Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
650 subscribers
4.92K photos
499 videos
18 files
1.65K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#seminar_trening
#ijod_maktablari

NATIJAGA ASOSLANGAN YONDASHUV: TAHLIL VA TAVSIYALAR

Joriy yilning 28-30-oktyabr kunlari Agentlik tizimidagi ijod maktablarida ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili va matematika fanlaridan ChSB sinovlari oʻtkazilgan edi.

ChSB sinovlari natijalarini tahlil qilish hamda metodik tavsiyalar berish maqsadida Agentlik tomonidan ijod maktablari pedagogik jamoalari ishtirokida "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-trening oʻtkazilmoqda.

Seminarda trener sifatida oʻquvchilari yuqori natija koʻrsatgan fan oʻqituvchilari biriktirilgan boʻlib, Agentlik masʼul xodimlari tomonidan ZOOM platformasi orqali olib borilmoqda.

Onlayn seminar-trening joriy yilning 9-noyabriga qadar davom etadi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi ijod maktablari 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari boʻyicha kuchli oʻntalikdan joy olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣 Tarixiy yutuq: xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda 80 ta medal

🔹 Oʻquvchilarimizning joriy yilda xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda, jumladan:

Tailandning Bangkok shahrida oʻtkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 5 ta (3 ta kumush va 2 ta bronza);

Qozogʻistonning Olmaota shahrida oʻtkazilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 14 ta (2 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza);

Rossiyaning Adigeya shahrida oʻtkazilgan 9-Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 4 ta (1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza);

Xitoyning Shenjen shahrida oʻtkazilgan 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 5 ta (1 ta kumush va 4 ta bronza);

Bolgariyaning Varna shahrida oʻtkazilgan 41-Bolqon Matematika olimpiadasida 5 ta (2 ta kumush va 3 ta bronza);

Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkazilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi (APIO)da 1 ta bronza;

Braziliyada oʻtkazilgan (onlayn) Osiyo-Tinch okeani mintaqasi matematika olimpiadasi (APMO)da 7 ta bronza;

Buxoro shahrida oʻtkazilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasida 12 ta (3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza);

Turkiyaning Antaliya shahrida oʻtkazilgan 28-Oʻsmirlar oʻrtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi (JBMO)da 6 ta (3 ta kumush va 3 ta bronza);

Hindistonda oʻtkazilgan Xalqaro matematika musobaqasi (IMC)da 18 ta (3 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza);

Germaniyada oʻtkazilgan Xalqaro nemis tili olimpiadasida 1 ta oltin;

Xitoyda oʻtkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida 1 ta bronza;

Eronda oʻtkazilgan Yevropa qizlar xalqaro IT olimpiadasi (EGOI)da 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👏 Bu yil olimpiadalar tarixida eng yuqori koʻrsatkichga erishildi

2023-2024-oʻquv yilida Oʻzbekiston maktab oʻquvchilari tomonidan xalqaro fan olimpiadalarida jami 122 medal qoʻlga kiritildi. Bu natija hozirga qadar erishilgan eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.

👉 Maʼlumot uchun:
oʻtgan yilda olimpiadachi oʻquvchilar tomonidan 65 ta medal qoʻlga kiritilgan.

📍 Bugun mazkur sovrindorlar orasidan eng nufuzga ega, koʻpgina dunyo mamlakatlari va xalqaro darajadagi oliy taʼlim muassasalari tan oladigan xalqaro olimpiadalarda qoʻlga kiritilgan 91 ta (11 ta oltin, 24 ta kumush va 56 ta bronza) medal egalari va ularning ustozlari turli darajadagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

_________

👏 В этом году был достигнут самый высокий результат в истории международных предметных олимпиад

В 2023-2024 учебном году узбекские школьники завоевали в общей сложности 122 медали на международных предметных олимпиадах (в 2023 году число составило 65 медалей), что является самым высоким из когда-либо достигнутых.

📍Обладатели 91 медали (11 золотых, 24 серебряных и 56 бронзовых), завоеванных на международных олимпиадах, признанных многими странами мира и высшими учебными заведениями международного уровня, и их наставники будут награждены денежными призами различного уровня.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤️
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin
#Ibrat_maktabi
#ona_tili
#darslar

🔰 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oliy toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Roxila Voxidova 7-sinf o‘quvchilariga I-chorak uchun 01.11.2024 kuni “Mustahkamlash” darsini noanʼanaviy usulda tashkil qildi.

🙋🏻‍♂️🙋🏻‍♀️ Dars kichik guruhlar bilan ishlash shaklida tashkillandi. Ta’lim vositalari — tarqatma materiallar. Guruhlar “Tezkor fikrlash”, “Test ishlaymiz, tez ishlaymiz”, “Matndagi xatoni topish”, “Oʻz oʻrniga qoʻy", “Sintaktik tahlil”, “Fantamima” shartlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar. Har bir shart yakunida javoblar izohlandi.

📚 Oʻquvchilar didaktik oʻynlar orqali I-chorakda o‘tilgan mavzulardan olgan bilimlarini mustahkamlab oldilar.

👩‍🏫 Ustoz: Roxila Voxidova
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#seminar_trening
#ijod_maktablari

NATIJAGA ASOSLANGAN YONDASHUV: TAHLIL VA TAVSIYALAR

Xabaringiz bor, ChSB sinovlari natijalarini tahlil qilish hamda metodik tavsiyalar berish maqsadida Agentlik tomonidan ijod maktablari pedagogik jamoalari ishtirokida "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-trening oʻtkazilmoqda.

🌐 Seminarda trener sifatida oʻquvchilari yuqori natija koʻrsatgan fan oʻqituvchilari biriktirilgan boʻlib, Agentlik masʼul xodimlari tomonidan ZOOM platformasi orqali olib borilmoqda.

🔤 Bugungi onlayn seminar-treningda maktabimiz oliy toifali ingliz tili fani o‘qituvchisi Negmatova Barnoxon trener sifatida “Why teach Phrasal verbs to ESL students?” mavzusida onlayn workshop o‘tib berdi. Treningda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda ingliz tili darslari o’qitish metodikalari ko‘rib o‘tildi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#yigilish

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomli ijod maktabida ota-onalar bilan hamkorlikni I-chorak natijalarini tahlil qilgan holda keying chorakda rejalashtirish hamda boshqa masalalar yuzasidan ota-onalar taklif qilinibma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o'rinbosari, sinf rahbarlari, tarbiyach-pedagog, maktab psixologi, fan o‘qituvchilari ishtirokida sinflar kesimida yig‘ilish o‘tkazildi.

Ota-onalar majlisida quyidagi masalalar ko‘rib o‘tildi:
🔹 o‘quvchi uchun ichki tartib-qoidalari, mavsumiy kiyinish formasi;
🔹 CHSB natijalari tahlili;
🔹 fan va ijodiy to‘garaklarga ishtiroki;
🔹 Olimpiadalarga tayyorgarlik;
🔹 Kasbga yo‘naltirish;
🔹 o‘quvchilarning tadbir va ko'rik-tanlovlarda ishtiroki;
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram