Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
643 subscribers
5.09K photos
506 videos
18 files
1.67K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ijodiy_uchrashuv
#Ibrat_maktabi

Qozoq xalqini "Naqliya soʻzlar" falsafiy hikoyasini yozgan shoir Abay Ko'nanboyev tavalludiga bag'ishlab ijodiy uchrashuv o'tkazildi.

🌿09.12.2022-yil kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Isajon Sulton, shoira Riqiya Gʻoziyeva, shoir va publitsist Sodiq Sayhunlar ishtirokida atoqli qozoq shoiri Abay Ko'nanboyev tavalludiga bag'ishlab "Qozoq xalqining ulug’ ijodkori Abay Ko‘nonboyev merosini o‘rganish" mavzusida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

🌱Uchrashuvda ijod maktabi direktori Zafarjon Shovrikov so'zga chiqib, mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, uchrashuvda yozuvchi va shoirlar tomonidan Abay hayoti va ijodi yuzasidan ma’lumotlar berildi. Tadbirda o'quvchilar Abay hikmatlaridan aytishdi, asarlaridan badiiy o'qish mashg'uloti olib borildi.
👆Shu uchta havola orqali Xalqaro Bakalavriat maktabi sifatidagi maktab missiyasi, o'quvchi modeli va maktab qadriyatlari uchun dizayn yaratishda ovoz bering !
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

“Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin, avval, o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir”.

✍️Is’hoqxon Ibrat

Muallif
: Nargiza Usanboyeva, Rejissyor: Nilufar To‘xtayeva, Operator: Muzaffar Yusupov

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#ibrat_maktabi

"VATAN"
Dinara Bahodirova🎤
Xusnida Rahimjanova🎤
Karimjon Nurmatov🎼
Munojat Mirzaeva

"Vatan taraqqiyotiga mening hissam" Respublika tanloviga milliy maqom va milliy estrada yoʻnalishiga.
#Zakovat
#Ibrat_maktabi

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida "Zakovat" intellektual o‘yinining navbatdagi qishki mavsum turnirining 1-o‘yini bo‘lib o‘tdi.

🏆 Intellektual o‘yinda 8 ta jamoa sinflar bo‘yicha ishtirok etdilar.
2-tur yakuniga ko'ra jamoalarning umumiy ballari:
🔹"404" - 14;
🔹"Kapitoliy" - 12;
🔹 "Wednesday" - 10;
🔹 "Evrika" - 8;
🔹 "Bermuda" - 9;
🔹 "Avengers" - 7;
🔹 "Wunderkinds" - 7;

📚"Zakovat" intellektual o'yini 8 bosqichda o'tkazilishi rejalashtirilgan. Jamoalarga omad tilaymiz!
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OAV | Axborot 24 | «Yosh o‘quvchilarning raqamli kutubxonasi» platformasi ishga tushirildi

#14dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Xalqaro reytinglarga kirgan OTMni tugatgan yosh kadrlarga 12 mln., ilmiy daraja olganlarga esa 22,5 mln so‘mgacha ustama beriladi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova AOKAda o‘tkazilgan brifingda maʼlumot berdi.

Xalqaro reytinglarga kirgan xorijiy OTMlarni tamomlagan yosh mutaxassislarga bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorida ustama to‘lanadi

Reytingda 1-100-o‘rin: bakalavr — BHMning 30 barobari (9 mln. so‘m), magistratura — 40 barobari, (12 mln. so‘m), ilmiy daraja uchun — 75 barobari (22,5 mln. so‘m).

Reytingda 101-300-o‘rin: bakalavr — 20 barobari (6 mln. so‘m), magistratura 30 barobari (9 mln. so‘m), ilmiy daraja uchun — 60 barobari miqdorda (18 mln.so‘m).

Reytingda 301-500-o‘rin: bakalavr — 15 barobari (4,5 mln. so‘m), magistratura — 20 barobari (6 mln. so‘m) va ilmiy daraja uchun — 50 barobari miqdorida (15 mln. so‘m) ustama beriladi.

🔵 Batafsil
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Nazm
#Ibrat_maktabi

“Qalbdan sado”
(Erkin Vohidovga bag‘ishlov)

Bashariyat "Nido"sin ash’or etay deb,
Ona tuproq qa’ridan yasadim qalam.
Qalbim ham talpinar moziylik tomon
Qolmasin deya ko‘ksimda zig‘ircha alam.

"Oltin devor" uzra qilib g‘alayon
Yurakka o't solar "Ruhlar isyoni".
Tug'ildi "Quyosh maskani" da nogahon
Buyuk qalb mahsuli "Yoshlik devoni".

Minbarlarda sizning ulug‘ madhingiz birla
"O'zbegim" nomi ham etmoqda parvoz,
Ijodingiz o‘qib takror-u takror
Tahsinlar aytamiz, Vohidov ustoz.


Maxmudxonova Dilobar
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Badiiy_tarjima
#Ibrat_maktabi

“Kamtarlik” (Erkin Vohidov)

Garchi shuncha mag`rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibr-u havo nimaga kerak?

Kamtarin bo`l, hatto bir qadam
O`tma g`urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O`par doim peshonasidan.

“Modesty”
Even though how proud teapot is
It anyway bows to the cup
So why there are need
For the haughtiness and arrogance

Be modest, don't take even one step,
To the threshold of pride.
That's why the man always kiss
From the forehead of the cup.

Maxmudxonova Dilobar
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Musiqiy_tanafus
#Ibrat_maktabi

O‘quvchi yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusini amalda bajarish maqsadida 13.12.2022-yil kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida musiqa va rus tili fan to‘garigi hamkorligida o‘quvchilar o‘rtasida "Musiqiy tanafus" shiori ostida ko‘ngilochar tadbir o'tqazildi.

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#QVZ
#Ibrat_maktabi

O‘quvchi yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusini amalda bajarish maqsadida 14.12.2022-yil kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmasi federatsiyasi tuman bo‘limi homiyligida 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida QVZ bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar qiziqarli tanishtiruv, IB maktabi tasavvuringizda, erkin mavzu va sardorlar ishtirikida biatlon shartlari bo‘yicha bellashdilar.

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook