Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
662 subscribers
4.82K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#A_level

A-LEVEL IMTIHONLARI UCHUN ROʻYXATDAN OʻTISH BOSHLANDI!

A-level imtihonlarini topshirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

A-level imtihonini topshirish istagida bo'lgan talabgordan
shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning nusxasi;
amaldagi pochta va telefon raqami;
ta'lim olayotgan muassasa haqidagi ma'lumot (maktab bitiruvchilaridan bu talab etilmaydi);
imtihon topshirishni istagan fanlar ro'yxatini tanlash talab etiladi.

A-level imtihonlariga qanday roʻyxatdan oʻtiladi?

Imtihonlarda ishtirok etish uchun oʻz hududingizdagi PREZIDENT MAKTABLARIga murojaat etishingiz mumkin.

📆 Roʻyxatdan oʻtish joriy yilning 21-fevraliga qadar davom etadi.

🌐 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Suhbat

✍️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari 2023yil „Schulen: Partner der Zukunft“ (PASCH) tomonidan o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etib 🇩🇪 Germaniyaga sayohat uchun yozgi yoshlar oromgohiga (Jugendkurse in Deutschland) grand yutib olishgan edi.

🗓 Ushbu loyiha asosida Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'quvchilari turli mavzudagi yozgi kurslarda qatnashib kelishgan edi.

👯‍♂️ Ular o'z taasurotlarini maktab jurnalisti Minavarova Shodiyona bilan suhbat orqali o'z tengdoshlariga ulashishdilar.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#olimpiada

🔖 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 7-8-9-10 sinflar kesimida chet tili fanlaridan olimpiadaga tayyorgarlik bo‘yicha navbatdagi saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

✍️ Saralash imtihonlarida har bir sinf kursidan 5 tadan iqtidorli o‘quvchilar tanlab olinadi.

Bunda o‘quvchilar bilim darajalari TEST sinovlari hamda Listening orqali saralab olinadi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#The_Ninja_IT_contest
#Namangan_PM

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Robotics Lab ta'lim markazi hamda Japan Digital University hamkorligida Dasturlash bo'yicha The Ninja IT Contest turniri bo'lib o'tdi.

💻Musobaqaning 1 va 2-saralash bosqichlari robocontest.uz platformasida onlayn o’tkazildi va eng yaxshi natija ko’rsatgan 60 nafar o’quvchi 2024-yilning 2-fevralida JDUda o’tkazilgan shiddatli finalda bellashdilar.

🔥 Turnir natijasiga ko'ra Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Mansuraliyev Husanboy 2-o'rinni egalladi, 9-sinf o'quvchisi Rahmatullayev Ulug'bek esa "Eng murakkab dastur" nominatsiyasida g'oliblikni qo'lga kiritdi va tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.
Martda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2024-yil mart oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 13-18 yoshli oʻquvchilar uchun AQSHda yozgi matematika oromgohi; toʻliq moliyaviy yordam mavjud! (dedlayn: 6-mart)

👉 Maktab, kollej va/yoki akademik litsey oʻquvchilari uchun videolar tanlovi (dedlayn: 6-mart)

👉 Yaponiyada muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun to'liq grant va yillik 8200 dollar stipendiya! (dedlayn: 8-mart)

👉 Jurnalist, bloger va tadqiqotchilar uchun Germaniyada 2 haftalik bepul yozgi maktab; transport, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi! (dedlayn: 16-mart)

👉 Ruminiya hukumatining stipendiya dasturi: bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 16-mart)

👉 Toshkentdagi Amerika markazidan loyihalar uchun 2000 dollardan 6000 dollargacha grant! (dedlayn: 20-mart)

👉 Kanadadagi 4 kunlik sammit uchun toʻliq grant! (dedlayn: 20-mart)

👉 Yaponiyaning 1-raqamli universitetiga o'qishni stipendiya asosida ko'chirish imkoniyati! (dedlayn: 21-mart)

👉 MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant! (dedlayn: 31-mart)

👉 Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar! (dedlayn: 31-mart)

👉 Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari! (dedlayn: 31-mart)

Fevral oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Joriy yilda maktablar va maktab ta’limiga 46 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish rejalashtirilgan.

Videoselektor yig‘ilishida matematika, o‘qish va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan 2022-yilgi PISA xalqaro dasturi natijalari sohada qilinadigan ishlar hali ko‘pligini aniq ko‘rsatganligi aytib o‘tildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hokimlar yana mingta maktabda Prezident maktablari ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yishda moddiy-texnik bazasini yaxshilashga mas’ul bo‘ladi

Yig‘ilishda maktab ta’limidagi islohotlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan vazifalar belgilab berildi.

O‘tgan yili Respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, o‘tgan hafta Loyiha ofisi tashkil qilindi va katta ilmiy-amaliy tajribasi bor va salohiyatli kadrlar jamlandi.

Markaz va ofisga Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim vazirliklari bilan birgalikda:

- maktablarda matematika, fizika, kimyo, biologiya va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangilash;

- o‘quvchilar bilimi, tahliliy, tanqidiy va kreativ fikrlashi, muammolarga yechim topib, amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv metodikalarini ishlab chiqish topshirildi.

Bunda, tan olingan xorijiy dasturlar (A-level, IB kabi), o‘quvchi va muallimlar bilimini baholashda xalqaro tajribalar (PISA, TIMSS, PIRLS) bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Joriy yilda Prezident maktablari ta’lim dasturi yana 1 mingta maktabda boshlanadi. Hokimlar ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilashga mas’ul bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar

2023-2024-o‘quv yilidan boshlab ijod maktablari uchun ishlab chiqilgan o‘quv rejaga muvofiq 7-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan “Robototexnika” asoslarini o‘rgatishga yo‘naltiriladi.

Robototexnika fani o‘qituvchilarining kasbiy va pedagogik mahoratini oshirish maqsadida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Robo-Coding” seminar-treningi tashkil etildi.

Seminar joriy yilning 8-fevraliga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube