Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
644 subscribers
5.17K photos
506 videos
18 files
1.69K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Bellashuv
#Ibrat_maktabi

"BALLI QIZLAR"

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan maktab xotin-qizlar raisi R.Vohidova tashabbusi bilan o‘quvchi-qizlar o‘rtasida “Balli qizlar” bellashuvi tashkil etildi.

👭 Bellashuvda 7 nafar o‘quvchi-qizlar ijodiy ish (esse), gimnastika elementlarini bajarish, pazandachilik hamda erkin mavzu shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

🎁 Ishtirokchilar bellashuv yakunida maktab direktori Z.Shovrikov tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#8_mart

“8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni!"

🌤 Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

💐 Erta tongdan Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabimizda barchaning kayfiyati a’lo, buning sababchisi bo‘lgan aziz ayol ustozlarimiz, mehnatkash opa-singillarimiz va bilimdon o‘quvchi qizlarimiz. Kirib kelayotgan bahorning ilk bayrami munosabati bilan barcha yigitlarimiz ularni qutlashdi.

🌷Barcha mo‘tabar ayollarimizni kirib kelayotgan “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni"
bayrami bilan tabriklaymiz!


___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 3-darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim.

O‘zim harbiy oilada tug‘ilganman. Bu sohaning naqadar mashaqqatli ekanini, Vatan uchun jonini tikib yashash nimaligini juda yaxshi bilaman.

Men dadam bilan, uning sharafli kasbi bilan hamisha faxrlanganman. Bolaligimdan dadam kabi Vatanimga sadoqat bilan xizmat qilishni orzu qilganman.

Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda maktablarimizda ko‘plab loyihalarni amalga oshiryapmiz. Kelgusida ham rejalarimiz aniq.

Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amaliy ko‘mak berib kelayotgan Mudofaa vazirligi rahbariyatiga bugungi e’tirof uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.