Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
643 subscribers
5.04K photos
506 videos
18 files
1.67K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Beruniyning_1050_yilligi
#Ibrat_maktabi

18- noyabr: Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Tongi saflanish maktab jamoasini Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib kuylash bilan boshlandi, shundan so‘ng 9-sinf o‘quvchilari tomonidan buyuk olim, shoir va o‘z davrining deyarli barcha ilmlarini puxta egallagan faylasuf Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi, qoldirgan boy merosi haqida qisqacha ma’lumotlar berishdi va o‘zlarining ijodlaridan she’rlar aytishdi. Suhbat so'ngida buyuk alloma haqidagi ijodiy va madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchi, shoir va publitsist Sodiq Sayhun o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
Bag‘ishlov

Porlab turgin serquyoshim,
Yangra doim madhiyam.
Yashna, jon O‘zbekistonim!
Shuhrating tan olsin olam.

Vodiylaring oltinga teng,
Аjdodlaring ruhi yor.
Yurtim, sening rivojingda,
Yoshlar boʼlar madadkor.

Madhiyam, kuylay dildan,
Sen g‘ururim, orimsan,
Kuyimga navo qoʼshib,
Bisotimda borimsan.

Balki meni ulg‘aytirgan,
Onajonim allasi.
Yuksaklarda yangrasin,
Vatanim Madhiyasi!

To‘ychiyeva Gulyora Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
Hur Vatan

Go'zal hur diyorimning,
Erkin, bir farzandiman
Komillikda, peshqadam,
Kelajak, dilbandiman

Rivojlanish, davrida,
Ulg'aymoqdamiz, biz shod
Mustaqil, hur yurtimiz
Gullab, yashnasin abad.

G'ofurova Rayhona Is'hoqxon Ibrat ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
O‘zbekiston yoshlari

Biz kelajak umidi,
O‘zbekiston yoshlari.
Bir-biriga mehrli,
Do‘sti-yu jondoshlari.

Ishongan bizga Vatan,
Ko‘raylik quvonchini.
Oqlaylik a'lo o‘qib,
Yurtboshim ishonchini.

Odina Rustamjonova Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 8- sinf o‘quvchisi

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
#5_tashabbus
#Ibrat_maktabi

"IJODIY TANLOV"

⚡️Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o‘quvchi-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida nemis tili fan to‘garagi doirasida ijodiy tanlov tashkil etildi.

21-noyabr 2022-yil kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusini amalda bajarish hamda to‘garaklar faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida oliy toifali nemis tili fani o‘qituvchisi D. Isoqova rahbarligida 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ijodiy tanlov tashkil etildi. Sinflar Fast Food va Bio Oziq ovqat mavzusiga prezentatsiya qilish, grammatik savol-javob hamda berilgan mavzularga erkin muloqot shartlari bo‘yicha bellashdilar. Tanlovda faol ishtirokchilariga maktab ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari berildi.

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
#Beruniy_avlodlari
#Ibrat_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida buyuk olim islom, fiqh, ilohiyot, grammatika, riyoziyot, falakiyot, tibbiyot va falsafa, fizika va boshqa ilmlar Abu Rayhon Beruniyning 1049 yilligi munosabati bilan "Beruniy avlodlarimiz" shiori ostida "Eng yaxshi sheʼr", "Eng yaxshi insho" va "Eng yaxshi maqola" tanlovlari oʻtkazildi.

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook|
#Ibrat_maktabi

Kitob mutolaasi. 10-sinf o‘quvchilari tarbiyachi-pedagog Yo. Asqarov rahbarligida kutubxonaga kelgan yangi badiiy adabiyotlar bilan tanishishdi.

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook|
#Psixologik_trening
#Ibrat_maktabi

23-noyabr kuni Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining psixologi A. Abdullayev tomonida 9-B sinf o‘quvchilari o‘rtasida ,, Iroda - baxt sharti'' mavzusida psixologik trening o‘tkazildi. Trening juda qiziqarli ma’lumotlar va bahs-munozaralarga boy o‘tdi.

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook|