Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
644 subscribers
5.17K photos
506 videos
18 files
1.69K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Uch_avlod_uchrashuvi
#Ibrat_maktabi

✍️“Nuroniy” jamg‘armasi To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi tashabbusi bilan Isʼhoqxon Ibrat nomlidagi ijod maktabi o‘quvchilari, Isʼhoqxon Ibrat nomlidagi Namangan Davlat chet tillari instituti talabalari hamda mehnat faxriylari o‘rtasida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

O‘z hayotini yurt ravnaqi uchun baxshida etganlar hamisha e’zozga loyiq. Uchrashuvda ana shunday tabarruk insonlar – Odilxon Xodjayev, O‘zbekiston Qahramoni Xalchaxon Mirzayeva, “Shuhrat” medali sovrindori Muqaddasxon To‘raboyeva, “Kelajak bunyodkori” medalini olgan yosh futbol yulduzlaridan Umarali Rahmonaliyevning o‘tasi Muhammadjon Rahmonaliyevlar yoshlarga bilim va hunar egallash, aql-zakovatli bo‘lish, izlanish, intilish orqaligina orzu-maqsadlarga yetish mumkinligini o‘z umr yo‘llari misolida tushuntirib berishdi.

Tadbir ishtirokchilari bo‘lgan yoshlar o‘z muvaffaqiyatlaridan misol keltirib, davra to‘ridagi hurmatli kishilardan o‘rnak olishga so‘z berdilar.
#Hamkorlik
#Namangan_Prezident_maktabi
#Ibrat_maktabi

✍️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi hamda Namangan Prezident maktabining o‘quvchi-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda o‘zaro fikr almashish maqsadida navbatdagi hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🤝 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi hamda Namangan Prezident maktabi psixologlari tomonidan tashkil etilgan navbatdagi uchrashuv 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Dastlab o‘quvchilar Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishishdi va o‘zaro fikr almashishdi. So‘ngra ikki maktab o‘quvchilari To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Qatag‘on qurbonlari Davlat muzeyi va Isʼhoqxon Ibrat nomlidagi Namangan Davlat chet tillari institutiga sayohat uyushtirishdi.
Forwarded from Zakovat: Namangan
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ta'lim muassasalari o'quvchilari o'rtasida
o'tkazilgan "Zakovat" intellektual o'yini yakunlandi.


O’yin yakunlariga ko’ra:

1. Namangan shahar prezident maktabi
2. Mingbuloq tumani ixtisoslashtirilgan maktab
3. Is’hoqxon Ibrat ijod maktabi


Ushbu jamoalar endilikda turnirning respublika bosqichida ishtirok etishadi.Eslatib o’tamiz, turnirning respulika bosqichida kuchli uchlikka kirgan jamoalarga esdalik sovg’alari, “Zakovat stipendiyasi” va eng asosiysi ta’limning keyingi bosqichiga to’lov kontrakti asosida imtixonlarsiz qabul kutmoqda.

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @Namangan_Zakovat
🎞 Ustozlar va ularning mashaqqatli mehnatiga bag‘ishlangan filmlar

❗️Ustozlarning nafaqat o‘zi, balki ular haqidagi yaxshi film ham tarbiyalashi, o‘rgatishi mumkin.

⚡️ Dam olish kuni yaxshi film tomosha qilishingiz va ilhom olishingiz uchun ushbu ro’yxatni taqdim etamiz:

1. “Super 30”;
2. “Ron Klark tarixi”;
3. “Moʻjiza”;
4. “Iqtidorli”;
5. “Uch savdoyi”;
6. “Ustoz”;
7. “Matematik moʻjizalar”;
8. “Ibrat”;
9. “Uyg‘onish davri odami”;
10. “Hayot go‘zal”;
11. “Zulmat”;
12. "Xorchilar”;
13. “Ikkichi”;
14. “Tafakkur o‘yinlari”;
15. “Yerdagi yulduzchalar” ;
16. “Olg‘a, Hindiston!”;
17. “O‘rindosh”;
18. “Murabbiy”;
19. “O‘qituvchi”;
20. “Zakovatli Uill Xanting”...

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Rasman: Endilikda Oʻzbekistonda IELTS BEPUL oʻqitiladi

1000 ta GRANT ajratiladi!

Grantning umumiy miqdori 2.8 milliard so'm!

— Respublika miqyosida Registon ta’lim loyihasi yoshlarga "Registon IELTS Granti" tanlovini e’lon qiladi. Ushbu Grant orqali Respublika bo‘ylab 1000 nafar yoshlarni mutlaqo bepul o‘qitish rejalashtirilgan.

Hujjatlar shu yilning 22-oktyabrga qadar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.

Ushbu loyihada Respublikamizda tahsil olayotgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.

🏆 Grant g'oliblari “Registon IELTS Granti" g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlarga ega bo‘lishadi.

👉 Batafsil ma'lumot

📑 Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.