Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
644 subscribers
5.17K photos
506 videos
18 files
1.69K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#sinov

🏢  Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari  agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida bitiriuvchi sinf o'quvchilaridan mahalliy OTM kirish imtixonlariga  tayyorgarliklarini diagnostika qilish maqsadida test sinovlaridan o'tkazildi.

  Test sinovlari natijalariga ko'ra o'quvchilarga yo'nalishlar va maslahatlar berildi.
___
Telegram | YoutubeFacebook | Instagram
#Tavsiya

      Kelajak ijodkorlari hozirgi zamon ijodkorlari bilan tanishib borish maqsadida yangi loyihani amalga oshiramiz!

     Bu loyihada har seshanba kuni bir ustoz ijodkor she'rlari yoki hikoyalaridan parchalarni yosh ijodkorlarga taqdim etishdan iborat bo'ladi!

     Bu galgi ilk sizlarga taqdim etadigan iste'dodli ijodkorimiz shoir Nosirjon Jo'rayevdir!

    Uning she'rlaridan parcha taqdim etmaymiz! Uning she'riy o'zaniga kirib qalbidan toshib chiqqan she'riy
parchalarini o'zingiz o'qishingiz mumkin!

KANALGA KIRISH
#Ibrat_maktabi
#Saflanish
#Yashil_makon


🗓 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 29.01.2025-yil kungi tongi saflanish maktab jamoasi va o‘quvchilarni Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib kuylash bilan boshlandi.

🌿 Saflanish davomida 10-sinf o‘quvchisi Usmonova O‘g‘iloy tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Ekologiya" mavzusida tayyorlagan taqdimoti ko‘rib chiqildi. Unda bugungi kunda ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sog‘lig‘iga zararli ta’sirini oldini olish, sanitariya va ekologik holat sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha taqdimotda ko‘rsatib o‘tdi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Spektakl

Teatr va spektakllar namoyishi o‘z tomoshabinlarida muayyan ijtimoiy-madaniy, axloqiy, siyosiy-mafkuraviy tuyg‘ularni va fikrlarni rivojlantirishga xizmat qiladi

🍂 31.01.2025-yil kuni Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 7, 8 - sinf o‘quvchilari 9-son “Bolalar musiqa va sanʼat maktabi”da Namangan viloyati Qo‘g‘irchoq teatri aktyorlari tomonidan ijro etilgan “Ona tabiat va janob metall” spektaklini tomosha qilishdi. Dramaturg Nurillo Abbos asari asosida rejissyor Akmal To‘rayev tomonidan sahnalashtirilgan mazkur asarda ona tabiatni asrash g‘oyasi ilgari surilgan.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram