Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
642 subscribers
5.05K photos
506 videos
18 files
1.67K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#psixologik_trening

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muasssasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Hushyorlik meditatsiyasi” psixologik treningi tashkil etildi.

🧘🏽‍♂️ Maktabi psixologi hamda tarbiyachi-pedagoglar yordamida o‘quvchilarni ruhiyati, kayfiyatiga hamda aqliy qobiliyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga qarshi kurashish usullaridan eng ma’qbullari tushuntirilib amalda o‘rgatildi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Meditatsiya — avtoregulyatsiyaning psixologik usuli bo'lib, odamlarga hissiy intellektni boshqarish qobiliyatini egallash orqali tashvish darajasini pasaytirib, stressga chidamliligini oshirish hamda xushyorlikni, aqliy qobiliyatni oshirish imkonini beradi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#olimpiada

🔖 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 7-8-9-10 sinflar kesimida chet tili fanlaridan olimpiadaga tayyorgarlik bo‘yicha navbatdagi saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

🧑‍🎓👩‍🎓 Saralash imtihonlarida har bir sinf kursidan 5 tadan iqtidorli o‘quvchilar tanlab olinadi.

Bunda o‘quvchilar bilim darajalari TEST sinovlari hamda Listening orqali saralab olinadi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#sinov

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida bitiriuvchi sinf o'quvchilaridan mahalliy OTM kirish imtixonlariga tayyorlarliklarini diagnostika qilish maqsadida test sinovlaridan o'tkazildi.

Test sinovlari natijalariga ko'ra o'quvchilarga yo'nalishlar va maslahatlar berildi.
___
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
G‘O‘RA [f. غوره – pishmagan xom uzum yoki boshqa meva]

1 O‘rikning pishib yetilmagan mevasi, dovuchcha.

Suvonjon og‘zidagi g‘o‘rani u lunjidan bu lunjiga o‘tkazarkan, hayron qoldi. Yong‘oqda o‘rik bitmaydi-ku? S.Anorboyev, Oqsoy.

2 Umuman, pishib yetilmagan meva, g‘o‘r meva.

Sabr qilsang, g‘o‘radan halvo bitar. Maqol.

3 ko‘chma ayn. g‘o‘r 3. (Hayot tajribasi kam, turmush qiyinchiliklarini ko‘rmagan).

Nurmat hali pishmagan – g‘o‘ra, Yetgani yo‘q hali tobiga. D.Fayziy

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan

Dovuchcha - gʻoʻraning shevalardagi nomi.

Siz tomonlarda go’ra qanday ataladi?
#Ibrat_maktabi
#Zakovat

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 2024-2025 yilgi "Zakovat" intellektual o‘yinining Respublika bosqichi uchun maktab terma jamoasiga o'quvchilar o'rtasida saralash bosqichi o'tkazildi.

Intellektual o‘yinning ushbu bosqichida maktab o‘quvchilaridan 60 nafar yakka da'vogarlar qatnashdilar.

"Zakovat" intellektual o'yinlarida jamoamiz ishtirokchilari munosib o'rinlar egallashadi degan umiddamiz!
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#trening

🏢 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 9-sinf o‘quvchilari uchun “Liderlik sirlari” psixologik mavzusida trening tashkil etildi.

👨‍🏫 Trening davomida ishtirokchilarga rahbar va lider o‘rtasidagi farqlar, xodimlarni boshqarishning zamonaviy usullari, jamoaviy ruhni kuchaytirish va motivatsiya masalalari bo‘yicha tushunchalar berildi.

✍️ O‘quvchilar traning so’ngida o‘zlarining liderlik qobiliyatlarini oshirgan holda qiziqarli psixologik test va o‘yinlarda sinab ko‘rishdi.

🔰 Zero, millatimiz kelajagini kuchli liderlargina boshqara oladi!
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram