Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
666 subscribers
4.81K photos
495 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#QizFarzanlarKuni
#Tabrik

🗓 BMT Bosh Assambleyasining 2011 yil 19 dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11 oktyabr — “Xalqaro qizlar kuni” deb e'lon qilingan.

🌍 BMTga a'zo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli tuzilmalariga ushbu kunni keng miqyosda nishonlash, shuningdek, butun dunyoda qizlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bog'liq holatlarni o'rganish tavsiya etiladi.

👩‍🎓 Hurmatli maktabimiz o'quvchi qizlari, qiz farzandli ota-onalar!
🌺 Bayramingiz muborak! Sizlarga mustahkam sog'lik tilaymiz. Doimo xursandlik va quvonch tark etmasin!
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Uchrashuv
#Ibrat_maktabi

✍️“Birinchi Renessans – ilm-ma’rifat yuksalishining asosi” g‘oyasi ostida Agentlik tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyat bo‘limi rahbari Musohon Oppoqov ishtirok etdi va o‘quvchilar bilan Birinchi Renessans davrida davlat taraqqiyoti uchun islohotlar olib borilganligi, yangiliklar, ilm-fan namoyondalarini ezgu g‘oyalar yo‘lida birlashtirganligi tushuntiriladi. Xorazmiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy kabi buyuk ajdodlarimizning serqirra iste’dod sohiblari ijodiy merosi haqida suhbat olib borildi.

🌱Uchrashuv davomida o‘quvchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar berildi va o‘zaro fikr almashildi.Yakunda kelgan mexmonlar tomonidan maktabi kutubxonasiga Jahon falsafasi qomusi I-II qism, Ma'naviyat asosiy tushunchalar lugʻati, Oʻzbekiston qahramonlari, Gʻaznai Namangon ensiklopediyasi kabi yigirmadan ortiq kitoblar sovg‘a qilindi.
#Ibrat_memorial_majmuasi
#Kitob_taqdimoti
#5_tashabbus

🗓 10-oktabr kuni kutubxonachi X.Rahmonjonova va tarbiyachi-pedagog G.Rahimova hamkorligida 7-"A" sinf o'quvchilari uchun
📙 "Oʼzbek tilining izohli lugʻati" kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Bundan koʻzlangan maqsad oʼquvchilarni oʼzbek tili qanchalik boy til ekanligiga, undagi har bir soʼz boshqa tillardan oʼzgachaligi, betakrorligi bilan ajralib turishini anglab yetishlari hamda oʻz tiliga mehr uygʻotish hisoblanadi.

🧑‍🎓 Har bir oʻquvchi katta qiziqish bilan qarshi olishdi hamda oʻzbek tilida kengroq maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

📚 Reja bo'yicha kelgusida yanada koʻplab taqdimotlar tashkillab, keng o'quvchi ommasiga maʼlumotlar ulashish maqsad qilingan.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi #Saylov

13-OKTABR — MAKTAB PREZIDENTI VA UNING VAZIRLARI SAYLOVI KUNI

🏛 Agentlik tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida maktab prezidentligi va uning vazirlariga tanlov e'lon qilingan edi. O‘z nomzodini qo‘yish istagida bo‘lgan 10 nafar o‘quvchilar saylovi tashkil etildi.

👤 Nomzodlar:

Prezident
nomzodiga:
Mansuraliyev Hasanboy (11-sinf);
Abdug'aniyeva Rayhona (10-"A" sinf);
Madaniyat vaziri nomzodiga:
Sobitaliyev Nurzodbek (11-sinf);
Olimjonova Ifora (10-sinf);
Ubaydullayeva Fotima (9-"A" sinf);
Abdunabiyeva Dilnura (9-"B"-sinf);
Tursunaliyev Bobur (7-A sinf);
Sport vaziri nomzodiga:
Yunusov Timur (9-"A" sinf);
Mansurov Sarvar (8-sinf);
Qurvonaliyev Asliddin (7-A sinf);

Hurmatli Ustozlar va o'quvchilar! Saylovda ishtirok eting va o‘z nomzodingizni qo‘llab-quvvatlang! Maktabingizning kelagagi istiqboliga befarq bo‘lmang!
___
Web | Telegram | Youtube | Facebook | Instagram