni,
Kelaqol-ey, bahor, bahorjon!


Mohinur BAXTIYOROVA,
Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 8-“A” sinf o‘quvchisi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

AYOL MATONATI

(Zulfiyaxonimga)

So‘zlari quyoshdek nurlar sochadi,
Dillarga mehrning taftlari inar.
Ayolning yuragi dardin ochadi,
Tuyg‘ular tug‘yoni na to‘xtar, tinar.

Muhabbat, sadoqat, vafodan so‘zlar,
Misralar ko‘ngliga beradi taskin.
Yorining yo‘liga tikilgan ko‘zlar,
Umidin so‘ndirmay yashashga taxsin!

Ayollik sha’nini ko‘targan ko‘kka,
Matonat bobida beqiyos timsol.
Hayoti ibratga arzigay ko‘pga,
O‘zbekning onasi to‘lin oy misol.


Mashhura MO‘MINJONOVA,
Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 8-“A” sinf o‘quvchisi.


___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

BAHOR NAFASI

Qish so‘nggida bahor nafasi,
Quyosh tafti zaminga qaytar.
Tor keladi ko‘krak qafasi,
Yurak yayrab qo‘shiqlar aytar.

Daraxtlarda kurtak, g‘unchalar
Kiprik qoqib, go‘yoki kular.
Ariqlar ham xursand shunchalar,
Ko‘k maysadan o‘smalar qo‘yar.

Sadoqatli do‘stimiz bahor,
Ham daraxtu giyoh gullatar.
Qushlar yana boshlashib alyor,
Subhidamdan dilni yayratar.


Mushtariybonu RAHIMJONOVA,
Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod
maktabi 8-“A” sinf o‘quvchisi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Bahor kelganidan beradi darak

Ochilganda tog‘da qizil lolalar,
O‘ynashib terishar sho‘x - sho‘x bolalar,
Qiz-juvon kuylasa alyor-yallalar,
Bahor kelganidan beradi darak.

Qaldirg’och qaytganda izlab quyoshni,
Quvonchga to‘ldirar qari-yu yoshni,
Ahil qilsa agar ikki dindoshni,
Ko‘klam kelganidan beradi darak.

Qaynasa qozonda totli sumalak,
Aylansa atrofda o‘ttiz hur malak,
Osmonda ko‘rinsa serrang kamalak,
Bahor kelganidan beradi darak.

Teng kunda aylansa quyoshi, mohi,
Gullardan egilsa daraxtlar shoxi,
Ayolu qizlar kiysa atlas-u shohi,
Ko‘klam kelganidan beradi darak.


Odina Rustamjonova
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod
maktabining 10- sinf o‘quvchisi

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Moychechak

Navbahor to‘yida,
Ariqlar bo‘yida,
Go‘zallik o‘yida
Yashnaydi moychechak.

Quyoshday charaqlar,
Oltinday yaraqlar,
Entikar yuraklar,
Go‘yo u kelinchak.

Tanhodir jamolda,
Tebranar shamolda,
Shirin bir xayolda
Uchadi halinchak.

Bolalar yayrashar,
Dastalab boylashar,
Ko‘klamga yarashar
Chiroyga boy chechak.


Nozima Abdulboqiyeva
Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod
maktabi 8-“B” sinf o‘quvchisi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

KAPALAK VA XONQIZI HAQIDA SHE’RIY ERTAK

Maydoni keng moychechakzorda,
Yashar ekan moviy kapalak.
Qanotlari gulga o‘xsharkan,
Yurar ekan doim jonsarak.

Gaplasharkan gullari bilan,
Do‘stim bo‘lsa meni ham, - deya,
Avaylardim, mehr berardim,
Quvontirib, g‘amini yeya.

Quyosh chiqqan kunlardan biri,
Moychechakdan xabar kelibdi.
Gulzor ichra qip-qizil mehmon,
Yuguribdi, hamda yelibdi.

Eshitiboq bizning kapalak,
Mehmon bilan tanishmoq uchun.
Shundayin tez uchib kelibdi,
Qanotiga yig‘ib bor kuchin.

Bir gulchaning ustiga qo‘nib,
Xonqizi zir titrar emish.
bu kenglikda adashdim – deya,
O‘z ichini tinmasdan yermish.

Kapalakjon asta u tomon,
Yaqinlashib, holin so‘rabdi.
Sovuqqotgan xonqizioyni,
Atrofini gullar o‘rabdi.

Ikkovlari suhbat qurishib,
Dugonalar bo‘lib olibdi.
va shu kundan ularning uyi,
Moychechakzor bo‘lib qolibdi.


Shaxzoda ABDULLAEVA,
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod
maktabi 10 –“A” sinf o‘quvchisi


___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook