Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#ishchi_guruh
#Fargʻona
AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Fargʻona viloyatida boʻlib, tizimdagi maktablar faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.
Xususan, ishchi guruh tomonidan Oʻzbekiston, Beshariq va Furqat tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida oʻquvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, oʻquv binolari va yotoqxonalarni isitish holati oʻrganildi.
Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarida darsdan keyin tashkil etilgan fan, xorijiy tillar, shaxmat toʻgaraklari faoliyati, ularda oʻquvchilar qamrovi ham alohida oʻrganildi.
Shuningdek, bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.
Oʻrganishlar doirasida Agentlik direktorining oʻquvchilar va oʻqituvchilar bilan muloqoti tashkil etildi. Unda A.Ubbiyev Agentlik tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sharoitlarini yangi bosqichga olib chiqish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.
Qolaversa, muloqotlarda Agentlik direktori yoshlarning kelgusidagi maqsad va orzulari bilan qiziqib, tanlagan sohasi boʻyicha yetuk mutaxassis boʻlish uchun avvalo oʻquvchilikdanoq puxta bilim olish, xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini mukammal oʻzlashtirish lozimligini taʼkidladi.
Maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim muassasalarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tanqidiy tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Agentlik direktori masʼullarga ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, intellektual va sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Ibrat_maktabi
#Mahorat_darsi
📚17-dekabr kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga onlayn "Mahorat darsi" bo‘lib o‘tdi.
✍️ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan mahorat darsini shoir, yozuvchi, dramaturg, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Qo‘chqor Norqobil tomonidan olib borildi.
📘 “Madaniyatlararo tushunchalar va dunyoqarash” mavzusida olib borilgan mahorat darsida shoir va publitsist Sodiq Sayhun, 8-10-sinf hamda ijodkor o'quvchilar qatnashdilar.
📖 Madaniyat inson faoliyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmui, adabiyot, badiiy tasvir, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon bo'lishi, madaniyatimizni buyuk allomalarimiz turmush tarzi yetuklik shakli sifatida talqin qilgani, madaniyat nafaqat san’at, festivallar, an’anaviy taomlar yoki adabiyot kabi intellektual hodisalar, balki aholi, odamlar hamda shaxsning kundalik turmush tarzini anglatishi, u oilaviy va ijtimoiy hayotni tasvirlashi haqida suhbatlashildi.
👉Telegram

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi