Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
666 subscribers
4.82K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#QVZ
#Ibrat_maktabi

O‘quvchi yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusini amalda bajarish maqsadida 14.12.2022-yil kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmasi federatsiyasi tuman bo‘limi homiyligida 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida QVZ bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar qiziqarli tanishtiruv, IB maktabi tasavvuringizda, erkin mavzu va sardorlar ishtirikida biatlon shartlari bo‘yicha bellashdilar.

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Badiiy_tarjima
#Ibrat_maktabi

Barcha shodlik senga bo'lsin.
(Badiiy tarjima)

Barcha shodlik senga bo`lsin,
Bor sitam zorlik, menga.
Barcha dildorlik senga-yu,
Barcha xushtorlik menga.

Sen mening jonimni olgin,
Men sening darding olay,
Barcha sog`lik senga bo`lsin,
Barcha bemorlik menga.

Senga bo`lsin barcha husnu
Menga bo`lsin barcha ishq,
Kori xunxorlik senga-yu,
Mehru poydorlik menga.

I wish you all the joy

May all the joy be yours,
All the sorrow is for me.
May all the charm be yours,
All obsession is with me.

You can take my life,
I will take your pain.
May all the health be for you,
All the sickness is mine.

May all the beauty be yours,
And loving you is to me.
You can make me even worse,
But I will keep my loyalty.

Arslonov Abror Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi
“O‘zbegim”
(Erkin Vohidovga bag‘ishlov)

Necha ming yillar bo‘ldi, hech o‘zgarmas tarixing,
Istiqloling porlagay, doim ulug‘ tarixing.
Jaloliddin, Kubrolaring - sening buyuk sharafing,
Qalamimda yangragaysan o‘zbegim-jon, o‘zbegim!

Pahlavondek o‘g‘lonlaring, Nodiradek qizlaring,
Ming o‘n sakkiz yulduzni kashf etgan Ulug‘beging.
Alishering, Boburing-go‘zal qalamqoshlaring,
Vujudimda urgan qonim, o‘zbegim-jon, o‘zbegim!

Bayrog‘ing bor, gerbing bor, o‘z davlat madhiyang bor,
Shu mustaqil yurt uchun jon fido dilbanding bor.
Doim porlab turuvchi, boshingda humoying bor,
Butunjahon tan olgan diyor, o‘zbegim-jon, o‘zbegim!

Hadislari oltinga teng Imom Buxoriylar bor,
Shifo izlab, davo topgan ulug‘ Sinolaring bor.
Marv shahrida jangda yutgan Safaviylar bor,
Siymolaring tilda doston, o‘zbegim-jon, o‘zbegim!

Men ham sening dilbanding, qo‘liga qalam olgan,
Erkin Vohidovlardek qalblarga otash solgan.
Ulardek shaxs bo‘lishni, biz yuraklarga tuygan,
Kelajagi porloq yurt, o‘zbegim-jon, o‘zbegim!

Rahimjonova Husnida
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi
#Ibrat_maktabi
#Ibrat_instituti
#Hamkorlik

15-dekabr 2022-yil kuni Zoom onlayn platformasida orqali Ispaniya, Vetnam, Suriya Arab Respublikasi va O‘zbekiston o'quvchilari o'rtasida "Yangi yil tarixi" mavzusida telemost konferensiyasi bo'lib o'tdi.

Konferensiyada Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan chet tillari instituti 1-kurs talabalari hamda Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchilari bilan hamkorlikda bo'lib o'tdi. Konferensiya "Yangi yil tarixi" mavzusida Ispaniya, Vetnam, Suriya Arab Respublikasi O‘zbekiston davlatlari o'quvchilari o'rtasida o'zaro fikr mulohazalar yuritildi. Konferensiya davomida o'quvchilar o‘zlarining boy tarixlari, urf odatlari va an’analari yuzasidan suhbat olib bordilar.

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Nazm
#Ibrat_maktabi

Yana izlab
(Erkin Vohidov xotirasiga)

Yana ilhom izlab bordim Farg'ona,
Yanada ko'paydi sen uchun so'rov.
Asli anglamoqlik erur maqsadim,
Tag'in kelib ogoh etmasin birov.

Tarixim ichida ming asr pinhon,
O'zligim, o'zbegim, o'z so'zimizdir.
Balki pinhon ustoz ming yilliklarga,
"Kelajak maktub"iga eltuvchi izi.

Yana sendan so'rab bordim Farg'ona,
"Aql va yurak"ning asl egasin.
Jonajon shahri Toshkent, onajon shahar,
Sog'indi yulduzlar ichra sarasin.

Huvullab qolgandir eng shovqin Do'rmon,
Taftingizni tuyar har kirgan kishi.
Avlodlar xotiraga bitmoqda ash'or,
Xotira - muqaddas, bu - dunyo ishi.

"Yoshlik devoni"ni kezib bir zamon,
Ijod eshigiga qo'yib ilk qadam.
Izingizdan bormoq bo'lib shiorim,
Sizga she'r bitmoqqa shaylandi qalam.

Mana, ma'yus turar azim Farg'ona,
Lek ancha o'sgan-u anchayin gavjum.
Ijod-la bog'langan ko'chalari ham,
Har uydan nazmingiz kuy sochar mangu.

Bu yerga kelgandim bir elchi bo'lib,
Qo'limda ikki maktub, har biri maqtov.
Farzanding yuraklardan joy olgan ekan,
Biz uchun barhayot ERKIN VOHIDOV!

To'ychiyeva Gulyora
Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi.
#Yosh_kitobxon
#Ibrat_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Yosh kitobxon” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

📚 O‘quvchi yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusini amalda bajarish maqsadida 7-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovi tashkil etildi. Tanlov shartlari haqida maktab kutubxonachisi H. Rahmonjonova batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Tanlov quyidagi shartlar bo‘yicha o‘tkazildi:
1. Tezkor savol-javob sharti
2. Badiiy asarlar bilimdoni
3.Men sevgan adib
4.She’riyat

🥇G‘oliblikni qulga kiritgan sinf o‘quvchilariga maktabi direktori tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook