Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
653 subscribers
4.91K photos
498 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Maqola

🇺🇿 Namangan viloyati hokimli nashri bo'lgan "Namangan haqiqati" gazetasining 2024-yil yanvar oyining 6- sonida Ixtisoslashtirilgan ta’limmuassasalari agentligi tasarrufidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi direktori Shovrikov Zafarjonning "Mohir bolsa muallim..." nomli maqolasi nashrdan chiqdi.

____________________________________
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#stem_olimpiadasi
#maktab_bosqichi

🇺🇿 Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dod va salohiyatini to‘laqonli yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. STEM fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiada ham ana shu yo‘nalishdagi ishlarga bir misoldir.

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarida STEM fanlar (Science, Technoglogy, Engineering Math) olimpiadasining maktab bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

📚 Maktabimiz olimpiada jarayonlari fizika, kimyo, biologiya fanlaridan 3 bosqichda (test, yozma ish va laboratoriya ishi), matematika, science fanlaridan 2 bosqichda (test, yozma ish) hamda informatika va axborot texnologiyalari fanidan 1 bosqichda (dasturlash) 5-11-sinflar kesimida tashkil etilgan.

🏅 Maktab bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan (1-2-3-oʻrin) oʻquvchilarimiz Hududiy bosqichga yoʻllanma olishadi.

🗺Olimpiada jarayonlaridan fotosuratlar.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Mahorat_darsi

📚 25.01.2024 yil kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o'quvchi-yoshlarga "Mahorat darsi" tashkil etildi.

✍️ "Mahorat darsi" O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoir Nosir Abbos hamda shoir va publitsist Sodiq Sayhun tomonidan olib borildi.

📘 “She’r, she’riyat tushunchasi, she’riy san’atlar” mavzusida olib borilgan mahorat darsida 10-sinflar va ijodkor o'quvchilari qatnashdilar.

Mahorat darsi davomida she'riy san'at, she'r ma'nosining satrlari, she'rlar orqali yosh avlodni ma'rifatga da'vat etish bilan birga ularni vatanparvar, o'z millatiga, yurtiga sadoqatli qilib tarbiyalash kabi mavzularda fikr mulohazalar yuritildi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Bugungi kunda hududlardagi 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan. Natijada ilg‘or xorijiy tajriba asosida vaziyatni tahlil qilish, muammoni yechish, jamoada ishlash kabi amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkazilgan.

Kelgusi o‘quv yiliga qadar ushbu baholash tizimini xalqaro testologiya mezonlariga moslashtirish zarurligi aytildi. Maktablarning o‘zi ham akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Bu xalqaro baholash mezonlarini milliy tizimga joriy qilish, maktablarni boshqarish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.


#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktablar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Namangan_MTRK
#Alisher_Navoiy_ijodi

GULDASTA
✍️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi Namangan milliy teleradio kanalida ishtirok etdi.

Namangan viloyati milliy teleradio kanalning jonli efirga uzatiladigan "GULDASTA" koʻrsatuvining yangi “Alisher Navoiy” ijodiga bag‘ishlangan bo‘lib o‘tgan sonida ijod maktabimizning 9- sinf oʻquvchisi Shahzoda Abdullayeva qatnashdi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Maktab ta’limi sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

#26jan #uzbekiston24

00:55 – Hududlardagi 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi joriy etilayotgani haqida.

03:14 Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ibrat_farzandlari
#motivatsiya

ONA TILINI O'RGANAMIZ!
"Ibrat farzandlari" loyihasidan

🇺🇿 "давай", "короче" va "crush" so’zlari o’rniga o’zbekcha so’zlardan foydalaning!

😁 Aynan qaysi so’zlardan foydalanishni esa quyidagi video orqali bilib oling!

📝 Chetdan kirib kelgan qaysi so’zlarni ko’p ishlatasiz?

📑 motivatsiya - ilmiy atama»

© @ibratfarzandlari - 2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy va kommunal xo‘jaligi, qurilish, transport va ekologiya sohalaridagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda kun tartibidagi muhim masalalar qatorida amaldagi loyihalash jarayonlari va qurilish ishlari “resurs usuli”ga asoslanganligi, bu usulda 1 ta maktab qurish uchun qancha ishchi kerak, qancha yoqilg‘i va nechta texnika ishlatiladi, texnikaning turi qanaqa bo‘lishi kerak, degan yuzlab shartlar kiritilganligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, yig‘ilishda aholi uchun qulay infratuzilma, sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlar, yuqori daromadli ish o‘rinlari hamma shaharlarda ham birdek rivojlanmayotganligiga urg‘u berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube