Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
998 subscribers
6.86K photos
594 videos
18 files
2.14K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Mahorat_darsi

📚 22.02.2024 yil kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o'quvchi-yoshlarga navbatdagi "Mahorat darsi" tashkil etildi.

✍️ "Mahorat darsi" O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, A. Navoiy nomidagi TDO‘TAU, jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Uzoq Jo‘raqulov tomonidan olib borildi.

📘 “Poetik ko‘chimlar” mavzusida olib borilgan mahorat darsida 7, 10 - sinflar va ijodkor o‘quvchilari qatnashdilar. Mahorat darsida ko‘chimlarni «adabiy asarning badiiy qimmatini, ifodaliligini, ekspressivlikni kuchaytirish uchun bir narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko‘chirish yoki so‘zlarning umuman ko‘chma ma’noda ishlatilishni», so‘z ma’nosining ko‘chish jarayonlari turli ko‘rinishlarda voqe, jarayonlar va ularning natijalari sifatida yuzaga keladigan hodisalar, bu hodisalarning turlari, o‘ziga xos xususiyatlari kabi masalalari o‘rganildi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Uchrashuv
#Ibrat_maktabi

✍️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida ijodkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📚 Uchrashuvni shoir va publitsist Sodiq Sayhun olib bordi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, “Repetitor” gazetasi muharriri Muhammad Vali hamda “Iste’dod ziyo - press” nashriyoti rahbari, shoir Ibrohim Mahkam qatnashdilar.

She’riy san’atlar haqida bahs” mavzusida bo‘lib o‘tgan suhbatda yuqori sinf va she’riyatga qiziquvchan ijodkor o‘quvchilari qatnashdilar. Uchrashuvda o‘zbek mumtoz adabiyotini so‘z san’ati badiiy mahorati masalalari kengroq va chuqurroq tahlil etildi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Qonunchilik_yangiliklari

Ayrim maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2024-yilda:

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bilimlarni baholash tizimi qo‘shimcha 1 000 ta maktabga joriy qilinadi.

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:


“Mening maktabim” loyihasi doirasida maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi;

maktab direktorlari har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi.

2024-yil 1-sentabrdan boshlab:

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida maktablarga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Agentlik direktori tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganmoqda

Shu kunlarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Ishchi guruh bugun Farg‘ona viloyati Buvayda, Uchko‘prik tuman hamda Qo‘qon shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.

Agentlik direktori A.Ubbiyev maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatladi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#stem_olimpiadasi
#viloyat_bosqichi

🇺🇿 Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dod va salohiyatini to‘laqonli yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. STEM fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiada ham ana shu yo‘nalishdagi ishlarga bir misoldir.

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarining 5-11-sinf o'quvchilari o'rtasida STEM fanlar (Science, Technoglogy, Engineering, Math) olimpiadasining viloyat bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

📚 Olimpiadada bizning ijod maktabimiz o‘quvchilari ham faol ishtirok etmoqdalar.

🤲 Barcha bilimdon o'quvchilarga omad yor bo'slin!
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#xalqaro_hamkorlik

Xabar berganimizdek, Agentlikning mas’ul xodimlari hamda tizimdagi maktablarning bir guruh o‘qituvchilari Pekin shahrida tajriba orttirish uchun bo‘lib turibdi.

Delegatsiya vakillari ayni paytda Pekin shahrida IB (International Bacallaureat) xalqaro dasturi joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashishdi.

Xalqaro IB dasturi akkreditatsiyadan o‘tish bosqichlari va talablariga javob berish bo‘yicha tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonini muvofiqlashtirish, ota-onalar bilan ishlashni tashkil etish, milliy va ma’naviy muhitni shakllantirish yuzasidan Xitoy maktablari tajribasi o‘rganildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube