Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
639 subscribers
4.99K photos
504 videos
18 files
1.66K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
⭕️⭕️⭕️

❄️ Qishki ta'til uzaytirildi! 🥶 Ammo sovuq kunlar hali oldinda. 🌨️ Shuning uchun uyda qoling va zamonaviy kasblarni mutlaqo bepul o'rganing. 👨‍💻

📢 Qanday deysizmi

💻 Maktab.uz platformasida:
- dasturlash;
- grafik dizayn;
- robototexnika;
- video va foto tahrirlash;
- samarali muloqot;
- yetakchilik
singari zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘rganish imkoniyati mavjud.

️ Maktab.uz platformasidagi videodarslarni o‘zingizga qulay vaqt va sharoitda tomosha qilishingiz mumkin. 🤩

Maktab.uz:
🍏 App Store | 🛒Google Play

Izoh*
Beeline Uzbekistan - aloqa operatori barcha abonentlari maktab.uz platformasidan trafik sarfisiz foydalanishi mumkin.
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

QISHKI TA'TIL DAVRIDA ONLAYN SPORT TANLOVIDA ISHTIROK ETING VA QIMMATBAHO SOVRINLARNI QO‘LGA KIRITING!

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan “Biz sportchilar oilasimiz” shiori ostida o‘quvchilar uchun onlayn sport tanlovini e’lon qiladi!

🔰I. SHARTLARI QANDAY

👨‍💻➡️ BU JUDA ODDIY

1️⃣ Bunda maktab o‘quvchilari o‘z oila a'zolari bilan ishtirok etishlari lozim. O‘quvchilar o‘z uyida umum rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish orqali sportning insonga foydali tomonlarini ochib berishlari kerak bo‘ladi.

2️⃣ Ishtirokchilar tanlov davomida ko’rsatilayotgan mashqlar takrorlanmasligi hamda ko’rsatayotgan mashqlari aniq va sifatli bajarilishi, mashqlarni ketma-ketlik asosida bajarishlari talab etiladi.

3️⃣ Ishtirokchilar onlayn tanlov jarayonini 3 daqiqadan oshmagan holda video tasvirga olib, 2023-yil 9-17-yanvargacha @t.iss.one/yoshlikmk telegram kanaliga a’zo bo’lib, uning admini @Yoshlik_mk telegram manziliga yuborishlari zarur. 😀

😀II. G‘OLIBLARNI ANIQLASH TARTIBI QANDAY

Tanlov natijalari quydagicha aniqlanadi, eng sifatli, shartlarni aniq va to‘g’ri bajargan holda yuborilgan video roliklar saralanib 2023-yil 17-yanvar kunidan boshlab @t.iss.one/yoshlikmk telegram kanaliga joylashtiriladi hamda 2023-yil 20-yanvar kuni Markaziy kengash tomonidan g’oliblar aniqlanadi va telegram kanalda e'lon qilinadi.

🎁III. G‘OLIBLAR QANDAY MUKOFOTLANADI

🥇🖥1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga TELEVIZOR topshiriladi.

🥈🚲2-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga sport VELOSIPED topshiriladi.

🥉🚲3-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga VELOSIPED topshriladi.

Quydagilar talab etiladi.
1️⃣ O‘quvchining F.I.O
2️⃣ Yashash manzili, ta’lim olayotgan maktab haqida ma'lumot.

😀Quyidagilar taqiqlanadi.
1️⃣ Tanlovga mos bo‘lmagan videoroliklar.
2️⃣ Bitta videorolikni takroran yuborish.
3️⃣ Belgilangan vaqtdan oshmasligi.

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

🕊Telegram | 📱Instagram |📱Facebook | 📺Youtube
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
🌟 Ta'til kunlari uzaytirilganligi munosabati bilan onlayn olimpiadalar davom etadi.

❄️
Ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari uzaytirilganligi munosabati bilan ta'til kunlaridan unumli foydalanishlari va o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishlari uchun onlayn olimpiadalar davom etadi.

💠 Ro‘yxatdan o‘tmagan ishtirokchilar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin!
👉 https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn

🧊 Onlayn olimpiadalar 2023-yil 15-yanvar soat 24:00 ga qadar davom etadi.

⚠️ Ishtirokchilar o‘z natijalari hamda sertifikatlarini 17-yanvar kuni tizimdan ko‘rib yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

❗️Olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
🔊⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️🔊

#Koʻrik_tanlov
#Robo_kids

🎉O'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi #Robo_kids online koʻrik-tanlovini e’lon qiladi.

Koʻrik-tanlovda ishtirokchilar nizomda keltirilgan shartlar bo'yicha ijodiy ishlarini 10-yanvar kunidan boshlab, 18-yanvar kuniga qadar @RBABM_Tanlovbot telegram botiga yuborishlari lozim.

Nizom bilan tanishish👈

Ko‘rik-tanlov yo‘nalishlari
❗️

🤖 Robototexnika;
🖥 Yosh dasturchi.

Ko‘rik-tanlovda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan respublikamizning barcha o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishlari mumkin.

❗️O‘quvchi-yoshlar ko‘rik-tanlovning faqat bitta yo‘nalishi bo‘yicha qatnashish huqiqiga ega.

✔️Koʻrik-tanlovdan asosiy maqsad, oʻquvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ma’naviy rag‘batlantirishdan iborat.

🔊Barchani koʻrik-tanlovda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati
#ibratli_sozlar

Haqiqiy ta'lim odamni odamiylikka tayyorlashdir.

N.I.Pirogov


* * *

Assalomu alaykum!
Bugun, 10-yanvar, 2023-yil,
seshanba — kuningiz fayzli oʻtsin!
*
#RaqamliAvlod
#IT_2023_oromgoh

💻 RAQAMLI AVLOD - 2023 IT oromgoh
Eʼ T I R O F

Xabaringiz bor - Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabida IT sohasi qiziquvchilari uchun 5 kunlik — "Raqamli avlod IT 2023" IT oromgohida Is`hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabimiz iqtidorli o‘quvchilari ham ishtirok etayotganlarini ta'kidlagan edik.

O‘quvchilarimiz mentorlar tomonidan yangi bilim-ko'nikmalarga ega bo‘lib kasbiy ta'limga yo'nalish olishdi.

🏆 Ushbu bilimlarga asoslanib:
✍️ "Digital Design" yo‘nalishida 👩‍💻 G.Abdurazzoqova ("Yangi O'zbekiston koinotda"), 👩‍💻 I.Sulaymonova ("Bilimdon bola" grafik kompozitsiyasilari) va 🎥 "Media" yo‘nalishida 👨‍💻 Vahobjonov Ismoiljonlar ("Yosh fotograf IT otomgohda" video roligi) o'z ijodiy ishlari bilan tan olinib Oromgohning ENG FAOL ishtirokchilari sifatida taqdirlandilar.

💫 Ishitirokchilarni tabriklagan holda kelgusida kasbiy mahoratlarini oshirishda yangi zafarlar tilaymiz!

Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
#pedagogik_kengash
#Ibrat_maktabi

09.01.2023-yil kuni Is`hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida navbatdagi 3-sonli pedagogik kengash bo‘lib o‘tdi.

Pedagogik kengashda Prezidentimiz 2022 yil 20-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi va xalqiga murojaatnomasida belgilab berilgan masalalar va ta’limga qaratilgan islohotlar. 2-chorak yakuni va o‘tkazilgan CHSB natijalari tahlili hamda I yarim yillikda amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hisoboti. I-yarim yillik sarhisobi, Agentlik tomonidan 2022-2023-o‘quv yilida belgilab berilgan maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilishining tahlili va 3-chorakda bajariladigan istiqbolli rejalar hamda IB maktabi dasturi bo‘yicha amalga oshiriladigan maqsad va vazifalari ko‘rib chiqildi.

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OAV | Fakt 24 | IT-oromgoh: O‘quvchilar uchun 5 ta yo‘nalishda bepul saboqlar

#10jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#kun_hikmati
#ibratli_sozlar

Raiyat ahvolidan ogoh bo‘ldim, ulug‘larini og‘a qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rdim.

Amir Temur

* * *

Assalomu alaykum!
Bugun, 11-yanvar, 2023-yil,
chorshanba — kuningiz barokatli boʻlsin!

*

Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#Uquvchilar_ijodidan
#Ibrat_maktabi

QOR

Uzoq, olis cho‘qqining
Libosidir oppoq qor,
Go‘yo bargsiz har shoxning
Ibosidir oppoq qor...

Yog‘ayotgan bu qorga
Shaydodirman, qolib lol
Tangrimning tuhfasiga
Hatto oshno oy hilol

Chana tortgan bolaning
Ust-boshida pag‘a qor,
Tog‘dan kelgan nolaning
Har madhida kezar qor

Kumush qish tarovati
Yashar qor zarrasida
O‘lkam eng latofatli
Asli qish pallasida!

Ifora Olimjonova Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-B sinf o‘quvchisi

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook