Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
653 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi #5tashabbus
#sport #stol_tennisi

🏢 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o'quvchilarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqasi tashkil etildi.

🏓 2023-yil 11-sentabr kuni jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Ilxomjon Ismoilov rahbarligida maktab o‘quvchilari qizlar va bolalar o'rtasida stol tennisi musobaqasi o'tkazildi.

🎾 Qizlar o'rtasida - Fotima Ubaydullayeva (9A-sinf);

🎾 O'g'il bolalar o'rtasida - Xasanboy Mansuraliyevlar (11-sinf) g'alaba qilishdi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Qonunchilikka asosan, o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar telefonini o‘chirib qo‘yishi hamda sumkasiga solib qo‘yishi shart.

TAQIQLANADI

Ta’lim oluvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

🔴 telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
🔴 telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

📱Telefoni yordamida:

🔴 atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
🔴 ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar yetkazish;
👨‍🏫 O‘quv mashg‘ulotlari vaqtida:

♦️ telefon orqali so‘zlashish, SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
♦️ telefonni stol ustiga qo‘yish;
♦️ musiqa tinglash;
♦️ surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish, tasvir ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
♦️ suratga olish va video tasvirga tushirish;
♦️ telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

⚠️ RUXSAT ETILADI

🟢 Ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilarga mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, ta’lim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

‼️ TARTIBNI BUZSA

Ushbu talablar buzilgan taqdirda ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta’lim oluvchidan telefonni olib qo‘yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta’lim muassasasining direktoriga yoki direktor o‘rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish huquqiga ega.

Demak, ta’lim muassasasida mobil telefondan foydalanish tartibi buzilgan taqdirda, o‘qituvchi uning telefonini muassasa rahbariyatiga yoki ota-onasiga berish sharti bilan olib qo‘yishi mumkin.

Batafsil» | Youtube»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#valuable_lesson #matematika

📱 Matematika fani o'rganuvchilari uchun maxsus tayyorlanibdi.
Qoyil amallardan ham ajoyib raqs chiqarkan. Mana haqiqiy kreativlik 👏👏👏

____
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#valuable_lesson #Ona_tili

✍️Sentabr” yoki “sentyabr”. Qay biri toʻgʻri?

📘 Bundan bir necha yil oldin chop etilgan, 85.000 so‘zdan iborat «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»dagi birgina xato bugun ana shunday ko‘plab tushunmovchiliklarga sabab bo‘lib kelmoqda. Shu kitobda «sentabr» va «oktabr» so‘zlari qoidaga xilof ravishda «sentyabr» va «oktyabr» deb berilgan edi.

1993-yil 2-sentabrda «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Shunga asosan, 1995-yil 24-avgustda «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida» Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori e'lon qilindi.

Ushbu hujjatga ko‘ra, lotincha imlomizda «sentabr» va «oktabr» ko‘rinishida yoziladi. Bu borada hech qanday muhokamaga o‘rin yo‘q. Biror bir hujjatda lotin alifbosidagi bu so‘z sentyabr yo oktyabr tarzida yozilishi ko‘rsatilmagan.

Demak, javob: “sentabr” va “oktabr”.

🌐 Batafsil:

Aytmoqchi, indamay o‘tib ketgan 8-sentabr — Xalqaro savodxonlik kuni muborak bo‘lsin!
#Ibrat_maktabi #Zakovat
#5tashabbus

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida 5 tashabbus doirasida "Zakovat" intellektual o‘yinining kuzgi mavsum o‘yining I-turi bo‘lib o‘tdi.

🏆 Intellektual o‘yinda maktab o‘quvchilaridan iborat 10 ta jamoa ishtirok etdilar:

🔹 “Zukkolar”;
🔹 “Kartel”;
🔹 "404”;
🔹 "Wunderkinds”;
🔹 "Ibrat kelajagi";
🔹 "Ibrat izdoshlari”;
🔹 “No comment”;
🔹 “Premier”;
🔹 “Bermuda”;
🔹 “NFL”;

👋 "Zakovat" intellektual o'yinlari mavsumiy hamda navbatdan tashqari tashkiliy o'tkazilishi rejalashtirilgan. Jamoalarga omad tilaymiz!

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#valuable_lesson #IT_savodxonlik

Kompyuterni o‘rganayotganlar uchun:
fayllardan boshlaymiz (IT-savodxonlik)

Ushbu maqola — kompyuterni endi o‘rganayotganlar uchun boshlayotgan navbatdagi saboqlarimizning dastlabkisi.

Fayl (File) nima?

💻 Kompyuterning ko‘zi bilan qaraganda, fayl — qattiq diskdagi baytlarning ketma-ketligi. Agar 100 gigabaytli qattiq diskni 100 milliard baytning ketma-ketligi deb tasavvur qilsak, muayyan fayl ana shu diskdagi baytlarning nechtasinidir tashkil qiladi.

Yana ham tushunarli bo‘lishi uchun rasmga qarang:
🌐 Batafsil:

____
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Suvni_tejaymiz

Ichimlik suvini tejash maqsadida farzandlarimizga nimalarni o’rgatishimiz lozim?

Kundalik hayotimizda e’tibor qaratishimiz kerak bo’lgan tavsiyalar.

Bularning barchasi infografikada.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi #5tashabbus
#sport #voleybol

🏢 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o'quvchilarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqasi tashkil etildi.

🏐 2023-yil 13-sentyabr kuni jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Ilhomjon Ismoilov rahbarligida hamda tarbiyachi-pedagoglar ko'magida maktab o‘quvchi qizlar va bolalar o'rtasida voleybol musobaqasi o'tkazildi.

🤾‍♀️ Qizlar o'rtasida "Oqqushlar" komandasi (9-B sinf);

🤾‍♂️ O'g'il bolalar o'rtasida "The Best" komandasi (9-A sinf) g'alaba qozonishdi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ibratli_suhbat

"BOLALAR NEGA DARS TAYYORLASHMAYDI?"
Rustam Qoriyev

Hozirgi kunda o‘qituvchilar va ota-onalar uchun katta muammo — bolalarning dars tayyorlashni xohlamasligi. Muammoning boshlanish nuqtasi qayerda?

Loyihamizning tajribali ustozlaridan biri — Rustam Qoriyev bilan shu savollarga javob berish maqsadida ko‘rsatuv tayyorladik.

🆗 Ushbu ko'rsatuv orqali muammoning TOP 6 sababini ko‘rib chiqdik va yechimlar berdik.

👉 Havola: Youtube orqali

© “Ibrat Farzandlari” loyihasi, 2023-yil

📘 @ibratfarzandlari telegram kanalidan olindi

____
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram