Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
642 subscribers
5.05K photos
506 videos
18 files
1.67K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Õquvchi_almashish_dasturi
#Davra_suhbati

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📌O'quvchilarning siyosiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida ijod maktabi va Ibrat ijod maktabining 9-sinf o'quvchilari davrasida birinchi toifali Huquq fani o'qituvchisi Qahramon Mamayev bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag'ishlangan"Konstitutsiyani o'rganamiz "mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi.

Davra suhbati davomida inson huquq va erkinliklariga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni ifoda etuvchi moddalar tahlil qilindi.

📚Qomusimizning inson, uning hayoti,erkinligi,sha'ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni ochiq va adolatli jamiyatni barpo etishda o'rni katta ekanligini o'quvchilar anglab yetishdi.

⚡️Suhbat turli savol va munozaralarga boy bo'ldi.

Bunday mushg'ulotlar õquvchilarning huquqiy bilimlarini mustahkamlaydi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram| Instagram|
Facebook| You Tube|
#Ibrat_maktabi
#maqola

📝Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Muyassar Boqixonovaning maqolasi nashrdan chiqdi.

✍️O‘zbek mumtoz adabiyotini o‘rganishning nazariy va manbaviy asoslari mavzuidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari” jurnalining 2024-yil 30-oktabrdagi II-sonida “Asiriddin Axsikatiyning hayoti va ijodini o‘rgatish usullari” nomli maqolasi chop etildi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook |
#mening_birinch_kitobim
#taqdimot
#ijod_maktablari

IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARINING ILK KITOBLARI TAQDIMOTI OʻTKAZILDI

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari oʻquvchilarining "Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida chop etilgan birinchi kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Azamat Kamolov, Agentlikning mas’ul xodimlari, ijodkor o‘quvchilar, shoir-yozuvchilar, ota-onalar va talabalar ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 1-apreldagi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida ijod maktablari o‘quvchilarining ijodiy ishlarini doimiy chop etish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilab berilgan.

Mazkur hujjat ijrosi doirasida ijod maktablari o‘quvchilari Nigina Rustamboyevaning "Baxt gullari", Gulsevar Umrzoqovaning “Yomg‘ir”, Zulhayo Mingboyevaning "Istak", Nurdana Biysenbayevaning "Qo‘shiq ham gurrinler", Rohila Ro‘zimannopovaning "Barglar nidosi", Mohira Diniqulovaning "Yurakka maktub", Marjona Eshqulovaning "Iftixor", Odina Rustamjonovaning “Orzularim”, Muxlisaxon Haydarovaning "Moviy orzular" nomli kitoblari chop etildi.

Tadbirda mualliflarga birinchi kitoblari va qalam haqqi topshirildi. Xonandalar va ijod maktabi o‘quvchilarining badiiy chiqishlari namoyish qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube