Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
638 subscribers
5.46K photos
524 videos
18 files
1.77K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi #5tashabbus
#sport #voleybol

🏢 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o'quvchilarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqasi tashkil etildi.

🏐 2023-yil 13-sentyabr kuni jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Ilhomjon Ismoilov rahbarligida hamda tarbiyachi-pedagoglar ko'magida maktab o‘quvchi qizlar va bolalar o'rtasida voleybol musobaqasi o'tkazildi.

🤾‍♀️ Qizlar o'rtasida "Oqqushlar" komandasi (9-B sinf);

🤾‍♂️ O'g'il bolalar o'rtasida "The Best" komandasi (9-A sinf) g'alaba qozonishdi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ibratli_suhbat

"BOLALAR NEGA DARS TAYYORLASHMAYDI?"
Rustam Qoriyev

Hozirgi kunda o‘qituvchilar va ota-onalar uchun katta muammo — bolalarning dars tayyorlashni xohlamasligi. Muammoning boshlanish nuqtasi qayerda?

Loyihamizning tajribali ustozlaridan biri — Rustam Qoriyev bilan shu savollarga javob berish maqsadida ko‘rsatuv tayyorladik.

🆗 Ushbu ko'rsatuv orqali muammoning TOP 6 sababini ko‘rib chiqdik va yechimlar berdik.

👉 Havola: Youtube orqali

© “Ibrat Farzandlari” loyihasi, 2023-yil

📘 @ibratfarzandlari telegram kanalidan olindi

____
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
“Тараққиёт стратегияси” маркази томонидан «ЎЗБЕКИСТОН – 2030» Стратегияси бўйича тайёрланган навбатдаги инфографик тўплам орқали  ҳужжатнинг биринчи йўналишининг  мазмуни билан қисқача танишиб чиқишингиз мумкин.

Каналимизга обуна бўлинг 👉🏻
https://t.iss.one/dscuzbekistan

Марказ расмий саҳифалари
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube
Diqqat_tanlov!

📣📣 Aziz o’quvchilar!

1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozingizni noodatiy yo'l bilan xursand qilmoqchimisiz?

Unda biz sizga shunday imkon beramiz!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bugungi kunda yuqori sinf o’quvchilarining ijtimoiy tarmoqdagi faolliklari, ular tomonidan ishlanayotgan roliklarning trendga chiqayotganini inobatga olib, ushbu mahorat evaziga rag'batga ega bo'lishga chorlab qoladi.

❗️O'qituvchingiz haqida rolik suratga oling va ustozingiz uchun sovg'a yutib oling!

⚠️Xo’sh, buning shartlari qanday?

Rolik davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi kerak;

Ushbu postni o‘z sahifangizda bo‘lishishingiz lozim (bo‘lishganda sahifangiz ochiq bo‘lsin);

Ijodiy ishingizni #Ustozimga xeshtegi bilan o‘z sahifangizda ham, vazirlikning Facebook sahifasida ushbu tanlov e'lon qilingan post ostida ham bo‘lishing.

✔️ Jamoatchilik tomonidan eng ko'p layk yiqqan ijodiy ish tanlov g’olibi deb topiladi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdirlanadi.

🥇1-o'rin - monoblok
🥈2-o'rin - kompyuter
🥉3-o'rin - noutbuk

Roliklarni tayyorlashda ijodiy yondashuv olqishlanadi.

❗️Tanlovda qatnashish huquqiga faqat barcha shartlarni bajargan ishtirokchilar ega bo’ladi.

⚡️Tanlov g'oliblari 28-sentabr kuni soat
1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣ da e'lon qilinadi.

Vaqt ketdi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_muzeyi
#milliy_gvardiya

IS`HOQXON IBRAT IZDOSHLARI

🛡 Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari hamda Is'hoqxon Ibrat ijod maktabi pedagog-tarbiyachi O.Boqixonova boshchiligida 16-sentabr kuni 7-sinf o'quvchilari bilan Is'hoqxon Ibrat muzeyiga sayohat uyushtirildi.

👨‍👨‍👧‍👦 O'quvchilar Is'hoqxon Ibrat bobomiz xotiralarini yana bir bor yodga olishdi.

O'quvchilar bog'da sayyor dars olib, kayfiyatlari ko'tarildi va shunday buyuk shaxs izdoshlari ekanliklaridan faxr hissini tuyishdi.
____
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Seminar_trening
#Angliya

O’ZBEKISTONLIK MAKTAB DIREKTORLARI ANGLIYADAGI MAKTABLARDA DIREKTOR BO’LISHADI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” tashkil etilgan bo’lib, g‘oliblar Angliyaning Portsmut universitetida malaka oshirish imkoniyatini
qo‘lga kiritishadi.

🔴 Bugun mazkur dasturning so‘nggi bosqichi sifatida seminar-trening jarayonlari bo’lib o’tmoqda.

❗️Trening Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti Ta’lim, tillar va lingvistika bo‘limi boshlig‘i, professor Stiven Korbett tomonidan o’tkazilmoqda.

⚡️ Ma’lumot uchun, Angliyaning Portsmut universiteti bilan hamkorlikdagi mazkur dastur 1-marta o’tkazilayotgan bo’lib, o‘z ichiga quyidagi 3 ta shartni qamrab oladi:
 
Hujjat topshirish. Nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim (kamida B2 daraja).
 
Yozma ish
 
Suhbat

Ushbu tanlovda g’olib bo’lgan 28 nafar direktor Angliyaning Portsmut shahriga 2 hafta davomida malaka oshirishga yuborilishi rejalashtirilmoqda.

❗️G’oliblar dastur doirasida Angliyadagi Portsmut universitetida treninglarda ishtirok etishadi va 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o’tashadi.

Ular keyinchalik Angliyada o’rgangan tajribalarini boshqa maktab direktorlari bilan bo’lishishlari ko’zda tutilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT minbaridan o‘zbek tilida nutq so‘zladi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#valuable_lesson #bilasizmi

☄️ KOMPYUTER VIRUSLARI VA ULARNING TURLARI

🦠 Boot sektor virus (Bootsector viruses) bu – qattiq diskning maxsus qismini ishdan chiqaradigan virus turi.

🦠 Makro virus (Macro viruses) bu – tarqalish uchun boshqa bir dasturning makro dasturlash tilidan foydalanadigan virus turidir. Ular odatda Microsoft Word yoki Excel hujjatlarini zararlaydi.

🦠 Operativ xotirada yashovchi virus (Memory Resident Viruses) bu - kompyuterning operativ xotirasida yashaydi.

🦠 Rootkit virus (Rootkit viruses) bu – viruslar orasida xavfliligi va yashirinishga ustaligi bilan alohida ajralib turadi. Ba'zi rootkitlarni antivirus dasturlari ham aniqlay olmaydi, chunki ular o'zlarini operativ tizim fayllari sifatida ko'rsatishadi.

🦠 O'zgaruvchan virus (Polymorphic viruses) bu – viruslar o'z-o'zidan ko'payadi va bu vaqtda o'z kodlarini o'zgartirib turishadi.

🧨 Vaqt bombasi virusi (Time or Logic Bombs) bu - muayyan bir sanaga dasturlangan bo’lib, sizga "sovg'a" sifatida ishga tushishi mumkin.