Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
654 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Bizning_shunday_oqituvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

O‘QITUVCHIMIZ XALQARO “EV@LANG” DASTURI G‘OLIBI BO‘LDI!

🏫 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 🇫🇷 Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili o‘qituvchilarini Fransiyaning nufuzli oliygohlariga stajirovkaga yuborish yuzasidan yangi loyihaga start berildi.

🏆 Joriy yilning 7-8 may kunlari ushbu loyihaning birinchi bosqichida Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining oliy toifali fransuz tili fani o’qituvchisi, C1 darajadagi xalqaro va milliy chet til bilish sertifikati sohibi Valijon Mamadjonov yuqori natija ko‘rsatdi va g‘olib sifatida Fransiyaga bir oylik ta’lim sayohati yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

🔖 Ma'lumot o'rnida 2008-yilda Fransiyaning CLA universitetida hamda 2022-yili Fransiyaning Frankofoniya ta'lim markazida malaka oshirgan.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

💫 Xabaringiz bor, ilk bora O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomoidan “Ibrat farzandlari” va “Ustoz AI” loyihalari hamkorligida “IQtidorli yoshlar” loyihasiga start berilgan.

🏆 Bizning Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabini 9-“A” sinf o‘quvchilaridan Dilnura G’ulomjonova tanlovda g‘olib bo‘lib 1 haftalik yozgi oromgohga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

🤲 O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qishlariga omad va zafarlar tilab qolamiz.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

💫 Xabaringiz bor, ilk bora O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomoidan “Ibrat farzandlari” va “Ustoz AI” loyihalari hamkorligida “IQtidorli yoshlar” loyihasiga start berilgan.

🏆 Bizning Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabini 9-“A” sinf o‘quvchilaridan Odina Rustamjonova tanlovda g‘olib bo‘lib 1 haftalik yozgi oromgohga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

🤲 O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qishlariga omad va zafarlar tilab qolamiz.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#tugaraklar_faoliyatidan
#5_tashabbus

MOHIR QO'LLAR

🏢 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 7-"A" o'quvchilari pedagog-tarbiyachi G.Rahimova boshchiligidagi "Mohir qo'llar" to'garak faoliyatidan foto lavhalar.

🔰 To'garak maqsadi 5 muhim tashabbus doirasida o'quvchi-yoshlarni bo'sh vaqtlarida kasb-hunarlarni o'rgatib borishdir.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyati IIB JXX YHXB 25 may "So‘nggi qo‘ng‘roq" bayrami munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni ogohlantiradi!

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Namangan
#bayram

  💐 Namanganda 63-bor oʻtkazilayotgan xalqaro gullar festivaliga
MARHAMAT!


  🌷Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'quvchilaridan maxsus reportaj.

  🌺 Aziz yurtdoshlar, yurtimiz mehmonlari! Barchangizni ushbu goʻzal bayramga taklif etib qolamiz.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli o‘quvchi-yoshlar,
Aziz maktab bitiruvchilari!

 
Bugun katta hayot ostonasida yuraklaringiz to‘la hayajon, 11 yillik qadrdon maskan – maktab bilan, samimiy sinfdoshlarning har kungi diydori bilan xayrlashish iztirobi va ayni paytda ulkan orzular, aniq maqsadlar quchog‘iga talpinish zavqi ko‘nglingizni nurlantirib turibdi.
Ushbu kun birgina sizlar uchun emas, balki, ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz uchun ham umrbod unutilmas bo‘lib qoladi. Yuragida buyuk orzulari va rejalari mujassam, bolalik xayollarini endi chinakam maqsadlarga aylantirishga chog‘lanayotgan siz o‘g‘il-qizlar nafaqat o‘z oilalaringizning, balki jonajon vatanimizning chinakam faxru iftixoridirsiz.
Har biringizda katta iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Tomirlaringizda dunyo taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar qoni jo‘sh urmoqda. Endi navbat sizniki, ularga munosib bo‘lib, jahonni lol qoldiradigan avlod sifatida kamol topshinigizni tilayman.
Eng muhimi, ezgu orzular qilishdan va ularga yetishdagi mehnat va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Yangi O‘zbekistonning ertangi rivoji va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Shuni unutmang.
Bugun maktabdagi saboqlar yakuniga yetganini anglatish uchun chalinayotgan so‘nggi qo‘ng‘iroq sizning yorug‘ istiqbolingiz, baxtli hayotingiz boshlanganidan dalolat beruvchi ilk quvonch sadosi bo‘lib yangrasin!
Siz, aziz bitiruvchi yoshlarga hamisha mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
 
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

 
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#soʻnggi_qoʻngʻiroq

🔔 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida "SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ" bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

💫 Bayram tadbirini maktabimiz direktori vazifasini bajaruvchi F.Tajibayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirib bayram tadbirini ochib berdi.

Tadbirda To‘raqo‘rg‘on tuman Qo‘riqlash bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik B.Saydullayev, Namangan Davlat chet tillari instituti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘limi rahbari B.Samixonov, “Yangiobod” MFY vakillar hamda ota-otalar ishtirok etishdi.

Sinf o‘quvchilari o‘z she'riy chiqishlari, kuy-qo‘shiqlari hamda tilaklari bilan bitiruvchilarimizni tabriklashdi.

🔖 Ustozlar hamda mehmonlar tomonidan bitiruvchilarga samimiy tilaklarini bildirildi hamda o‘quvchilar va ota-onalariga tashakkurnomalar berildi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram