Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
639 subscribers
5.18K photos
506 videos
18 files
1.69K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Teatr_ibratxonadir
#Taqdirlash_marosimi
#4_kun

Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivali nihoyasiga yetdi

✔️Festivalning taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o'quvchilarni samimiy tabrikladi.

📶 Festival doirasida “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari tomonidan 20 dan ortiq spektakl, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

Tadbirda teatr festivali ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Vazirlikdan_tuhfa

📣 O'qituvchilar va o'quvchilar o'z ustlarida mustaqil ishlashlari uchun maxsus loyiha!

❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Informatika va axborot texnologiyalari fanini chuqurroq o'rganish uchun yangi loyiha yo'lga qo'yilgani haqida xabar bergandik.

Ushbu loyiha doirasida e'tiboringizga yangi videodarslarni taqdim etamiz:

Zamonamizning eng talabgir sohasini birgalikda o'rganamiz!

1. Matn qo‘shish, o‘zgartirish va ko‘chirish

2. Shrift turi, o‘lchami va rangini o‘zgartirish. Matnni tekislash
3. Hujjatga tasvir va hoshiya qo‘shish
4. Hujjatlarni auditoriya uchun moslash. (Tayyor hujjatni (maqsadga muvofiqligini) tekshirish)
5. Matnli hujjatda tasvirni tahrirlash
6. Tasvirni import qilish
7. Tasvirlarni aylantirish, teskari o‘girish
8. Tasvirni o‘lchamlarini o‘zgartish
9. Versiya nazorati. Ishning boshlang‘ich nusxalari.
10. Tasvirga matn qo‘shish
11. Elektron jadval tushunchasi. Ma’lumotlarni elektron jadvalga kiritish
12. Raqamlardan iborat sodda formulalardan foydalanish
13. Sodda formulalarni kiritishda katak manzilidan foydalanish
14. Formulalarni nusxalash
15. Diagramma va grafik yaratish
16. Ma'lumotlarni o‘zgartirish va "What-if so‘rovi"
17. Ma’lumotlar bazasi va turlari, maydonlarni aniqlash
18. Ma’lumotlar bazasidan harakatlanish va yangi yozuv qo‘shish
19. Teng sharti bilan query yaratish. Query-ma’lumotlar bazasidan aniq ma’lumotni qidirish uskunasi
20. Qidirishlarida <va> belgilaridan foydalanish. AND va OR query operatori
21. Saralash. So‘ralgan savolni queryga aylantirish
22. Dasturlashni o‘rganish. Takrorlash algoritmi
23. Takrorlash algoritmidan foydalanib algoritm yaratish
24. Scratch dasturida takrorlash amaliyotidan foydalanish
25. Scratch dasturida PEN uskunasidan foydalanish
26. Scratch dasturida shakllar bilan ishlash
27. Takrorlash bloki yordamida muntazam shakl chizish
28. Scratch dasturida takrorlash bloki yordamida yangi shakl chizish
29. Takrorlash blokidan foydalanib dastur natijasini taxmin qilish
30. Scratch dasturida protseduralar bilan ishlash
31. Dekompozitsiyadan foydalanish. Kichik masala yechimi orqali katta masalaga o‘tish
32. Web manzillar haqida tushuncha. Qidirish tizimini ishlash tamoyili
33. Axborotning ishonchliligi
34. Axborotni filtrlash. Web-sahifani saqlash.Web-sahifani chop etish
35. Web saytdgai matnni, URL manzilni saqlash.Web saytdan tasvirni saqlab olish
36. Elektron xatni yozish, tahrirlash, o‘qish, javob berish va matn bilan ishlash uskunalari. Foydalanuvchi manzillarini qo‘shish
37. Ilova qilingan hujjatlarni ochish, elektron xatga hujjat ilova qilish
38. Elektron pochta papkalarini boshqarish. Ichki papkalarni yaratish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📅 Rejalaringiz qatoriga qo'shib qo'ying

Ertaga - 30.03 Shanba
1. "E-books are better than paper books" mavzusida debat [12:30]
👉 https://t.iss.one/eventgouz/4432

2. UzGeeks March2024 Project Management Day Meetup [14:00]
👉 https://t.iss.one/eventgouz/4418

3. “PI ARENA” matematik o‘yini [14:00]
👉 https://t.iss.one/eventgouz/4428

4. "Dasturlash sohasida karyera yo'li" mavzusida suhbat [14:30]
👉 https://t.iss.one/eventgouz/4425

5. Logo marafon [15:00]
👉 https://t.iss.one/eventgouz/4430

6. Cozy IT Meetup #2024.1 [17:00]
👉 https://t.iss.one/eventgouz/4423

7. Dolce Vita: Italiyada ta'lim sirlari! [17:00]
👉 https://t.iss.one/eventgouz/4422

@eventgouz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Al_xorazmiy_maktabi
#raqamlli_avlod_qizlari_2024

👩‍💻 Bu yilgi “Raqamli avlod qizlari” IT-tadbirida 3000 dan ortiq qizlar qatnashib, o'z ishlarini taqdim etishdi.

💫 Ushbu IT-loyiha qizlarning professional intilishlarini to'g'ri yo'naltirishga, ularga nafaqat foydalanuvchi, balki raqamli yechimlar muallifi sifatida o'zlarini namoyon qilishga yordam beradi.

▶️ 00:06 Eslatib o'tamiz, bizning maktabimiz o'quvchilari ham ushbu lohida faol qatnashishdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#robototexnika

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida texnologiya yo'nalishidagi "Robototexnika va sun'iy intellekt" fani darslari hamda to'garagi tashkil etilgan.

🔰 O'quvchilar informatika, fizika, matematik, chet tili fanlaridan olgan bilimlarini amalda LAT yo'nalishi hamda ta'limda 4K metodi asosida sinab ko'radilar. Dasturlash, til bilish hamda ijodiy (kreativ) qobiliyatlari namoyon bo'ladi.

📸 Foto lavhalarda dars hamda fan to'garagi.

⚛️ STEM (hamda STEAM) fanlarining "technology" va "engineering" yo'nalishlari uchun asos bo'ladi.

▶️ Youtube video lavha»
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-18 yoshli maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar fizika, matematika yoki hayot haqidagi fanlar (biologiya, botanika, biokimyo va h.k.) boʻyicha 2 daqiqadan oshmaydigan qisqa video (ingliz tilida) topshirishi kerak.

Tanlov mukofoti:
– Gʻolibning universitetda oʻqishi uchun 250 ming AQSH dollari mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqiydigan taʼlim muassasasida ilmiy laboratoriya tashkil qilish yoki laboratoriyani jihozlash uchun 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqituvchisiga 50 ming AQSH dollari mablagʻ.

Arizalar 2024-yil 25-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-breakthrough-junior-challenge-tanlovi/

@grantlar
📖 2-aprel — Xalqaro bolalar kitoblari kuni

📚 Jahonning ko‘pgina mamlakatlari 2-aprel sanasini Xalqaro bolalar kitoblari kuni sifatida nishonlashadi. Bu sananing ham o‘ziga xos tarixi bor albatta. 1967-yilda Xalqaro bolalar kitoblari kengashi 2-aprel sanasini bolalar kitoblari kuni deb nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Chunki shu kuni mashhur bolalar yozuvchisi Hans Kristian Andersen (1805-1875) tavallud topgan.

P.S: #Kitob Bugun farzandlar, ukalar, jiyanlarni olib, kitob doʻkonlariga sayr qiladigan kun. Bu narsa bolalarni kitobga muhabbat qoʻyishlariga sababchi boʻladi. Har oy maoshingizdan farzandingizga kitob olib bering. U ham ʼKatta boʻlsam men ham shunday qilamanʼ deb orzumand boʻladi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

DIQQAT TANLOV

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov uch yo‘nalishda tashkil etiladi:
- “Vatanni Najmiddin Kubrodek seving” mavzusida shoir she’rlariga nazira bogʻlash;
- videorolik tayyorlash;
- shoir sheʼrlaridan tahliliy va publitsistik maqolalar, esse yozish.

Hakamlar tomonidan gʻolib deb topilgan eng sara ijodiy ishlar shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan Andijon viloyati tadbiri arafasida taqdirlanadi.

Ijodiy ishlar joriy yilning 15-aprel kuniga qadar @Durdona_Abdukarimxodjayeva telegram manziliga yuborishingiz so‘raladi.

Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Ibrat_maktabi
#Mahorat_darsi

📚 02.04.2024 yil kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o'quvchi-yoshlarga navbatdagi "Mahorat darsi" tashkil etildi.

✍️ "Mahorat darsi" O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan bo‘limi rahbari, shoir Ziyovuddin Mansur hamda shoir va publitsist Sodiq Sayhun tomonidan olib borildi.

📘 “Yozuvchining badiiy mahorati” mavzusida olib borilgan mahorat darsida 7-10 sinflar va ijodkor o'quvchilari qatnashdilar.

Mahorat darsi davomida badiiy ijod olami, iste’dod va mahorat, san’atkor uslubi borasidagi mulohazalar ilgari suriladi. Matnni o‘qish, uqish jarayonida kitobxon qabul qiluvchi, o‘zlashtiruvchiga aylanadi. Adabiy jarayonda ijodkor shaxsiyati va iste’dod tabiati, so‘z san’atining mohiyati bashariy qadriyat maqomida o‘rganiladi. Kitobxon voqealar silsilasini kuzatishi, adabiy qahramon qiyofasi, portretini tasavvur qilishi, ruhiyat iqlimini his etib borishi haqida suhbatlashildi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram