Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
654 subscribers
4.91K photos
498 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Konstitutsiya
#Ibrat_maktabi

OILA, BOLALAR VA YOSHLAR

📘 Yangi tahrirdagi Konstitusiyada davlat tomonidan yoshlar huquqlari himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtiroki rag‘batlantirilishi kafolatlab qo‘yilgan.

🏢 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Namangan viloyati sudi raisi A.Usmanov ishtirok etib, Konstitusiyaga kiritilgan yangiliklar, o‘zgartirishlar haqida o‘quvchilarga ma’lumot berdi.

💫 Asosiy qonunimizning alohida bobi “Oila, bolalar va yoshlar” deb nomlangani, unga yoshlarga oid qator normalar kiritilgani, bu shubhasiz, Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekanligini ta’kidladi.

📚 Uchrashuvda mazkur maktabning 10-b sinf o‘quvchisi Ifora Olimjonovaning iqtidori va erishgan yutuqlari e’tirof etildi hamda viloyat sudi raisi tomonidan yosh ijodkorga kitoblar to’plami sovg‘a qilindi. Uchrashuv yakunida o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kitobi tarqatildi.
___
Web | Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#saflanish

🗓 2023-yil 05-dekabr: Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida tongi saflanish maktab jamoasini Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib kuylash bilan boshlandi

👩‍🏫 Shundan so‘ng ustoz A. Mo‘minov tomonidan 2023-yil 25-noyabrdan 3-dekabrgacha Koreya Respublikasida "2023-yilda xorijdagi yoshlar uchun koreys tili bo'yicha ta'lim treningi"da ishtirok etib kelgan 10-"A" sinf o‘quvchisi Bahodirova Dinarabonu hamda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi” munosabati bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida o‘tkazilgan insholar tanlovida ishtirok etib, faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 9- A sinf o‘quvchisi Abdullayeva Shaxzodalarga diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

👨‍🎓 O'quvchilar o'z bilimlarini boshqa sinflar bilan o'rtoqlashishdi.


___
Web | Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Is'hoqxon Ibrat makatabining 7-"B" o'quvchilarining
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga
bag'shlagan video roliki
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Is'hoqxon Ibrat makatabining 7-"B" o'quvchilarining
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga
bag'shlagan video roliki
#Ochiq_dars
#Konstitutsiya
#Ibrat_maktabi

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 8-sinfida tarbiya fani o‘qituvchisi A. Aminjonov tomonidan "Konstitutsiya— bosh qomusimiz" shiori ostida "Ochiq dars"lar tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgarishlar haqida tushunchalar berib o‘tildi.

___
Web | Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
"Konstitutsiya— bosh qomusimiz"

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini birgalikda o'rganamiz