Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
638 subscribers
5.46K photos
524 videos
18 files
1.77K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
⭕️⭕️⭕️⭕️

📌“KITOBXONLIK FESTIVALI” QORAQALPOG‘ISTONDA

➡️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, respublika bo‘ylab yil davomida har oyning yakunida viloyatlar ketma-ketligida tashkil etiladigan 2023-yilgi "Kitobxonlik festivali" ga start berilganligini e'lon qilgan edi.

⚡️Joriy yil hisobidan dastlabki festival Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib, festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlari tashkil etiladi va oʻtkaziladi:

“Eng kitobxon maktab”
“Eng  faol kitobxon oʻquvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”

🪩Ushbu “Kitobxonlik festivali” 1-aprelga qadar davom etib, “Kitobxonlik haftaligi”, “Kitob sovgʻa qil va maʼnaviyat ulash” kitob aksiyalari, viktorinalar, shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, konferensiyalar, maktab kutubxonachilari uchun oʻquv-seminarlar, kitob koʻrgazmasi va davra suhbatlari, sayillar, konsertlar,  sayrtomosha va boshqa tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

👋Barcha kitobxonlarni ushbu festivalga chorlab qolamiz!

😀Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar va festival ramzlari tushirilgan esdalik sovgʻalari topshiriladi.

➡️ Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 10, 2023
March 13, 2023
March 13, 2023
March 13, 2023
⭕️⭕️⭕️⭕️ 5️⃣5️⃣5️⃣

➡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi yosh avlodda Vatanga nisbatan muhabbat, uni asrab avaylash va Vatan oldidagi muqaddas burchini eslatib, ular qalbida shukronalik hissini kuchaytirish maqsadida “VATAN MANZUMASI” nomi ostida ko‘rik-tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi.

⚡️Mazkur tanlov 2023-yilning 20-martidan 26-martiga qadar Respublika bolalar kutubxonasining “Yosh kitobxon” telegram sahifasida umumiy o‘rta ta'lim maktabining ijodkor o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

⚡️Tanlov tartibi:
Ishtirokchilar o‘zlari yozgan Vatanni madh etuvchi so‘zlardan iborat she‘rlarini yoddan o‘qigan holda, davomiyligi 1daqiqadan, hajmi esa 10 mbdan oshmagan videorolik tayyorlab @rbk_admin1 va @rbk_admin2 manziliga yuborishlari kerak bo‘ladi.

Tanlovda qatnashish uchun Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasiga ulanish lozim.

🎉Ushbu ko‘rik-tanlovda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 16, 2023
March 16, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
March 17, 2023
Forwarded from Hilola Umarova
Maktabgacha va maktab ta’limiga oid soha yetakchisi sifatida ish boshlagan ilk kunimdan ta’lim fidoyilari — o‘qituvchilar va pedagog xodimlarning bugungi muammolari va tizimni yanada rivojlantirishga doir takliflari bilan qiziqdim. Va yuz minglab auditoriyaga ega bu ulkan jamoa bilan muloqot davrasini tashkil etish uchun “Vazirga murojaat” portalini ishlab chiqishni boshladik.

Maqsadimiz ezgu — mavjud muammolarni faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning o‘zlaridan kelib tushgan murojaat va takliflar orqali o‘rganib, keyingi faoliyat istiqbollarini belgilash.

Joriy yilning mart oyining ilk kunlarida ishga tushgan ushbu portalga (ilk 10 kunlik davomida) hozirga qadar 1200 dan ortiq murojaatlarni qabul qildik. Quvonarlisi, ushbu platformaga soha xodimlaridan tashqari yurtimizdagi har bir fuqaro — ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ta’limni rivojlantirishga doir o‘z takliflarini yuborishmoqda. Va bu murojaatlarning har biri chuqur tahlil qilinib, manzilli o‘rganilmoqda.

Dastlabki tahlillarimizni sizlar bilan bo‘lishsam:

Ayni vaqtda murojaatlarning soni bo‘yicha Toshkent shahri, Qashqadaryo hamda Toshkent viloyati yetakchilik qilmoqda. Murojaatlarning:

21 foizdan ortig‘i ta’lim tizimi bo‘yicha takliflar;
12 foizi ish haqi, ustamalar;
7 foizi malaka toifasi uchun attestatsiya hamda sertifikatsiyalash;
9 foizi maktablarning moddiy-texnik bazasi, infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq masalalardir.

Eng achinarli jihati, murojaatlarda hududlardagi rahbar kadrlar faoliyatiga doir norozilik, maktablardagi nosog‘lom muhit bilan bog‘liq masalalar ham talaygina.

Bilamizki, sohadagi eng ko‘p tanqidlar ta’lim muassasalaridagi nosog‘lom muhit bilan bog‘liq, shu bois vazirlikning birinchi galdagi vazifasi va maqsadi tizimidagi barcha ta’lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirishdan iboratdir.

Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, bola xavfsiz va sog‘lom muhitdagina sifatli ta’lim ololadi. Bu muhitni yaratish esa zamonaviy rahbar va malakali o‘qituvchilar qo‘lida. Shunday ekan, yangi vazirlik tizimidagi ta’lim tashkilotlariga zamonga moslasha oladigan, sohada innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy kadrlarni tayinlash bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Shu o‘rinda maktablar infratuzilmasiga oid ko‘pgina so‘rovlarga ham javob berib o‘tsam. 2023-yilda yurtimizda:

57 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
24 ta maktab;
6 ta ixtisoslashtirilgan maktab binolari yangidan quriladi.

111 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
206 ta umumta’lim maktablari
3 ta ixtisoslashtirilgan maktablar rekonstruksiya qilinadi.

2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
9 ta maktabning bino va inshootlari mukammal ta’mirlanadi.

Bu faqat aniq rejalarimiz. Ammo yil davomida bog‘chalardagi tarbiyalanuvchi va maktablardagi o‘quvchi o‘rinlarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish ustida ishlar davom etmoqda.

“Vazirga murojaat” portaliga kelib tushayotgan taklif va murojaatlar bizni quvontirmoqda. Buning uchun ustozlarimiz, ota-onalarimiz va faol jamoatchilik vakillariga ta’lim sifatini yanada oshirishga doir kuyunchaklik bilan bildirayotgan takliflari uchun minnatdorlik bildiramiz va ularni albatta inobatga olishimizni aytib o‘tishni istardim.

Shuningdek mazkur portalga kelib tushayotgan eng aktual savollarga vazirligimiz tomonidan javoblar tayyorlanib, videobayonot tarzida berib borilishi yo‘lga qo‘yilganini ham aytib o‘tmoqchi edim.

Portalga murojaatlar qabuli davom etadi, ushbu manzil orqali o‘z takliflaringizni yuborishingiz mumkin.
March 17, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
March 17, 2023
March 17, 2023