Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
645 subscribers
4.97K photos
502 videos
18 files
1.66K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Assalomu alaykum!
Sizlar bilan yana bir xushxabarni boʻlishmoqchiman!


Bugun Abu-Dabida boʻlib oʻtgan “Zayed Sustainability Prize” tanlovining taqdirlash marosimida Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Paxlavon Gʻulomov hamda 9-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashrapov “Global High schools” (global maktablar) yoʻnalishida yomgʻir suvini qayta ishlab iste’mol uchun yaroqli holga keltirish loyihasi bilan qatnashib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchilarimizga mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi. Taqdirlash marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va oʻquvchilarimizni gʻalaba bilan qizgʻin tabrikladi.

Oʻquvchilarimiz tomonidan ilgari surilgan loyihada ichimlik suvi tanqisligi mavjud tuman va qishloqlardagi foydalanilmayotgan yer maydonlarida katta miqdorda yomgʻir suvini toʻplash uchun yopiq hovuz (sisterna) va filtrlovchi uskunalar yordamida suvni qayta ishlab ichimlik va kundalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish nazarda tutilgan.

Yildan yilga ichimlik suvi taqchillashib borayotgan bugungi kunda ayni shu kabi loyihalar juda ham ahamiyatli va dolzarb ekanligi xorijiy ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

2024-yilda 156 ta davlatdan ariza topshirgan 6 mingga yaqin ishtirokchilarning loyihalari orasidan finalda ishtirok etuvchi 33 ta loyiha tanlab olingan. Ular orasida Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilarining gʻolib boʻlgani quvonarli hol, albatta.

Endilikda oʻquvchilarimizning ushbu global miqyosdagi loyihalarini moliyalashtirish uchun tashkilotchilar tomonidan 150 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi hamda ushbu gʻoya hayotga tatbiq etiladi.

Ularning ushbu natijalari ortida tinimsiz oʻqish va izlanish yotibdi. Ilm yoʻlida tunni kunga, kunni tunga ulagan har bir oʻquvchi kun kelib yuksak marralarni zabt etishi shubhasiz.

Aziz yoshlar, ilm oʻrganishdan aslo charchamang. Bugun oʻrganayotgan bilimlaringiz, egallayotgan koʻnikmalaringiz ertaga Yangi Oʻzbekiston nomini yanada koʻklarga koʻtaradi!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori
#Ibrat_maktabi
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

HARBIY VATANPARVARLIK OYLIGI

📌 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan turkum tadbirlar, uchrashuvlar, sport musobaqalari o'tkazilishi belgilangan.

14.01.2025-yil kuni tarbiyachi-pedagog M. Po‘latov boshchiligida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, yoshlarda vatanparvarlik va millatparvarlik g‘oyalarini shakllantirish, ongi va tafakkuriga Vatan himoyasi muqaddas burch ekanini singdirish hamda ularni milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otish maqsadida 9- sinf o‘quvchilar bilan "O‘zbek qizi" nomli milliy film tomosha qilindi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram