Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
645 subscribers
4.97K photos
502 videos
18 files
1.66K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Yangi_yil_shukuhi

“ENG CHIROYLI BEZATILGAN SINF”

🎄 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Yangi yil” bayrami tadbirlarini sermazmun va qiziqarli tarzda tashkil etish maqsadida “Eng chiroyli bezatilgan sinf” tanlovi tashkil etildi. Barcha sinf xonalari hamda maktab foyesi o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar, o‘qituvchi va sinf rahbarlar tomonidan yasalgan turli (qog‘ozdan yasalgan qor parchalari va boshqa Yangi yil bayramiga xos bo‘lgan) bezaklar bilan bezatildi.

——————————————————--———
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ibrat_maktabi

MEHNATLAR SAMARASI¬2

Ushbu sarlavhani nima uchun “MEHNATLAR SAMARASI¬2” deb nom berishimni asosiy sababi avval ham mart oylarida shu shijoatkor va fidokor oʻqituvchi Dilafruz Isaqova yoki Frau Isakova nomi bilan o‘quvchilar orasida nom qozongan bu ustoz haqida yozgan edim.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida faoliyat yuritadigan oliy toifali nemis tili fani o‘qituvchisi Dilafruz tinimsiz ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, o‘zining yuqori kasb mahorati, talabchan va intiluvchanligi bilan ajralib turadi. Dilafruzning bugungi kunda shogirdlari Ne’matov Doniyor Xalqaro nemis tili olimpiadasi (IDO) nemis tili boʻyicha dunyodagi eng yirik musobaqasida ishtirok etdi va 2-o‘rinni egalladi, Mansuraliyev Hasanboy Goethe instituti hamda Germaniya elchixonasi tomonidan O‘zbekistondagi nemis tili o‘qitiladigan maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Lesewettbewerb” nemis tilida o‘qish darajasini aniqlash bo‘yicha tanlovida ishtirok etib 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Mansuraliyev Hasanboy, Samijonova Feruzalar va G‘ulojonov Azizbeklar yoz bo‘yi Germaniyaga sayohat qilishdi. Gyote Institutining O‘zbekistondagi filiali tomonidan 2023-yilning 20-26-iyun kunlari “Aniqtabiiy fanlar hamda chet tilini integrasiyalashgan holda o‘rganish metodikasi” loyihasi doirasida seminarni Andijon va boshqa viloyatlarda tashkil etishda faol ishtirok etdi. Yaqinda Respublika asosiy fan olimpiadasining III - viloyat bosqichida 8-nafar o‘quvchilari sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib 2-nafari Respublika bosqichiga ishtirok etadigan bo‘ldi. Dilafruz kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Xilola Uktamovna tomonidan tasdiqlangan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
#Ibrat_maktabi
#Ixtisoslashgan_tugaraklar
#oquvchilar_ijodidan

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi "Veb-dizayn" to'garagi a'zolari Shahboz, Shodiyor va Shohjahonlarning fotorasmlaridan lavhalar.

📸 Quyidagi fotorasmlarda Ibrat majmuasi hamda maktab atrofidagi 🌧 yomg'irli tun.


#Photography_Contests » 🌦
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram