Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
641 subscribers
4.99K photos
504 videos
18 files
1.66K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Hamkorlik
#Ibrat_maktabi

🌍Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Mahorat darsi" tashkil etildi.

🌐 Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda ijod maktabida tashkil etilgan mahorat darsida Fransiyali Rim Dahmani xonim ishtirok etdi. Mahorat darsi davomida Rim Dahmani hamda ijod maktabi fransuz tili fani o'qituvchisi Valijon Mamadjonovlar tomonidan o‘quvchilarga fransuz tili metodikasidagi yangiliklar bilan tanishish, qo‘llash, tajriba almashish hamda o‘ziga ishonchni kuchaytirish kabi mashg'ulotlar olib bordi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#new_Uzbekistan_university

KO‘P SO‘RALAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOB BERAMIZ


Savol: Qaysi taʼlim yo'nalishlariga o‘qishga arizalar qabul qilinmoqda?

“Yangi O‘zbekiston” universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun quyidagi 9 ta taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga onlayn arizalar qabuli davom etmoqda:

Kimyo va materialshunoslik muhandisligi;
Mexanika muhandisligi;
Dasturiy ta’minot muhandisligi;
Kiberxavfsizlik;
Sun’iy intellekt va robototexnika;
Amaliy matematika;
Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili;
Pedagogika;
Sanoat boshqaruvi.

👉 O‘qishga ariza topshiring.

📞 Koll-markazi: +998712024111
🤖 Telegram bot: @newuucontact_bot

#qabul2024 #admission2024

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Hamkorlik
#24_BMSM
#Ibrat_maktabi

QALBLARDAN JOY OLGAN KUYLAR

✍️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi hamda Namangan shahar 24-sonli “Bolalar musiqa va san’at” maktabi hamkorligida musiqiy konsert dasturi tashkil etildi.

🎻O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan konsert dasturida, 24-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi, turli cholg‘ular bo‘limi xodimi Qosimov Azimjon boshchiligidagi “LEGENDARY VIOLINISTS” ansambli yosh iqtidorli sozandalar hamda xonandalar ijrosida turli kuy va qo‘shiqlar yangradi. Konsert dasturi yakunida ijod maktabi direktori, tarbiyachilar, pedagoglar jamoasi hamda barcha o‘quvchilar tomonidan tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirildi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Insholar_tanlovi
#Ibrat_maktabi

TARIX QA’RIDAGI IKKI YULDUZ

✍️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arboblari tavalludi munosabati bilan “Tarix qa’ridagi ikki yulduz’’ mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi

⚡️O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning boy va serqirra ijodiy meroslarini har tomonlama chuqur o‘rganish, ijodkor va iste’dodli o‘quvchilarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovning ijod maktabi bosqichida barcha o‘quvchilari ishtirok etdi. G‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni keyingi bosqichga tavsiya etildi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Mahorat_darsi

📚 08.02.2024 yil kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o'quvchi-yoshlarga navbatdagi "Mahorat darsi" tashkil etildi

✍️ "Mahorat darsi" O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Azizbek Hakimov hamda shoir va publitsist Sodiq Sayhun tomonidan olib borildi

📘 “She’riy asarda shaklning o‘ziga xosligi” mavzusida olib borilgan mahorat darsida 8-9 sinflar va ijodkor o'quvchilari qatnashdilar. Mahorat darsi davomida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi yuzasidan ham suhbat olib borildi, hamda uning ijodidagi g‘azallar, ruboiylar va tuyuqlar tahlil qilindi

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Navoiy_583_yilligi

NAVOIY VORISLARI

✍️ 9-fevral ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy hazratlari tavallud topgan kun

Shu munosabat bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida To'raqo'rg'on tuman 9-sonli “Bolalar musiqa va san’at” maktabi bilan hamkorlikda buyuk shoir tavalludining 583 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida shoir hayot yo‘li, ijodiy faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi, o‘quvchilar buyuk mutafakkirning g‘azallarini chet tillarida yod olib, ijro etdilar. Tadbir sahna ko'rinishlari, Navoiy g‘azallari kuyga solingan qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook