Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
637 subscribers
5.21K photos
507 videos
18 files
1.7K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Saflanish
#Bobur_542_yoshda

🗓 2025-yil 12-fevral: Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida tongi saflanish maktab jamoasi va o‘quvchilarini Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib kuylash bilan boshlandi.

✍🏻Tongi saflanish davomida 8- "A" sinf o‘quvchilari tomonidan oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda va boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning ijodidagi g‘azallar, ruboiylar hamda hayoti yuzasidan ma’lumotlar aytishdi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

SHOH BOBUR

To‘ldi unda sabr-toqat,
Toj - taxtni yovlar oldi
O'z yurtida topmay rohat
Afg‘on tomon yo‘llar soldi.

Kelib-ketar ekan omad,
Bir kun kelib dushman do‘stdur.
Insonlarga bular odat,
Daryo kechar hayron Bobur.

Elda qolib ikki ko‘zi,
Xalqni o‘ylar hatto so‘zi.
Dili yonar, yonar o‘zi,
Armon bilan ketdi Bobur.

Ayro yurtdan, shoh va shoir,
Sahrosiga tashna shoir,
Bevatandir, podshoh shoir,
Sog‘inch bilan o‘tdi Bobur.

Axsi yurti armon endi.
Hindistoni darmon endi,
O‘zga bog‘ga bog‘bon endi,
G‘am-anduhda o‘tdi Bobur…


Ifora OLIMJONOVA
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#tugaraklar

"Aktyorlik mahorati" to'garagi a'zolari agentlik tizimidagi maktablar o'rtasidagi "Teatr ibratxonadir" shiori ostidagi tanlovga tayyorgarlik mashg'ulotlari.

Fotolavhalarda to'garak a'zolari "Usmon Nosir" spektaklidan parcha senariysi bilan tanishishdi. Bunda har bir aktyor senariy bilan to'liq tanishib chiqadi. To'garak rahbari obrazga kirishishni, ya'ni: ton, mimika, emotsiya va hatti-harakarlarni belgilab beradi.
____
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Bobur_542_yilligi

"NAZM VA NAVO"

✍️ 14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

🏢Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida shoh va shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

💫 Tadbirda oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda va boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning ijodidagi g‘azallar, ruboiylar hamda hayoti yuzasidan ma’lumotlar aytildi. Tadbir davomida sahna ko‘rinishlari, qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram