Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
637 subscribers
5.48K photos
524 videos
18 files
1.77K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Navoiy_583_yilligi

NAVOIY VORISLARI

✍️ 9-fevral ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy hazratlari tavallud topgan kun

Shu munosabat bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida To'raqo'rg'on tuman 9-sonli “Bolalar musiqa va san’at” maktabi bilan hamkorlikda buyuk shoir tavalludining 583 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida shoir hayot yo‘li, ijodiy faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi, o‘quvchilar buyuk mutafakkirning g‘azallarini chet tillarida yod olib, ijro etdilar. Tadbir sahna ko'rinishlari, Navoiy g‘azallari kuyga solingan qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
#Ibrat_maktabi
#togaraklar

🧑‍🎨 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi "Veb-dizayn" to'garagi a'zosi Xasanboyeva Mumtozbegimning Alisher Navoiyning 583 yilligia bag'ishlab tayyorlagan ijodiy ishi.

✍️ Alisher Navoiy haqida qisqacha ma'lumot hamda uning g'azalidan tarjima.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi #madaniyat_maktabi
#Bobobur_541_yilligi #Hamkorlik

"NAZM VA NAVO"

✍️ 14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Namangan viloyati ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi bilan hamkorlikda shoh va shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

💫 Tadbir davomida shoir hayot yo‘li, ijodiy faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Madaniy-ma'rifiy tadbirda sahna ko‘rinishlari, Bobur g‘azallaridan kuy, qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida shoh va shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbiridan foto lavhalar.