Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
667 subscribers
4.82K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e’tirof #Prezident_mukofoti #olimlar_minbari

Davlat mukofoti bilan taqdirlangan xotin-qizlar haqida
___
О женщинах, награжденных государственными наградами

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌷 Assalomu alaykum, muhtarama Onalar, munis opa-singizllar, dilbar qizlar! Shu qutlug‘ ayyom – “8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan Sizlarni, Sizlar orqali ustozu-murabbiy ayollar jamoasini, o‘quvchi va talaba qizlarimizni, shuningdek, sizlarning timsolingizda yurtimizdagi barcha onalar, opa-singillarimizni chin dildan muborakbod etaman.

💐 Oilamizga quvonch, hayotimizga go‘zallik olib kiruvchi onalarimiz, opa-singillarimiz, baxtimizga doimo sog‘-omon bo‘ling. Bahoriy go‘zallik hamda ko‘rkamlik sizni yil bo‘yi tark etmasin.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi direktori o'rinbosari
Akmaljon Mo'minov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Muhtarama onaxonlar!
Munis opa-singillar!
Ilmga chanqoq, zukko o‘quvchi qizlarimiz!

Siz azizlarni bahorning ilk bayrami – 8-mart “Nafosat va go‘zallik” ayyomi bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlarga eng samimiy va ezgu tilaklarimizni izhor etib, baxt, mehr-muhabbat doim hamrohingiz bo‘lsin, deymiz!

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona timsoli, munis ayollarimizning beqiyos o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda mushkul vazifa.

Mana shunday qutlug‘ kunlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra, taqdirlangan 28 nafar nomzodlar orasida Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Zulfiya Shomurotovaning borligi, ayniqsa, quvonarli.

Shu o‘rinda alohida mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, bugungi kunda Agentligimiz tizimida 4 mingdan ortiq xotin-qizlar faoliyat ko‘rsatib, har tomonlama yetuk va barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Qolaversa, "Yangi Oʻzbekiston" universiteti, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarimizning 30 mingga yaqini o‘quvchi qizlardir.

Ular orasida mamlakatimiz va xorijning nufuzli universitetlari ta’lim grantlariga sazovor bo‘lgan, xalqaro va milliy olimpiadalar hamda dasturlarda yuqori natijalar ko‘rsatayotgan zukko qizlarmiz borligi bizga cheksiz iftixor bag‘ishlaydi.

Aziz opa-singillar!
Bilimga chanqoq o‘quvchi qizlarimiz!

Yana bir bor sizlarni bayramingiz bilan samimiy muborakbod etib, Sizlarga sog‘lik-salomatlik, baxt-u saodat, tilaymiz.

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Onalar_yigilishi

✍️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida noodatiy onalar yig‘ilishi tashkil etildi.

💐 Bo‘lib o‘tgan yig‘lishda onalar dastlab farzandlari qay darajada bilim olayotganini ko‘rish maqsadida darslarini kuzatishdi. Shundan so‘ng onalar uchun ma’naviy tadbir tashkil etildi. Noodatiy onalar yig’ilishi davomida psixologik trening tashkil etildi. Yakunda katta tarbiyachi O.Boqixonova va tarbiyachi-pedagog Sh. Azizmuxamedovalar onalar bilan o‘zaro fikr almashdilar.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat_maktabi #ekologiya #uquvchilar #ijodiy_ish #media

Ekologiyani asrash insoniylik burchimizdir (ijtimoiy so‘rovnoma)!

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ijtimoiy so‘rovnoma.

✍️ G'oya muallifi: Farxod Tojibayev;
🎬 Muallif va rejissyor: Shodiyona Minavarova va Botirali Boybobayev;
🎤 Boshlovchi: Shodiyona Minavarova;
🎥 Tasvirchi: Timur Yunusov;
🧑‍💻 Montaj ustasi: Farxod Tojibayev;

▶️ Youtube FullHD »

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram