Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
660 subscribers
4.87K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#2024_yil_maqsadlar
#Trening_2_kun

✍️O‘qituvchi, tarbiyachi-pedagoglar hamda o‘quv yordamchi xodimlar o‘rtasida seminar treninglar tashkil etilmoqda

⚡️05.01.2024-yil kuni direktorning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A. Mo‘minov tomonidan “Xodim va o‘quvchilarda yuksak ma’naviyatni shakllantirish”, fransuz tili fani o‘qituvchisi V. Mamajonov tomonidan “Elektron jurnal yuritish va baholash tizimi” hamda kadrlar bo‘yicha menejeri tomonidan “Lavozim yo’riqnoma bo’yicha vazifa bajarish. Xodim huquq va majburiyatlari” mavzularida trening o‘tkazildi.


Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Etirof

NAMANGANLIK IJODKOR ASARLARI AQSHDA E’TIROF ETILDI

✍️ Ko’p qirrali ijod sohibi Sodiq Sayxun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida faoliyat yuritadi. Tajribali jurnalist shoir, publisist yozuvchi sifatida ko’plab badiiy asarlar yozib, qator kitoblarini chop ettirgan.

⚡️Yangi yilning dastlabki kunlarida tabarruk 70 yoshni qarshi olgan hamkasbimiz ijodining xalqaro darajada ham e’tirof etilishi uning yubileyiga munosib tuhfa bo’ldi. Facebookda unga Amerika Qo’shma Shtatlarining Arizona Shtatida faoliyat yuritayotgan “Dunyo shoirlari” uyushmasining bir yo’la qo’sh sovrini berilgani haqida xushxabar tarqaldi. Ya’ni Sodiq Sayxun asarlari “Oltin yurak” va ”Oltin ko’prik” mukofotlariga loyiq topilgan.


Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Robo_Coding

📶 Agentligimiz tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Robo-Coding" olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Lider_oʻqituvchilar

📶 Agentlik tizimidagi maktablarning matematika va kimyo fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ibrat_maktabi
#Iftixor

🏫 Avval xabar qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 7-"A"o'quvchisi Axmedova Mohinur 🐝 "National Spelling Bee" tanlovining 1 va 2-bosqichlarida muvaffaqiyatli qatnashib final bosqichiga o‘tgan edi. Joriy yilning 6-yanvar kuni Respublika final bosqichida ishtirok etib kuchli 7 ta o‘quvchilar ro‘yxatiga kirdi.


👋 O‘quvchimizga omad va yangi marralarni egallashda zafarlar tilaymiz!

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | "Robo-Coding" va “Lider o‘qituvchilar” olimpiadalari g‘oliblari taqdirlandi
#6jan #uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵Axborot va kaloriya: bog‘liqliklar hamda o‘xshashliklar

🔵Kontentlar sifati va darajasi – auditoriya tanlovi

🔵Inson va gadjetlar munosabati, onlayn muloqotning salbiy jihatlari, virtual qaramlik belgilari
〰️〰️〰️〰️〰️

⚡️ Bu fakt:

10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 41%i doimiy onlayn rejimda;

14 yosh oralig‘idagi bolalarning 85%i gadjetlarsiz kun o‘tkazmaydi;

Inson kuniga 70 marta, ya’ni har 15 daqiqada telefonini tekshiradi;

Gadjetlarga qaram bo‘lgan odamlarning miyasidagi biokimyoviy o‘zgarishlar giyohvandlik davridagi o‘zgarishlar bilan bir xil.
〰️〰️〰️〰️〰️

🎥 Videorolik orqali global ma’lumotlarga ega bo‘ling!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ibrat_maktabi
#Davr_gazetasi
#OAV_biz_haqimizda

✍️ Namangan viloyati, "Davr" nomli To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy gazetasining 2024-yil 10- yanvardagi №1 (4141) - sonida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 10- sinf oʻquvchisi Bahodirova Dinarabonuni 2023-yilning noyabr oyida Koreya Respublikasidagi bo‘lib o‘tgan seminar-treningdan taassurotlari yuzasidan muxbir Nazokat Bahodirova bilan o‘rtoqlashdi.

📖
Suhbat “Izlanuvchan o‘quvchining xorij taassurotlari” rukni ostida o‘tkazildi .

👋 O‘quvchilarimizning kelgusi o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Raqamli_avlod

5 kun davom etgan “Raqamli avlod" inklyuziv IT oromgohining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

Axborot texnologiya sohasiga qiziquvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan "Raqamli avlod" oromgohining qishki mavsumi o'z nihoyasiga yetdi.

Yopilish marosimida oromgoh doirasida o'tkazilgan musobaqalar g'oliblari hamda ishtirokchilar sertifikat hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.


Ma'lumot o'rnida: mazkur oromgohda 5000 nafardan ortiq yoshlar onlayn, 100 nafar IT sohasiga qiziquvchi yoshlar esa offlayn formatda ishtirok etishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube