Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
642 subscribers
5.06K photos
506 videos
18 files
1.67K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Milliy_gvardiya
#Chavondozlar_maktabi
#Ibrat_maktabi

HAMKORLIK

🏫 08.10.2024-yil kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 10 va 11- sinf o‘quvchilari tarbiyachi-pedagoglar M. Holmirzayeva hamda Y. Asqarov Y.H.V.R.T bo‘yicha direktor o‘rinbosari H.Mamatov rahbarligida "Chavandozlar maktabi"da o‘quv amaliy mashg’ulotlarda bo‘lishdi.

🐎 Chavandozlik bo‘yicha mutaxassislar o‘quvchilarga tushuntirish ishlarini olib borishdi. O‘quvchilar chavondozlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi.

Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy sohaga oid bilimlarini amaliy bajarish orqali ko‘nikmalarini oshirib borish.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Milliy_gvardiya
#Ibrat_maktabi

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasining maxsus o‘quv mashg‘ulot klubida bo‘lishdi.

🪖 O‘quvchilarda vatanga bo‘lgan muhabbat, sodiqlik hamda harbiy sohalarga oid bilimlarini amaliy bajarish orqali ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida tashkil etilgan virtual mashg‘ulot xonalari bilan tanishishdi.

🥽 Tashkil etilgan maxsus o‘quv mashg‘ulotlar klubida Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘quvchilarga maxsus virtual o‘quv jihozlari haqida tushunchalar berildi hamda yoshlar virtual mashqlarni amalda bajarishdi.

🗓 Milliy gvardiya tashkil etgan bu kabi mashg‘ulotlar doimiy o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Milliy_gvardiya
#ochiq_eshiklar_kuni
#Ibrat_maktabi

👨‍✈️ 29.11.2024 yil kuni "Harbiy vatanparvarlik " doirasida Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi hamda hududiy maktab o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarda milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat xavfsizligini himoya qilish uchun masʼuliyat tuyg‘ularini yana-da mustahkamlash, jamiyatda o‘z o‘rinini topishlarida ko‘maklashishdan iborat.

🔰 Tadbirda o‘quvchilar tibbiyot dori darmonlari, xizmatchilar kiyimi, qurol aslahalar, harboy chavondozlar va harbiy texnikalar bilan tanishishdilar hamda kamondan otish bo‘yicha darslarda qatnashishdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram