Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
869 subscribers
6.7K photos
575 videos
18 files
2.07K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Jadidlar

“JADIDLAR”

📚 Jadidchilik madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritgan, taraqqiyot uchun kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni oʻrganish, fan yutuqlaridan foydalanish hamda ayollar va erkaklar tengligi uchun kurashishga chaqirishgan.

✍🏻 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Jadidlar” burchagi tashkil etildi. “Ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyat ustuvor masala” ekanligini maqsad qilib olingan ushbu jadidlar burchagi, direktorning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A. Mo‘minov g‘oyasi bilan san’at fani o‘qituvchisi B. G‘ofurov tomonidan tasviriy san’atning “Grafika” turi asosida chizildi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook |
#Ibrat_maktabi
#maqola

📝 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi ijodiy to‘garak rahbari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, jurnalist, shoir va publitsist Sodiq Sayhunni navbatdagi maqolasi nashrdan chiqdi.

✍️Namangan viloyati tibbiyot xodimlarining ijtimoiy-siyosiy "Shifokor va hayot" gazetasining 2024-yil 06-aprel № 7 (620)-sonida Namangan jadidlarining bayroqdori yoxud Ibratning ibrati sarlavhasi ostida “Ildiziga tortadi daraxt” nomli maqolalari chop etildi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook |
#Ibrat_maktabi
#Xon_atlas

✍️Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylangan.

Ushbu an’anaga ko‘ra joriy yil 8-14-aprel kunlari respublikamizning barcha hududlarida, mahallalarda, vazirlik, idoralar, tashkilotlar va maktablari qatori Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida ham “Xon atlas” haftaligi o‘tkazilmoqda. Festivalda maktabimiz o‘quvchi qizlari, ayol ustozlari hamda tarbiyachi pedagoglar maktabning xotin-qizlar raisi R. Vohidova boshchiligida xon atlas va adras liboslari kiyib milliy liboslarimizni keng yoritilishida o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

👉🏼Tadbirlarda faol ishtirok eting!
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook |
#ibrat_maktabi
#bellashuv

🔖 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 7-sinflar o'rtasida 9-aprel buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag'ishlangan "Temur tuzuklari" bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchilarning bilim darajalari krossvord va tezkor savol-javob orqali aniqlanib olindi hamda ularni munosib taqdirlandilar.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
📚 #Kitob yoki jurnal muqovasi to‘g‘ri vaqtda kerakli joyda bo‘lsa (optik illyuziya), siz ko‘p odamlarni o‘ylashga undashingiz mumkin...

👀 Sizni zerikkan paytlar o‘ylashga majbur qilish uchun biz kitob yoki jurnal muqovalari yordamida optik illyuziyalar ro‘yxatini baham ko‘ramiz...

📖 Kitob o'qishda bosh qahramonday his qilish qanday maroqli? Balki kitob o'qishning o'ziga xos boshqa gashtini ham totgandirsiz?
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram