Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
651 subscribers
4.92K photos
499 videos
18 files
1.65K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_Angliyada

Ta’limda yangi metodikalarni joriy etish, o‘qitish sifatini yangi bosqichga olib chiqishda maktabda samarali boshqaruvning yo‘lga qo’yilgani muhim, albatta.

⚡️ Shu maqsadda “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida bir guruh maktab direktorlarini Buyuk Britaniyaning Portsmut shahriga jo‘natdik.

🎗️Ushbu dastur davomida direktorlar ayni paytda Portsmut universitetida malakali trener-o’qituvchilarning kasbiy rivojlanish seminar-treninglarida ishtirok etishmoqda.

❗️Treninglarda maktablarda ta’lim muhitini yaxshilash, samarali boshqaruv va bunda o’qituvchilar hamda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash kabi mavzularda so‘z yuritilmoqda.

✔️2 hafta davom etadigan ushbu loyiha direktorlarimiz uchun o‘z kasblarida yangi marralarga erishishlarida ko’mak berishiga ishonaman.

E’tiborli jihati, dastur davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o‘tashadi va bu ular uchun o’ziga xos imkoniyatdir.

⚡️Shubhasiz, bunday loyihalar yurtimiz ta’lim tizimi rivoji uchun alohida ahamiyatga ega.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
#Quvnoq_startlar
#4_kun

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablari bir-birlari bilan yaqindan tanishish va bilim, tajriba almashish maqsadida “O'quvchi almashish dasturi” yo'lga qo'yilgan.

Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng Is'hoqxon Ibrat hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun "Quvnoq startlar" nomli sport musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada:
1-shart. Kim tezroq?
2-shart. Kim epchil?
3-shart. Kim kuchli?
4-shart. Kim egiluvchan?
5-shart. Arqon tortish shartlari bo'lib oʻtdi,
musobaqada do'stlik g'alaba qozondi.

Sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
#Uch_avlod_uchrashuvi
#Ibrat_maktabi

ADOLAT VA MA’NAVIYAT

✍️ O‘zbekiston Qahramonlari, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at fidoyilarining ibratli hayoti va faoliyati misolida o‘quvchilarni yuksak ideallarga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida 25-noyabr kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Uch avlod uchrashuvi” loyihasi doirasida sud sohasining peshqadam vakillari va yoshlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi raisi Ubaydulla Mingboyev, Namangan viloyati sudi raisi Alisher Usmonov, sud faxriylari, sudyalar va yoshlar vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda sud faxriylari bosib o‘tgan hayot yo‘llari, boy tajribalari haqida yoshlarga so‘zlab berdilar. Faoliyatlari davomida ro‘y bergan esda qolarli va ibratli voqyealarni yodga oldilar. Tadbir bugungi kunda sud idoralarida faoliyat olib borayotgan yoshlar va ertangi istiqbolini ayni sohada ko‘rishni istayotgan o‘quvchilarning savollari, fikr-mulohazalari bilan yanada qizg‘in o‘tdi.
#Ibrat_maktabi
#oʻquvchilar_ijodidan

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi "Veb-dizayn" to'garagi a'zolari Parizoda, Mumtozbegim va Mehribonlarning kuz (autumn) fasli fotorasmlardan lavhalar.
🍁 Quyidagi fotorasmlar Ibrat majmuasi atrofidagi kuz fasli.

#Photography_Contests » 🍁 🍁 🍁 🍁 🍁
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram