Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
666 subscribers
4.82K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
📣 Maqolangiz uchun bepul UDK raqamini qayerdan olish mumkin?

🌐 Quyidagi havola orqali o'z sohangiz bo'yicha bepul UDK raqamini olishingiz mumkin:👇
https://teacode.com/online/udc

📨 Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga ulashing!

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun Sizda qanday bahona bor?

Videodagi qahramonlar turli bahonalar izlamasdan, o'z oldilariga yuqori maqsad qo'yishgan hamda tinimsiz mehnat qilib, ilm olishdan to'xtamaslik natijasida IT sohasida muvaffaqiyatga erishmoqda, xalqaro va mahalliy musobaqalarda, startap-chellenjlarda, IT olimpiadalarda yuqori marralarni zabt etib o'z hayotlarini yaxshi tomonga o'zgartirishmoqda.

Qahramonlarimiz va ularning yutuqlarini ko'ring, havas qiling va harakatni boshlang:
1. Best Global M-Gov Award tanlovida o‘z startapmiz orqali 136000$ pul mukofotini qo‘lga kiritdik (Valisher Alisherov, Bazarov Mehrol, Temirov Azizullo)
2. mGovAward, StudentHack va boshqa xakatonlarda 100 million so‘mdan ortiq pul yutuqlarini qo‘lga kiritdim (Samandar Akromov)
3. “Tahrirchi” loyihasi asoschisiman, mGovAward loyihasida 50 000$ qo‘lga kiritdim va “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandim (Mamasaidov Muhammadsaid)
4. Men xakatonlar va IT musobaqalarda 200 million so‘mdan ortiq mablag’larni qo’lga kiritdim (Abubakr Abduvaxidov)
5. 20 ga yaqin yetakchi davlatlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro kiberxavfsizlik bo‘yicha tanlovda nufuzli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdim (Sarvar Bazarov)
6. Biz sovrin jamg’armasi 100 000$ bo‘lgan Xalqaro startap tanloviga o‘z loyihamizni olib chiqdik (Shakhzoda Mirzaeva, Ikhtiyor Sodiqov, Jahongirxo'ja Juraev)
7. Tridmo.com orqali 150 mingdan ortiq 3D modellar sotdim va 500 000 $ dan ortiq daromad qildim (Abdusattor Abdurahimov)
8. Frilansing orqali amalga oshirgan loyihalarim uchun har oy 2500$ gacha daromad topyapman (Saboxat Qalandarova)
9. IT hamjamiyatiga qo‘shgan hissam uchun “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandim. Toptalda top 3%ga kiruvchi dasturchiman (Shakirov SaidRavshan)
10. Frilansing orqali xalqaro platformalarda yiliga 100 000$ dan ortiq daromad topaman. 100 dan ortiq loyihalarni ishlab chiqqanman (Aziza Israilova)
11. Youtubeda strim orqali oyiga 10 ming dollar daromad topaman, 1 mln ga yaqin obunachilarim bor (Shoxruz)

🇺🇿 Videoni yoshlarga ulashing!
#oʻquv_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-treningga start berildi.

🗺Toshkent shahar Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining direktor va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etmoqda.

Tadbir avvalida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlar, oldimizda turgan muhim maqsad va vazifalar haqida so‘z yuritdi.

Kunning ikkinchi yarmi va ertaga ishtirokchilar uchun sho‘balarga bo‘lingan holda o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tadi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#oʻquv_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Kunning ikkinchi yarmidan boshlab trening ishtirokchilari shoʻbalarga boʻlingan holda oʻquv-treninglarda qatnashmoqda.

📝Mazkur shoʻbalarda mutaxassislar tomonidan:
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarda joriy etilgan baholash tizimi, BSB hamda ChSB tahlillari;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar faoliyatini samarali tashkil etish;
Oʻquv rejalari va tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish;
Elektron jurnal yuritilish;
Byudjet intizomi;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda xoʻjalik faoliyati;
Fuqaro murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi va pochtadan samarali foydalanish kabi mavzularda oʻquv-treninglari olib borilmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur oʻquv-trening ikki kun davom etadi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tabriklaymiz
#xushxabar

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova uzbekistanofficial.uz sayti rasmiy telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Eng namunali faoliyat yuritgan vazir” deb topildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#oʻquv_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-treningning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-treningda ko'plab rahbarlar qatorida maktabizimiz direktori Zafarbek Shovrikov ham erishilayotgan yutuqlar hamda takliflar bilan taqdimot qildi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram