Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
653 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
“O‘zbegim”
(Erkin Vohidovga bag‘ishlov)

Necha ming yillar bo‘ldi, hech o‘zgarmas tarixing,
Istiqloling porlagay, doim ulug‘ tarixing.
Jaloliddin, Kubrolaring - sening buyuk sharafing,
Qalamimda yangragaysan o‘zbegim-jon, o‘zbegim!

Pahlavondek o‘g‘lonlaring, Nodiradek qizlaring,
Ming o‘n sakkiz yulduzni kashf etgan Ulug‘beging.
Alishering, Boburing-go‘zal qalamqoshlaring,
Vujudimda urgan qonim, o‘zbegim-jon, o‘zbegim!

Bayrog‘ing bor, gerbing bor, o‘z davlat madhiyang bor,
Shu mustaqil yurt uchun jon fido dilbanding bor.
Doim porlab turuvchi, boshingda humoying bor,
Butunjahon tan olgan diyor, o‘zbegim-jon, o‘zbegim!

Hadislari oltinga teng Imom Buxoriylar bor,
Shifo izlab, davo topgan ulug‘ Sinolaring bor.
Marv shahrida jangda yutgan Safaviylar bor,
Siymolaring tilda doston, o‘zbegim-jon, o‘zbegim!

Men ham sening dilbanding, qo‘liga qalam olgan,
Erkin Vohidovlardek qalblarga otash solgan.
Ulardek shaxs bo‘lishni, biz yuraklarga tuygan,
Kelajagi porloq yurt, o‘zbegim-jon, o‘zbegim!

Rahimjonova Husnida
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi
#Ibrat_maktabi
#Ibrat_instituti
#Hamkorlik

15-dekabr 2022-yil kuni Zoom onlayn platformasida orqali Ispaniya, Vetnam, Suriya Arab Respublikasi va O‘zbekiston o'quvchilari o'rtasida "Yangi yil tarixi" mavzusida telemost konferensiyasi bo'lib o'tdi.

Konferensiyada Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan chet tillari instituti 1-kurs talabalari hamda Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchilari bilan hamkorlikda bo'lib o'tdi. Konferensiya "Yangi yil tarixi" mavzusida Ispaniya, Vetnam, Suriya Arab Respublikasi O‘zbekiston davlatlari o'quvchilari o'rtasida o'zaro fikr mulohazalar yuritildi. Konferensiya davomida o'quvchilar o‘zlarining boy tarixlari, urf odatlari va an’analari yuzasidan suhbat olib bordilar.

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Nazm
#Ibrat_maktabi

Yana izlab
(Erkin Vohidov xotirasiga)

Yana ilhom izlab bordim Farg'ona,
Yanada ko'paydi sen uchun so'rov.
Asli anglamoqlik erur maqsadim,
Tag'in kelib ogoh etmasin birov.

Tarixim ichida ming asr pinhon,
O'zligim, o'zbegim, o'z so'zimizdir.
Balki pinhon ustoz ming yilliklarga,
"Kelajak maktub"iga eltuvchi izi.

Yana sendan so'rab bordim Farg'ona,
"Aql va yurak"ning asl egasin.
Jonajon shahri Toshkent, onajon shahar,
Sog'indi yulduzlar ichra sarasin.

Huvullab qolgandir eng shovqin Do'rmon,
Taftingizni tuyar har kirgan kishi.
Avlodlar xotiraga bitmoqda ash'or,
Xotira - muqaddas, bu - dunyo ishi.

"Yoshlik devoni"ni kezib bir zamon,
Ijod eshigiga qo'yib ilk qadam.
Izingizdan bormoq bo'lib shiorim,
Sizga she'r bitmoqqa shaylandi qalam.

Mana, ma'yus turar azim Farg'ona,
Lek ancha o'sgan-u anchayin gavjum.
Ijod-la bog'langan ko'chalari ham,
Har uydan nazmingiz kuy sochar mangu.

Bu yerga kelgandim bir elchi bo'lib,
Qo'limda ikki maktub, har biri maqtov.
Farzanding yuraklardan joy olgan ekan,
Biz uchun barhayot ERKIN VOHIDOV!

To'ychiyeva Gulyora
Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi.
#Yosh_kitobxon
#Ibrat_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Yosh kitobxon” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

📚 O‘quvchi yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusini amalda bajarish maqsadida 7-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovi tashkil etildi. Tanlov shartlari haqida maktab kutubxonachisi H. Rahmonjonova batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Tanlov quyidagi shartlar bo‘yicha o‘tkazildi:
1. Tezkor savol-javob sharti
2. Badiiy asarlar bilimdoni
3.Men sevgan adib
4.She’riyat

🥇G‘oliblikni qulga kiritgan sinf o‘quvchilariga maktabi direktori tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat_maktabi
#ijodiy_togaraklar

"CHEKSIZ HARAKAT" KUYI

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi "Musiqa" to‘garagi o‘quvchisi Abduqodirova Parizoda ijrosida etyud "Cheksiz harakat".

Kuy muallifi - Mexroj Muxtorov.
To'garak rahbari - Davronbek Qahhorov.

» 4K sifatda

—————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
Forwarded from Po'latov Muhriddin
Tasodif
Bir so‘roq bir dardli ko‘nglimda
Taqdirimga bitilganmisan?
Ko‘zga ko‘zlar tushib-tushmasdan
Hech ko‘rmasdan sevilganmisan...
Aslo qayta uyg‘ongim kelmas
Senla o‘tgan bari tushlardan
Asli seni menga yo‘latgan
Taqdir o‘zi, tasodif emas
So‘yla, meni ko‘rgansan qay on
Yoki rejang berdimikin ish?
Seni menga nasib etmagan
Kirib keldi yana o‘sha qish
Rasming qo‘lda, xayolim senda
Otash nigoh, misoli bir o‘q.
Bu yolg‘onchi foniy dunyoda
Sendan o‘zga suyanganim yo‘q.
Sezar ko‘nglim, sezadi qalbim,
Uchrashtirar bir kun tasodif
Yo‘q, azizim, buni Allohim
Taqdir etdi bizga munosib

Ifora Olimjonova
Is'hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 9-b sinf o‘quvchisi
#Tugaraklar_faoliyati
#Ibrat_maktabi

"STEAM - DEUTSCH"

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o‘quvchi-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda 29-noyabrdan 4-dekabrgacha Toshkentda bo‘lib o‘tgan CLILIG seminaridan olingan bilimlarni maktabda ommalashtirish maqsadida nemis tili va STEAM fanlari hamkorligida to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad STEAM ta’limi texnologiyasi tabiiy fanlar, texnologiya, tasviriy san’at, matematika fanlari asosida o‘quvchilarni o‘qitish metodikasini nemis tilida amaliy mashg‘ulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, fanlarning o‘zaro uyg‘un holda yozilgan o‘quv dasturlari bir-birini to‘ldirish va birgalikda o‘quvchida yaratuvchanlik layoqatini hosil qilish.


~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook