Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
638 subscribers
5.45K photos
524 videos
18 files
1.77K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Zakovat
#5tashabbus

🗓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 14.11.2024-yil kuni o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Zakovat" intellektual o‘yinining kuzgi mavsum o‘yining navbatdagi 8-turi bo‘lib o‘tdi.

🏆 Intellektual o‘yinda maktab o‘quvchilaridan iborat 12 ta jamoa ishtirok etdilar.
2 tur 24 savollardan natijalarga ko'ra:

🥇 "Ibrat" terma jamoasi — 17 ochko bilan 1-o'rin;

🥈 "911" — 16 ochko bilan 2-o'rin;

🥉 "Kartel", "Aura", "S35", "Navbahor" jamoarli — 12 ochko bilan 3-o'rin bilan yakunlandi.

👋 "Zakovat" intellektual o'yinlari mavsumiy hamda navbatdan tashqari tashkiliy o'tkazilishi rejalashtirilgan Jamoalarga omad tilaymiz!
___

Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#oʻquv_seminar

⚡️LABORATORIYA JIHOZLARIDAN FOYDALANISH BOʻYICHA OʻQUV-SEMINAR

🤩Agentlik tizimidagi maktablarning fizika, kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilari uchun laboratoriya jihozlaridan foydalanish boʻyicha oʻquv-seminar oʻtkazilmoqda.

Mazkur seminar Agentlikning masʼul xodimlari, Fan kengashi aʼzolari tomonidan ZOOM platformasi orqali onlayn tashkil etilib, mavzular tizimdagi barcha maktablarning fizika, kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra tanlab olingan.

Oʻquv-seminar davomida ishtirokchilarning laboratoriya jihozlaridan toʻgʻri foydalanish malakalari oshirilmoqda. Murakkab mavzularda amaliy darslar bilan o‘qituvchilarga metodik yordam berilib, Agentlikning Fan kengashi aʼzolari tomonidan yoʻlga qoʻyilgan videodarslar orqali o‘qituvchilarning laboratoriya ishlarini bajarish koʻnikmalari mustahkamlanmoqda.

Oʻquv seminari 15-noyabrga qadar barcha hududlar kesimida olib boriladi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlikning Fan kengashi aʼzolari tomonidan yoʻlga qoʻyilgan loyiha doirasida fizika, kimyo va biologiya fanlaridan laboratoriya ishlarini bajarish boʻyicha videodarslar tayyorlanib, respublikadagi barcha oʻquvchi va oʻqituvchilar foydalanishlari uchun Youtube platformasiga joylab borilmoqda.

Videodarslarni quyidagi havolalar orqali kuzatib borish mumkin:

Fizika fan kengashi YouTube kanali;
Kimyo fan kengashi YouTube kanali;
Biologiya fan kengashi YouTube kanali.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari_tajribasi
#Kembrij_oʻquv_dasturi

⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Prezident maktablari tajribasi asosida tashkil etilgan o‘zbek va qoraqalpoq tilidagi 5-sinflarga kirish imtihonlari o‘tkazildi.

Kirish imtihonlari bugun, 14-noyabr kuni Nukus shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida bo‘lib o‘tdi. Imtihon jarayonlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilib, bir bosqichda, matematika va ingliz tili fanlaridan 30 tadan jami 60 ta topshiriqlarni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt berildi.

Qabul jarayonida jami 315 nafar o‘quvchi hujjat topshirgan bo‘lib, ulardan 96 nafari o‘zbek sinfiga, 219 nafari qoraqalpoq sinfiga to‘g‘ri keldi. Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan 20 nafar o‘quvchi o‘zbek sinfiga, yana 20 nafar o‘quvchi esa qoraqalpoq sinfiga qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, tashkil etilayotgan ushbu sinflarda Kembrij dasturi asosida o‘qitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Mazkur sinflarga muntazam ravishda Nukus shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan metodik yordam koʻrsatib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube